KADASTR AGENTLIGI - RASMIY
26.4K subscribers
5.57K photos
1.05K videos
4 files
3.33K links
Rasmiy sahifalarimiz:

🌐 veb-sayt:
www.kadastr.uz

📌Instagram:
www.instagram.com/uz_kadastr/

📌Facebook:
www.facebook.com/kadastr.uz

☎️ Ishonch telefoni:
1097

📍Manzil:
Ул. Чопонота, Квартал "Ц", Tashkent, Uzbekistan

Pochta:
[email protected]
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🩸Kadastr agentligida "Men donorman" aksiyasi bo'lib o'tdi🩸

❣️ Inson hayoti davomida qilayotgan yaxshiliklari albatta o‘ziga ham yaxshilik bo‘lib qaytadi. Yaxshilik esa har kimning qo‘lidan keladi. Asosiysi buni o‘zimiz istasak bas. Bugun ana shunday yaxshilik uchun yana bir imkoniyat tug‘ildi.

⭐️ Kadastr agentligi Markaziy apparatida xodimlari hamda uning tizim tashkilotlaridan ko'ngillilar ishtirokida "Qon donorligi" haftaligi doirasida "Men donorman aksiyasi" tashkil etildi.

✔️ Eslatib o'tamiz, "Men donorman aksiyasi" da yig'ilgan qon preparatlari uchun ajratilgan albumin dori vositalari onkologiya va gematologiya markazlarida davolanayotgan bolalar uchun beg‘araz berilishi rejalashtirilgan.

#Kadastr_agentligi #men_donorman

📩 Telegram | 📩 Instagram | 📩YouTube | 📩 Facebook | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣

🌟Kadastr agentligi ⭐️Respublika aerogeodeziya markazi tomonidan 2024-yilda “O‘zbekiston Respublikasi hududida Milliy koordinatlar tizimini joriy etish” maqsadida respublikamiz hududi bo‘yicha maxsus geodezik o‘lchovlar amalga oshirilmoqda.

🇺🇿Maxsus o‘lchov ishlari keng qamrovda amalga oshirilishi rejalashtirilgan hamda 2024-2025-yillarda respublikamiz hududidagi 3 000 dan ortiq I-va II-klass punktlarida GNSS o‘lchov ishlari amalga oshirilishi loyihalashtirilgan.

🔭Shuningdek Samarqand shahrida joylashgan, Mirzo Ulug’bek observatoriyasi hududida Milliy Koordinatlar tizimi uchun “0” nuqtani joylashtirish bo‘yicha ham loyihalash ishlari olib borilmoqda.

O‘lchov ishlari Farg‘ona vodiysi viloyatlarida to‘liq yakuniga yetkazildi.
Hozirgi kunda ⭐️Respublika aerogeodeziya markazi va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan Qoraqalpog’iston Respublikasi hududidagi I-va II-klass Davlat geodezik tarmoq punktlarida maxsus GNSS o‘lchov ishlari bajarilmoqda.

📍O‘lchov ishlariga 27 nafar mutaxassis va haydovchilar 11 ta maxsus avtomashinalar jalb etilgan.
Milliy koordinatlar tizimini joriy etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad respublikamiz hududida ochiq koordinatlar tizimini yaratish va foydalanishga joriy etishdan iborat.

#Kadastr_agentligi #Aerogeodeziya #GNSS

📩 Telegram | 📩 Instagram | 📩YouTube | 📩 Facebook | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🫥Hududlarda yer nazorati tadbirlari

📍 Andijon viloyati Jalaquduq tumanida olib borilgan yer nazorati tadbirlari oʻtgan davr mobaynida 89 ta holatda, salkam 13 gektar yer maydonlarida qonunbuzilish holatlari aniqlandi.

🗣Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, o‘zboshimchalik bilan o‘zlashtirib olingan aksariyat maydonlar fuqarolarga qishloq xo‘jaligida foydalanish uchun ajratilgan. Biroq, ayrim hududlarda noqonuniy qurilish ishlari boshlab yuborilgan. Buning oldini olish maqsadida boshlangan nazorat tadbirlari viloyatning har bir shahar va tumanlarida davom etmoqda.

➡️ Batafsil: "Xalq so‘zi" maqolasida

📩 Telegram | 📩 Instagram | 📩YouTube | 📩 Facebook | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🫥Hududlarda yer nazorati tadbirlari

📍 Qashqadaryo viloyatida olib borilgan yer va kadastr nazorati tadbirlarida Qarshi tumanidagi “Saidov Iskandar Soxib o‘g‘li” fermer xo‘jaligiga tegishli bo’lgan qishloq xo‘jaligi xaritasining 268q-konturidagi  0,82 gektar sug‘oriladigan yer maydoni fuqaro tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallanib, 124 kv.metr o’lchamda uy-joy qurish ishlari amalga oshirilganligi ma’lum bo’ldi.

Tafsilotlar Qashqadaryo teleradiokanalining "Qashqadaryo axboroti" informatsion dasturida.

📩 Telegram | 📩 Instagram | 📩YouTube | 📩 Facebook | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🎬🎬🎬🎬

🌍 YER NAZORATDA

👨‍💻 Loyihaning o'ninchi sonida:
📍Qashqadaryo viloyati joriy yilning 5 oyi mobaynida amalga oshirilgan yer nazorati tadbirlari bilan tanishing.

#Kadastr_agentligi #yer_nazorati #yer_nazoratda_loyihasi #10_son

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🫥Hududlarda yer nazorati tadbirlari

📍 Farg‘ona viloyati boshqarmasi Toshloq tumani bo‘limi xodimlari nazorat tadbirlari vaqtida "Bo'ston" MFY Bo'ston ko'chasi hududida, fuqaro tomonidan 90 kv.metr yer maydonini o'zboshimchalik bilan egallab olib, noqonuniy qurilma qurib olganlik holati aniqlandi. Shundan so‘ng yer qonunbuzilishini sodir etgan shaxsga tushuntirish ishlari olib borildi hamda noqonuniy qurilma fuqaro tomonidan joyning o'zida bartaraf etildi.

📍 Navoiy viloyati boshqarmasi Zarafshon shahar bo'limi inspektorlari tomonidan "Yangi-Zarafshon" MFY hududida fuqarolar tomonidan jami 1 100 kv.metr yer maydoni hech qanday hujjatlarsiz egallab olinib shundan 295 kv.metr yer maydoniga uy joy qurilishi boshlab yuborilganligi aniqlandi. Holat yuzasidan Zarafshon shahar inspektorlari tomonidan qonunbuzilish holatlarini sodir etgan fuqaroga nisbatan MJtKning 60-moddasi 3-qismi bilan ma'muriy javobgarlikka tortildi.

📍 Samarqand viloyati boshqarmasining Samarqand tuman bo‘limi tomonidan "Quyi Qaynama" MFY hududida yer nazorati tadbirlari o‘tkazilganda fuqaro tomonidan hech qanday huquqiy hujjatlarsiz o‘ziga tegishli bo‘lgan binoga tutash hududdan 37 kv.metr yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olib, noqonuniy qurilish (ayvon) qurib olganligi aniqlandi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM