KADASTR AGENTLIGI - RASMIY
26.4K subscribers
5.57K photos
1.05K videos
4 files
3.34K links
Rasmiy sahifalarimiz:

🌐 veb-sayt:
www.kadastr.uz

📌Instagram:
www.instagram.com/uz_kadastr/

📌Facebook:
www.facebook.com/kadastr.uz

☎️ Ishonch telefoni:
1097

📍Manzil:
Ул. Чопонота, Квартал "Ц", Tashkent, Uzbekistan

Pochta:
[email protected]
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

HUDUDLARDA YANGI QONUN MAZMUN-MOHIYATIGA BAGʻISHLANGAN SEMINARLAR TASHKIL ETILDI

🇺🇿O'zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-avgustdagi “O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi Qonuni keng jamoatchilikka targ'ib qilish, mazmun-mohiyatini xodimlarga to'liq tushuntirish, ijrosi yuzasidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan vazifalardan xabardor qilish maqsadida seminarlar tashkil etildi.

🇺🇿 Seminar o'tkazilgan hududlar:
➡️ Qoraqalpog'iston Respublikasi
➡️ Andijon viloyati
➡️ Jizzax viloyati
➡️ Qashqadaryo viloyati
➡️ Namangan viloyati
➡️ Surxondaryo viloyati
➡️ Farg‘ona viloyati
➡️ Xorazm viloyati
➡️ Toshkent shahri

#kadastr #seminar

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

📄 QONUNNING 9-moddasi haqida,

💠 Kichik sanoat zonalari hududlariga joylashtirilgan tadbirkorlik subyektlarining yashash uchun mo‘ljallanmagan binolari va inshootlari yoki ularning qismlari joylashgan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini e’tirof etish asoslari

🔠2020-yil 9-martga qadar kichik sanoat zonalari hududlariga joylashtirilgan tadbirkorlik subyektlarining mazkur kichik sanoat zonasi hududida o‘z mablag‘lari hisobidan qurilgan (bundan mavjud binoni qayta qurish, rekonstruksiya qilish mustasno) yashash uchun mo‘ljallanmagan binolar va inshootlar yoki ularning qismlari joylashgan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini e’tirof etish uchun quyidagi shartlarning barchasiga rioya etilganligi asos bo‘ladi, agar:

🔵investitsiya majburiyatlari va boshqa ijtimoiy majburiyatlar to‘liq bajarilgan bo‘lsa;

🔵mazkur yer uchastkasi boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga ajratilmagan yoki elektron onlayn-auksionga qo‘yilmagan bo‘lsa;

🔵mazkur yer uchastkasi uchun yer solig‘i bo‘yicha, unda qurilgan binolar va inshootlar uchun esa mol-mulk solig‘i bo‘yicha qarzdorlik mavjud bo‘lmasa.

🌟 Kadastr agentligi Metodologiya va uslubiy qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i - Begzod Nishonov.

🔗 Batafsil: Videoda bilib olishingiz mumkin.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇺🇿 Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasiga tashrif davomida tadbirkorlar bilan o‘tkazgan ochiq muloqotida ilgari surilgan eng muhim tashabbus va iqtiboslar.

📩Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube   
|
📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🫥Hududlarda yer nazorati tadbirlari

Farg‘ona viloyati boshqarmasi Buvayda tumani inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan yer va kadastr nazorati tadbirlarida «Ponsod» MFY da fuqaro tomonidan hech qanday huquqiy hujjatlarsiz 35 kv.m yer maydonni o‘zboshimchalik bilan egallab olib noqonuniy ravishda qurilish ishlari olib borilganligi holati aniqlandi. Olib borilgan tushuntirishlar hamda yozma ko‘rsatmadan so‘ng yer maydon fuqaro tomonidan bartaraf etildi.

Andijon viloyati Shahrixon tumani inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan yer va kadastr nazorati tadbirlarida “Tumor” MFY hududida fuqaro tomonidan 300,0 kv.metr yer maydonni o‘zboshimchalik bilan egallab olib noqonuniy ravishda qurilish ishlari olib borilganligi holati aniqlandi. Shundan so‘ng yer qonunbuzarlikni sodir etgan shaxsga tushuntirish ishlari olib borildi hamda uning huquqiy oqibatlari tushuntirildi hamda noqonuniy qurilma fuqaro tomonidan joyning o‘zida bartaraf etildi.

Namangan viloyati Mingbuloq tumani bo‘limi inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan yer va kadastr nazorati tadbirlari davomida “Namangan” massivi hududida“Gultepa oltin balig‘i” xususiy korxonasi tomonidan o‘ziga ajratilgan yerga tutash bo‘lgan davlat zaxirasidagi va boshqa xususiy korxonaga qarashli jami 0,7 gektar yerni o‘zboshimchalik bilan egallash orqali noqonuniy bino va baliq yetishtirish uchun beton to‘siqli sun’iy hovuzlar tashkil qilib olganligi aniqlandi. Oqibatda tuproq unumdorligi jihatidan 68 bonitetga teng sug‘oriladigan ekin yer maydoniga 68 mln. so‘mdan ziyod moddiy zarar keltirilgan. Ushbu holat yuzasidan tuman bo‘limi inspektorlari tomonidan vakolat doirasida choralar ko‘rilib, to‘plangan ish hujjatlari huquqni muhofaza qilish organlariga yuborildi.

Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani bo‘limi inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan yer va kadastr nazorati tadbirlari davomida "G‘ovshun" MFY hududida olib borilgan nazorat tadbirlari davomida fuqaro tomonidan M-37 magistral yo‘lining muhofaza zonasida 30 kv.metr yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olinib, noqonuniy qurilmalar qurganligi aniqlangan. Ushbu holat yuzasidan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddasi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 15 kun muddatda noqonuniy qurilmani ixtiyoriy buzish uchun ogohlantirish xati berildi.

📩Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube   
|
📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM