KADASTR AGENTLIGI - RASMIY
26.7K subscribers
5.55K photos
1.05K videos
4 files
3.32K links
Rasmiy sahifalarimiz:

🌐 veb-sayt:
www.kadastr.uz

📌Instagram:
www.instagram.com/uz_kadastr/

📌Facebook:
www.facebook.com/kadastr.uz

☎️ Ishonch telefoni:
1097

📍Manzil:
Ул. Чопонота, Квартал "Ц", Tashkent, Uzbekistan

Pochta:
[email protected]
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇺🇿 Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasiga tashrif davomida tadbirkorlar bilan o‘tkazgan ochiq muloqotida ilgari surilgan eng muhim tashabbus va iqtiboslar.

📩Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube   
|
📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🫥Hududlarda yer nazorati tadbirlari

Farg‘ona viloyati boshqarmasi Buvayda tumani inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan yer va kadastr nazorati tadbirlarida «Ponsod» MFY da fuqaro tomonidan hech qanday huquqiy hujjatlarsiz 35 kv.m yer maydonni o‘zboshimchalik bilan egallab olib noqonuniy ravishda qurilish ishlari olib borilganligi holati aniqlandi. Olib borilgan tushuntirishlar hamda yozma ko‘rsatmadan so‘ng yer maydon fuqaro tomonidan bartaraf etildi.

Andijon viloyati Shahrixon tumani inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan yer va kadastr nazorati tadbirlarida “Tumor” MFY hududida fuqaro tomonidan 300,0 kv.metr yer maydonni o‘zboshimchalik bilan egallab olib noqonuniy ravishda qurilish ishlari olib borilganligi holati aniqlandi. Shundan so‘ng yer qonunbuzarlikni sodir etgan shaxsga tushuntirish ishlari olib borildi hamda uning huquqiy oqibatlari tushuntirildi hamda noqonuniy qurilma fuqaro tomonidan joyning o‘zida bartaraf etildi.

Namangan viloyati Mingbuloq tumani bo‘limi inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan yer va kadastr nazorati tadbirlari davomida “Namangan” massivi hududida“Gultepa oltin balig‘i” xususiy korxonasi tomonidan o‘ziga ajratilgan yerga tutash bo‘lgan davlat zaxirasidagi va boshqa xususiy korxonaga qarashli jami 0,7 gektar yerni o‘zboshimchalik bilan egallash orqali noqonuniy bino va baliq yetishtirish uchun beton to‘siqli sun’iy hovuzlar tashkil qilib olganligi aniqlandi. Oqibatda tuproq unumdorligi jihatidan 68 bonitetga teng sug‘oriladigan ekin yer maydoniga 68 mln. so‘mdan ziyod moddiy zarar keltirilgan. Ushbu holat yuzasidan tuman bo‘limi inspektorlari tomonidan vakolat doirasida choralar ko‘rilib, to‘plangan ish hujjatlari huquqni muhofaza qilish organlariga yuborildi.

Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani bo‘limi inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan yer va kadastr nazorati tadbirlari davomida "G‘ovshun" MFY hududida olib borilgan nazorat tadbirlari davomida fuqaro tomonidan M-37 magistral yo‘lining muhofaza zonasida 30 kv.metr yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olinib, noqonuniy qurilmalar qurganligi aniqlangan. Ushbu holat yuzasidan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddasi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 15 kun muddatda noqonuniy qurilmani ixtiyoriy buzish uchun ogohlantirish xati berildi.

📩Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube   
|
📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 461-sonli qaroriga asosan bir martalik umumdavlat aksiyasi vaqtida fuqarolarga ijobiy xulosalar berilib lekin hokimiyat tomonidan qarorlar chiqmagan holatlar bor, ular boshqatdan xatlovdan o'tkazilib to'lov qiladilarmi?

🫥Oʻzbekiston axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi binosida 🌟 Kadastr agentligi tomonidan “O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi Qonunida nazarda tutilgan tartib-taomillar mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tgan edi.

Ushbu matbuot anjumanda berilgan savollarga javoblar.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

📄 QONUNNING 10-moddasi haqida,

💠 Xususiylashtirilgan binolar va inshootlar egallagan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini e’tirof etish asoslari

🔠Fuqarolar, yakka tartibdagi tadbirkorlar va rezident bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan xususiylashtirilgan binolar va inshootlar, shu jumladan yakka tartibdagi uy-joylar egallagan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini e’tirof etish uchun quyidagi shartlarning barchasiga rioya etilganligi asos bo‘ladi, agar:

🔵mazkur yer uchastkasida joylashgan binolar va inshootlar, yakka tartibdagi uy-joy xususiylashtirilganligi to‘g‘risida vakolatli davlat organi tomonidan berilgan hujjat mavjud bo‘lsa;

🔵mazkur yer uchastkasi boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga ajratilmagan yoki elektron onlayn-auksionga qo‘yilmagan bo‘lsa;

🔵mazkur yer uchastkasidan foydalanish yuzasidan jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar o‘rtasida nizo mavjud bo‘lmasa;

🔵mazkur yer uchastkasi uchun yer solig‘i bo‘yicha, unda qurilgan binolar va inshootlar uchun esa mol-mulk solig‘i bo‘yicha qarzdorlik mavjud bo‘lmasa.

🌟 Kadastr agentligi Metodologiya va uslubiy qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i - Begzod Nishonov.

🔗 Batafsil: Videoda bilib olishingiz mumkin.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🫥Hududlarda yer nazorati tadbirlari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi Taxtako‘pir tumani inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan yer va kadastr nazorati tadbirlarida "Aydin jol" MFY da fuqaro tomonidan hech qanday huquqiy hujjatlarsiz 165 kv.m yer maydonni o‘zboshimchalik bilan egallab olib noqonuniy ravishda qurilish ishlari olib borilganligi holati aniqlandi. Ushbu holat bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi hamda O‘z Res MJtK ning 60-moddasi 3-qismiga asosan fuqaroga maʼmuriy hujjatlar rasmiylashtirildi. Olib borilgan tushuntirishlar hamda yozma ko‘rsatmadan so‘ng yer maydon fuqaro tomonidan bartaraf etildi.

Qashqadaryo viloyati Kasbi tumani inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan yer va kadastr nazorati tadbirlarida «Bog‘ariq» MFY da fuqaro tomonidan hech qanday huquqiy hujjatlarsiz 36,0 kv.m yer maydonini hech qanday huquqiy hujjatlarsiz egallab savdo do‘koni qurib olganligi holati aniqlandi. Olib borilgan tushuntirishlar hamda yozma ko‘rsatmadan so‘ng yer maydon fuqaro tomonidan bartaraf etildi.

Surxondaryo viloyati Uzun tumani inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan yer va kadastr nazorati tadbirlarida «Yangikuch» MFY hududida fuqaro tomonidan 0.03 gektar yer maydonni o‘zboshimchalik bilan egallab olib noqonuniy ravishda qurilish ishlari olib borilganligi holati aniqlandi. Ushbu holat bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi hamda O‘z Res MJtK ning 60-moddasi 3-qismiga asosan fuqaroga maʼmuriy hujjatlar rasmiylashtirildi.

Samarqand viloyati Urgut tuman bo‘limi inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan yer va kadastr nazorati tadbirlari davomida “Yangiobod” MFY, hududida fuqaro tomonidan qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan yer maydonidan o‘zboshimchalik bilan jami 220,0 kv.metr yer maydonini egallab olib, ushbu yer maydonida turar-joy qurib foydalanish maqsadida noqonuniy tarzda 120,0 kv.metr o‘lchamdagi bino qurib olganligi holati aniqlandi.Ushbu holat bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi hamda O‘z Res MJtK ning 60-moddasi 3-qismiga asosan fuqaroga maʼmuriy hujjatlar rasmiylashtirildi.

📩Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube   
|
📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌇🌇🌇🌇

🇺🇿 "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida"gi 937-sonli Qonunda nazarda tutilgan tartib-taomillari hamda mazmun mohiyati infografika ko'rinishida.

#Kadastr_agentligi #infografika

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

📄 QONUNNING 11-moddasi haqida,

💠 Fuqarolarning, yakka tartibdagi tadbirkorlarning va rezident bo‘lgan yuridik shaxslarning qonunchilikka muvofiq mulk (egalik qilish) huquqi e’tirof etilgan binolari va inshootlari egallagan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini e’tirof etish asoslari

🔠 Fuqarolarning, yakka tartibdagi tadbirkorlarning va rezident bo‘lgan yuridik shaxslarning qonunchilikka muvofiq mulk (egalik qilish) huquqi e’tirof etilgan binolari va inshootlari, shu jumladan yakka tartibdagi uy-joylari egallagan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini e’tirof etish uchun quyidagi shartlarning barchasiga rioya etilganligi asos bo‘ladi, agar:

🔵mazkur yer uchastkasida joylashgan binolar va inshootlarga, shu jumladan yakka tartibdagi uy-joyga bo‘lgan mulk (egalik qilish) huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hujjat mavjud bo‘lsa;

🔵mazkur yer uchastkasi boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga ajratilmagan yoki elektron onlayn-auksionga qo‘yilmagan bo‘lsa;

🔵mazkur yer uchastkasidan foydalanish yuzasidan jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar o‘rtasida nizo mavjud bo‘lmasa;

🔵mazkur yer uchastkasi uchun yer solig‘i bo‘yicha, unda qurilgan binolar va inshootlar uchun esa mol-mulk solig‘i bo‘yicha qarzdorlik mavjud bo‘lmasa.

🌟 Kadastr agentligi Metodologiya va uslubiy qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i - Begzod Nishonov.

🔗 Batafsil: Videoda bilib olishingiz mumkin.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM