KADASTR AGENTLIGI - RASMIY
26.5K subscribers
5.57K photos
1.05K videos
4 files
3.33K links
Rasmiy sahifalarimiz:

🌐 veb-sayt:
www.kadastr.uz

📌Instagram:
www.instagram.com/uz_kadastr/

📌Facebook:
www.facebook.com/kadastr.uz

☎️ Ishonch telefoni:
1097

📍Manzil:
Ул. Чопонота, Квартал "Ц", Tashkent, Uzbekistan

Pochta:
[email protected]
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🟢 Kadastr agentligi binosida O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish axborot tizimi - "E'TIROF" AAT dasturining taqdimoti o'tkazilgan edi.

O'tkazilgan taqdimot jarayonlari Uzreport telekanali nigohida.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌇🌇🌇🌇

Yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini e’tirof etish uchun quyidagi miqdorlarda bir martalik to‘lov undiriladi:

🔘Toshkent shahrida — BHMning 5 baravari miqdorida;
🔘 Nukus shahrida va viloyatlar markazlarida — BHMning 3 baravari miqdorida;
🔘viloyatlar bo‘ysunuvidagi boshqa shaharlarda — BHMning 2 baravari miqdorida;
🔘 boshqa aholi punktlarida — BHMning 1 baravari miqdorida.

➡️Bir martalik to‘lovni to‘lashdan quyidagilar ozod etiladi:

🔘 bir martalik umumdavlat aksiyasi doirasida bir martalik yig‘imni to‘liq to‘lagan shaxslar;
🔘 I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar.

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan shaxslardan bir martalik to‘lov ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan to‘lovning 50 foizi miqdorida undiriladi.


Asos: 🇺🇿O'zbekiston Respublikasining 05.08.2024-yildagi O'RQ-937-sonli Qonuni

#Kadastr_agentligi #O_RQ_937

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qadrli yurtdoshlar!

Yer, mulk, uy-joy bilan bog‘liq munosabatlar tarixan qadriyatimizga aylangan. 2024-yilning 5-avgust sanasida Davlatimiz Rahbari vatandoshlarimiz uchun muhim bo‘lgan yana bir tarixiy Qonunni imzoladilar.

Bugun 8-noyabrdan millionlab yurtdoshlarimiz kutgan “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi qonun kuchga kiradi. 2024–2025-yillar uchun tasdiqlangan reja-garfik asosida mahallalarda kadastr xodimlari tomonidan xatlov ishlari boshlanadi.

Qonun kuchga kirish sanasida sizga murojaat qilishimdan maqsad
“ogohlikka” chaqirishdir!

Uzoq yillar davomida o‘zi yashab kelayotgan uyini rasmiylashtirib olishni niyat qilib yurgan halol insonlar ko‘p ammo, vaziyatdan foydalanib, noqonuniy yo‘llar bilan daromad qilishni reja qilib yurgan “uddaburonlar” ham yo‘q emas.

Sizlarni bunday nopok kimsalarning har qanday so‘zlari va va’dalariga ishonmaslikka chaqiraman!

Birinchidan,
mahallalar aniq tasdiqlangan reja-grafik asosida xatlovdan o‘tkaziladi. Biri qolib ikkinchisiga o‘tilmaydi, ya’ni xalq tili bilan aytganda “tezlashtirib berishning imkoni yo‘q!”.

Ikkinchidan, xatlovdan keyin “E’TIROF” dasturiga kiritilgan har bir holat bo‘yicha 15 dan ortiq vazirlik va idoralar xulosalarini beradi hamda kosmik suratlar yordamida tahlil qilinadi. Xalq tili bilan aytganda “ilojini qilib o‘tkazib bo‘lmaydi!”.

Uchinchidan, xatlov jarayonida qonun bilan aniq belgilab berilgan 8 ta toifaga kiruvchi holatlar o‘rganiladi. Hozirda egallab olib, qurilish qilib qonuniylashtirib olishni reja qilayotganlar javobgarlikka tortiladi va bu ishlar ham axborot tizimlari orqali nazorat qilinadi. Xalq tili bilan aytganda “tanish-bilish o‘tmaydi!”.

‼️Hurmatli yurtdoshlar, har qanday holatda ham firibgarlik, ta’magirlik yoki korrupsiya holatlariga duch kelsangiz huquqni muhofaza qilish organlariga xabar bering.

Mazkur Qonunning adolatli va samarali ijro etilishi barchamizga birdek bog‘liq ekanligini yoddan chiqarmaylik.

Hurmat bilan,
Kadastr agentligi direktori
Farrux Pulatov
.
Qádirli watanlaslar!

Jer, múlk, turaq jay menen baylanıslı qatnasıqlar tariyxıy qádiriyatımızǵa aylanǵan. 2024-jıldıń 5-avgust sánesinde Mámleketimiz basshısı watanlaslarımız ushın áhmiyetli bolǵan jáne bir tariyxıy Nızamǵa qol qoydı.

Búgin 8-noyabrden millionlaǵan watanlaslarımız kútken "Ózbasımshalıq penen iyelep alınǵan jer uchastkalarına jáne olarda qurılǵan imarat hám obyektlerge bolǵan huqıqlardı tán alıw haqqında"ǵı nızam kúshke kiredi.

2024-2025-jıllar ushın tastıyıqlanǵan reje-garfik tiykarında máhállelerde kadastr xızmetkerleri tárepinen xatlaw jumısları baslanadı.

Nızam kúshke kiretuǵın sánede sizge múrájat etip atırǵanımnıń maqseti "Sergeklikke" shaqırıw!
Uzaq jıllar dawamında ózi jasap atırǵan úyin rásmiylestirip alıwdı niyet etip júrgen hadal insanlar kóp, biraq, jaǵdaydan paydalanıp, nızamsız jollar menen dáramat tabıwdı rejelestirip atırǵan "aldawshılar" da joq emes.

Sizlerdi bunday ǵárezli niyettegi adamlardıń hár qanday sóz hám wádelerine isenbewge shaqıraman!
Birinshiden, máhálleler anıq tastıyıqlanǵan reje-grafik tiykarında xatlawdan ótkeriledi. Biri qalıp ekinshisine ótilmeydi, yaǵnıy xalıq tilinde aytqanda "tezlestiriwdiń imkaniyatı joq!."

Ekinshiden, xatlawdan keyin "E'TIROF" baǵdarlamasına kirgizilgen hár bir jaǵday boyınsha 15 ten aslam ministrlik hám uyımlardıń juwmaqların beredi hám kosmoslıq súwretler járdeminde talqılanadı.
Xalıq tilinde aytqanda "imkaniyatın qılıp ótkerip bolmaydı!."

Úshinshiden, xatlaw procesinde nızam menen anıq belgilep berilgen 8 kategoriyaǵa kiretuǵın jaǵdaylar úyreniledi. Házirgi waqıtta iyelep alıp, qurılıs qurıwdı rejelestirip atırǵanlar juwapkershilikke tartıladı hám bul jumıslar da málimleme sistemaları arqalı qadaǵalanadı. Xalıq tili menen aytqanda "tanıs-bilisshilik ótpeydi!."

Qádirli watanlaslar, hár qanday jaǵdayda aldawshılıq, dámegóylik yamasa korrupciya jaǵdaylarına dus kelseńiz huqıq qorǵaw uyımlarına xabar beriń.

Bul Nızamnıń ádil hám nátiyjeli orınlanıwı hámmemizge birdey baylanıslı ekenin umıtpayıq.

Húrmet penen,
Kadastr agentligi direktorı
Farrux Pulatov.
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

📣Xatlovlar boshlandi!

▶️ Bugun, 8-noyabrdan “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Qonun kuchga kirdi.

⭐️ Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlangan reja-jadval asosida xatlov jarayonlari boshlandi.

Foto: Samarqand viloyatidagi xatlov ishlaridan.
#Kadastr_agentligi #O_RQ_937

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌇🌇🌇🌇

🇺🇿 "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida"gi 937-sonli Qonunda nazarda tutilgan tartib-taomillar infografika ko'rinishida.

#Kadastr_agentligi #infografika

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

💠 Hududlarda xatlov ishlari olib borilmoqda

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasining "O'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo'lgan huquqlarni e'tirof etish to'g'risida"gi 937-sonli Qonuni ijrosini ta'minlash maqsadida Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlangan reja-jadval asosida yurtimiz bo'ylab  xatlov jarayonlari o‘tkazilmoqda.

Farg‘ona viloyati
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Sirdaryo viloyati
Qashqadaryo viloyati
Xorazm viloyati
Samarqand viloyati

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM