🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
SAYYOR QABUL – AHOLI MANFAATLARI UCHUN⭐️Kadastr agentligi rahbariyati ishtirokida Toshkent shahri aholisining kadastrga oid murojaatlarini koʻrib chiqish maqsadida sayyor qabul oʻtkazildi.
◼️Unda fuqaro va tadbirkorlarning ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish, kadastr pasportini rasmiylashtirish, mulkka egalik huquqini olish, meros hamda yerni xususiylashtirishga doir savol va muammolari tinglanib, tegishli yechim, huquqiy tushunchalar berildi.
✅Xususan, sayyor qabul davomida 20 ga yaqin fuqaroning murojaati kelib tushgan bo‘lsa, shu yerning o‘zida 12 tasi ijobiy hal etildi, 8 ta murojaat ijrosi nazoratga olindi.
◼️Shuningdek, qabul davomida yig‘ilganlarga
🌏Oʻzbekiston Respublikasining 05.08.2024 yildagi “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-937-sonli Qonunining
mazmun-mohiyati, unda nazarda tutilgan tartib-taomillar, aholiga yaratilgan imkoniyatlar haqida ham ma’lumot berildi.
📩 Telegram | 📩 Instagram | 📩YouTube | 📩 Facebook | 📩 Web-sayt