KADASTR AGENTLIGI - RASMIY
26.4K subscribers
5.58K photos
1.06K videos
4 files
3.34K links
Rasmiy sahifalarimiz:

🌐 veb-sayt:
www.kadastr.uz

📌Instagram:
www.instagram.com/uz_kadastr/

📌Facebook:
www.facebook.com/kadastr.uz

☎️ Ishonch telefoni:
1097

📍Manzil:
Ул. Чопонота, Квартал "Ц", Tashkent, Uzbekistan

Pochta:
[email protected]
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🫥Hududlarda yer nazorati tadbirlari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi Taxtako‘pir tumani inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan yer va kadastr nazorati tadbirlarida "Aydin jol" MFY da fuqaro tomonidan hech qanday huquqiy hujjatlarsiz 165 kv.m yer maydonni o‘zboshimchalik bilan egallab olib noqonuniy ravishda qurilish ishlari olib borilganligi holati aniqlandi. Ushbu holat bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi hamda O‘z Res MJtK ning 60-moddasi 3-qismiga asosan fuqaroga maʼmuriy hujjatlar rasmiylashtirildi. Olib borilgan tushuntirishlar hamda yozma ko‘rsatmadan so‘ng yer maydon fuqaro tomonidan bartaraf etildi.

Qashqadaryo viloyati Kasbi tumani inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan yer va kadastr nazorati tadbirlarida «Bog‘ariq» MFY da fuqaro tomonidan hech qanday huquqiy hujjatlarsiz 36,0 kv.m yer maydonini hech qanday huquqiy hujjatlarsiz egallab savdo do‘koni qurib olganligi holati aniqlandi. Olib borilgan tushuntirishlar hamda yozma ko‘rsatmadan so‘ng yer maydon fuqaro tomonidan bartaraf etildi.

Surxondaryo viloyati Uzun tumani inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan yer va kadastr nazorati tadbirlarida «Yangikuch» MFY hududida fuqaro tomonidan 0.03 gektar yer maydonni o‘zboshimchalik bilan egallab olib noqonuniy ravishda qurilish ishlari olib borilganligi holati aniqlandi. Ushbu holat bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi hamda O‘z Res MJtK ning 60-moddasi 3-qismiga asosan fuqaroga maʼmuriy hujjatlar rasmiylashtirildi.

Samarqand viloyati Urgut tuman bo‘limi inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan yer va kadastr nazorati tadbirlari davomida “Yangiobod” MFY, hududida fuqaro tomonidan qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan yer maydonidan o‘zboshimchalik bilan jami 220,0 kv.metr yer maydonini egallab olib, ushbu yer maydonida turar-joy qurib foydalanish maqsadida noqonuniy tarzda 120,0 kv.metr o‘lchamdagi bino qurib olganligi holati aniqlandi.Ushbu holat bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi hamda O‘z Res MJtK ning 60-moddasi 3-qismiga asosan fuqaroga maʼmuriy hujjatlar rasmiylashtirildi.

📩Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube   
|
📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌇🌇🌇🌇

🇺🇿 "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida"gi 937-sonli Qonunda nazarda tutilgan tartib-taomillari hamda mazmun mohiyati infografika ko'rinishida.

#Kadastr_agentligi #infografika

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

📄 QONUNNING 11-moddasi haqida,

💠 Fuqarolarning, yakka tartibdagi tadbirkorlarning va rezident bo‘lgan yuridik shaxslarning qonunchilikka muvofiq mulk (egalik qilish) huquqi e’tirof etilgan binolari va inshootlari egallagan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini e’tirof etish asoslari

🔠 Fuqarolarning, yakka tartibdagi tadbirkorlarning va rezident bo‘lgan yuridik shaxslarning qonunchilikka muvofiq mulk (egalik qilish) huquqi e’tirof etilgan binolari va inshootlari, shu jumladan yakka tartibdagi uy-joylari egallagan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini e’tirof etish uchun quyidagi shartlarning barchasiga rioya etilganligi asos bo‘ladi, agar:

🔵mazkur yer uchastkasida joylashgan binolar va inshootlarga, shu jumladan yakka tartibdagi uy-joyga bo‘lgan mulk (egalik qilish) huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hujjat mavjud bo‘lsa;

🔵mazkur yer uchastkasi boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga ajratilmagan yoki elektron onlayn-auksionga qo‘yilmagan bo‘lsa;

🔵mazkur yer uchastkasidan foydalanish yuzasidan jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar o‘rtasida nizo mavjud bo‘lmasa;

🔵mazkur yer uchastkasi uchun yer solig‘i bo‘yicha, unda qurilgan binolar va inshootlar uchun esa mol-mulk solig‘i bo‘yicha qarzdorlik mavjud bo‘lmasa.

🌟 Kadastr agentligi Metodologiya va uslubiy qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i - Begzod Nishonov.

🔗 Batafsil: Videoda bilib olishingiz mumkin.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🔠Qonun imzolandi: endi egalik huquqi masalasida aholi qaysi tashkilotga murojaat qilishi kerak? 

🫥Xabaringiz bor, “O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi Qonun bilan aholiga qator yengilliklar berilmoqda.

🫥 Mazkur qonun qachondan kuchga kiradi, uy-joylarga huquqni eʼtirof etishda nimalar inobatga olinadi, egalik huquqi masalasida aholi vakillari qaysi tashkilotga murojaat qilishi kerak, bu qonun aholiga nima beradi?

🌐 Batafsil: Darakchi.uz maqolasida javob olishingiz mumkin.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

💠 Hashar elga yarashar

🇺🇿O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligi bayramini munosib nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish, o‘zaro mehr-oqibat va hamjihatlikni yanada kuchaytirish, joylarini obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borish maqsadida o‘tkazilayotgan xayriya hasharida⭐️Kadastr agentligi markaziy apparati xodimlari ham faol ishtirok etishmoqda.

Ushbu obodonlashtirish tadbirlari tizim tashkilotlari hamda hududiy boshqarmalarda ham davom etmoqda.

#Kadastr_agentligi #umumxalq_hashari

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🌱Mamlakatimiz bo'ylab umumxalq hashari

⭐️Kadastr agentligi tizim tashkilotlari hamda hududiy boshqarmalari xodimlari "Mustaqillik bayrami"ni munosib nishonlash maqsadida "Mahalla obod-yurt obod" shiori ostida o‘tkazilgan xayriya hasharida faol ishtirok etishmoqda.

🔠 Hashar xalqimizning eng qadimiy va boqiy qadriyatlaridan biridir. Uning zamirida xalqimizning vatanni sevish, yurtni obod etish, o‘zgalarni eʼzozlash va farovon turmush barpo etishga intilishi mujassam.

Hududlarimizda ko'tarinki ruhda tashkil etilgan hashar tafsilotlari bilan mazkur havolalar orqali tanishishingiz mumkin:

➡️ Qoraqalpog‘iston Respublikasi
➡️ Andijon viloyati
➡️ Buxoro viloyati
➡️ Jizzax viloyati
➡️ Qashqadaryo viloyati
➡️ Namangan viloyati
➡️ Samarqand viloyati
➡️ Surxondaryo viloyati
➡️ Sirdaryo viloyati
➡️ Toshkent viloyati
➡️ Farg‘ona viloyati
➡️ Xorazm viloyati
➡️ Navoiy viloyati
➡️ Toshkent shahri

#Kadastr_agentligi #umumxalq_hashari

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM