KADASTR AGENTLIGI - RASMIY
26.4K subscribers
5.58K photos
1.06K videos
4 files
3.34K links
Rasmiy sahifalarimiz:

🌐 veb-sayt:
www.kadastr.uz

📌Instagram:
www.instagram.com/uz_kadastr/

📌Facebook:
www.facebook.com/kadastr.uz

☎️ Ishonch telefoni:
1097

📍Manzil:
Ул. Чопонота, Квартал "Ц", Tashkent, Uzbekistan

Pochta:
[email protected]
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🫥Hududlarda yer nazorati tadbirlari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi Taxiatosh tumani inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan yer va kadastr nazorati tadbirlarida «Keneges» MFY da fuqaro tomonidan hech qanday huquqiy hujjatlarsiz 150 kv.m yer maydonni o‘zboshimchalik bilan egallab olib noqonuniy ravishda qurilish ishlari olib borilganligi holati aniqlandi. Olib borilgan tushuntirishlar hamda yozma ko‘rsatmadan so‘ng yer maydon fuqaro tomonidan bartaraf etildi.

Xorazm viloyati Hazorasp tumani inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan yer va kadastr nazorati tadbirlarida “Oq maydon” MFY hududida fuqaro tomonidan 18.0 kv.metr yer maydonini hech qanday huquqiy hujjatlarsiz egallab savdo do‘koni qurib olganligi holati aniqlandi. Shundan so‘ng yer qonunbuzarlikni sodir etgan shaxsga tushuntirish ishlari olib borildi hamda uning huquqiy oqibatlari tushuntirildi hamda noqonuniy qurilma fuqaro tomonidan joyning o‘zida bartaraf etildi.

Toshkent viloyati Bekabod shahar bo‘limi inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan yer va kadastr nazorati tadbirlari davomida Taraqqiyot MFY, Usmon Nosir ko‘chasida hududida fuqaro tomonidan 30 kv.metr yer maydonini hech qanday huquqiy hujjatlarsiz egallab noqonuniy qurilmalar qurib olganligi holati aniqlandi.Ushbu holat bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi hamda O‘z Res MJtK ning 60-moddasi 3-qismiga asosan fuqaroga maʼmuriy hujjatlar rasmiylashtirildi.

Navoiy viloyati Zarafshon shahar bo‘limi inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan yer va kadastr nazorati tadbirlari davomida “Tinchlik” MFY hududida fuqaro tomonidan jami 500 kv.metr yer may donga hech qanday hujjatlarsiz egallab olinib shundan 200 kv.metr yer maydoniga noqonuniy poydevor qurib olganligi aniqlangan. Ushbu holat bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi hamda O‘z Res MJtK ning 60-moddasi 3-qismiga asosan fuqaroga maʼmuriy hujjatlar rasmiylashtirildi.

📩Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube   
|
📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

📄 QONUNNING 7-moddasi haqida,

💠 Tuman (shahar) hokimlarining qarorlari bilan qonunchilik hujjatlariga muvofiq fuqarolarga, yakka tartibdagi tadbirkorlarga va rezident bo‘lgan yuridik shaxslarga ajratilgan, tasdiqlash masalasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan ko‘rib chiqilmagan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini hamda unda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqini e’tirof etish uchun quyidagi shartlarning barchasiga rioya etilganligi asos bo‘ladi, agar:

🔵qaror tuman (shahar) hokimlari tomonidan o‘z vakolatlari doirasida 2021-yil 8-iyunga qadar qabul qilingan bo‘lsa;

🔵tuman (shahar) hokimlarining qarorlarini tasdiqlash masalasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan rad etilgan bo‘lmasa;

🔵yer uchastkasi ajratilganidan keyin ikki yil ichida bino va inshoot belgilangan maqsadlarga muvofiq qurilgan yoki ularning qurilishi boshlangan bo‘lsa;

🔵mazkur yer uchastkasi boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga ajratilmagan yoki elektron onlayn-auksionga qo‘yilmagan bo‘lsa;

🔵mazkur yer uchastkasidan foydalanish yuzasidan jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar o‘rtasida nizo mavjud bo‘lmasa;

🔵mazkur yer uchastkasi uchun yer solig‘i bo‘yicha, unda qurilgan binolar va inshootlar uchun esa mol-mulk solig‘i bo‘yicha qarzdorlik mavjud bo‘lmasa.

🌟 Kadastr agentligi Metodologiya va uslubiy qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i - Begzod Nishonov.

🔗 Batafsil: Videoda bilib olishingiz mumkin.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇺🇿 Prezident Shavkat Mirziyoyev kuni kecha Qoraqalpogʻiston Respublikasiga tashrif buyurdi.

◼️Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpogʻiston Respublikasiga tashrifini “Nukus Electroapparat” qoʻshma korxonasi bilan tanishishdan boshladi.

◼️Prezident Shavkat Mirziyoyevga Qoraqalpogʻistonda amalga oshirilishi rejalashtirilgan investitsiya loyihalari taqdimot qilindi.

◼️Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpogʻistonda shamol elektr stansiyalari va sanoat korxonalari qurilishini boshlash, yirik majmualarni ishga tushirishga bagʻishlangan marosimda ishtirok etdi.

◼️Prezident Shavkat Mirziyoyev Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkining Qoraqalpogʻiston filialini borib koʻrdi.

◼️Prezident Shavkat Mirziyoyev Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qoraqalpogʻiston filialini borib koʻrdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kegeyli tumanidagi Juzimbagʻ mahallasida boʻldi va yoshlar bilan uchrashdi.

◼️Kegeyli tumanida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Qoraqalpogʻiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari muhokamasi boʻyicha yigʻilish boʻlib oʻtdi.

📩Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube   
|
📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ер бозори шаклланиши таъсирида янги инвестиция лойиҳаларида ер сотиб олиш харажатлари кескин ошаётгани қайд этилди.

Тадбиркор ерга бунча катта харажат қилгандан кейин қурилиш, техника ва ускунага маблағи етмай қолаяпти.

Эндиликда тадбиркор аукциондан ер сотиб олганда унга қўшилган қиймат солиғи ҳисоблаш бекор қилинади.

Тошкент шаҳри ва вилоят марказларида сотилган ер бўйича харид суммасини уч йилгача, қолган ҳудудларда беш йилгача, 4 ва 5-тоифа туманлар учун эса ўн йилгача бўлиб-бўлиб тўлашга рухсат берилади. Энди тадбиркорлар дарҳол тўлов қиламан деса, 20 фоизгача чегирма берилади.

Шунингдек, йирик лойиҳаларда ер қийматини тадбиркор устав фондига давлат улуши сифатида киритиши мумкин бўлади. Тадбиркор истаган пайтда бу улушни ўзи сотиб олиши мумкин. Бу орқали шу йилнинг ўзида тадбиркорлар ихтиёрида 3 триллион сўм қолади.

Facebook|Instagram|X
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🫥Termiz shahrida o'zboshimchalik bilan egallab olingan yer qaytarildi.

⭐️Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Termiz shahar inspektorlari tomonidan olib borilgan yer nazorati tadbirlari davomida shaharning "Guliston" mahallasida yashovchi fuqaro tomonidan Termiz shahar "Alpomish" mahallasidan o'tuvchi ichki yo'lning muhofaza hududidan o'zboshimchalik 0.015 gektar yer maydonini egallab olib, 80.0 kv.metrdan iborat hujjatsiz qurilmalar qurilganligi aniqlandi.

Shundan so‘ng yer qonunbuzarlikni sodir etgan shaxsga tushuntirish ishlari olib borildi hamda uning huquqiy oqibatlari tushuntirildi hamda noqonuniy qurilma fuqaro tomonidan joyning o‘zida bartaraf etildi.

Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

📄 QONUNNING 8-moddasi haqida,

💠 Fuqarolarning bog‘dorchilik va uzumchilik shirkatlari hududida joylashgan turar joylariga bo‘lgan mulk huquqini hamda ular egallagan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini e’tirof etish uchun quyidagi shartlarning barchasiga rioya etilganligi asos bo‘ladi, agar:

🔵fuqaro bog‘dorchilik va uzumchilik shirkati a’zosi bo‘lsa;

🔵mazkur yer uchastkasi boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga ajratilmagan yoki elektron onlayn-auksionga qo‘yilmagan bo‘lsa;

🔵mazkur yer uchastkasidan foydalanish yuzasidan jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar o‘rtasida nizo mavjud bo‘lmasa;

🔵mazkur yer uchastkasi uchun yer solig‘i bo‘yicha, unda qurilgan binolar va inshootlar uchun esa mol-mulk solig‘i bo‘yicha qarzdorlik mavjud bo‘lmasa.

🌟 Kadastr agentligi Metodologiya va uslubiy qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i - Begzod Nishonov.

🔗 Batafsil: Videoda bilib olishingiz mumkin.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM