KADASTR AGENTLIGI - RASMIY
26.6K subscribers
5.55K photos
1.05K videos
4 files
3.31K links
Rasmiy sahifalarimiz:

🌐 veb-sayt:
www.kadastr.uz

📌Instagram:
www.instagram.com/uz_kadastr/

📌Facebook:
www.facebook.com/kadastr.uz

☎️ Ishonch telefoni:
1097

📍Manzil:
Ул. Чопонота, Квартал "Ц", Tashkent, Uzbekistan

Pochta:
[email protected]
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🫥Hududlarda yer nazorati tadbirlari

⭐️ Kadastr agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan hududlarda ishchi guruhlar tomonidan maxsus dronlar yordamida yer nazorati tadbirlari olib borilmoqda.

Tafsilotlar Qoraqalpog‘iston teleradiokanalining “Xabarlar” informatsion dasturi lavhasida.

🌟Kadastr agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan Qarshi tumanida olib borilgan yer nazorati tadbirida "Kat" MFY da yashovchi fuqaro tomonidan noqonuniy qurilish qilish qilngani aniqlandi hamda holat shu joyning o‘zida bartaraf qilindi.

Batafsil "Nasaf" telekanalining "Xabarlar" dasturida.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🫥Hududlarda yer nazorati tadbirlari

⭐️ Kadastr agentligi tomonidan hududlarda yer nazorati tadbirlari kuchaytirilgan tartibda olib borilmoqda. Unda zamonaviy texnologiyalar, kosmik suratlar va dronlar yordamida yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish bilan bog‘liq holatlar, noqonuniy qurilishlar aniqlanib, ularni bartaraf qilish ishlari davom etmoqda.

"O‘zbekiston 24" kanalida efirga uzatilgan lavhada Xorazm viloyatida amalga oshirilayotgan kuchaytirilgan yer nazorati tadbirlari haqida so‘z boradi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 📣📣📣📣

🖍 DIQQAT E’LON! 🖍

🧷 Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar!

Rejadan tashqari texnik ishlar tufayli Toshkent shahri hududidagi obyektlar bo'yicha Kadastr Agentligi tomonidan ko'rsatiladigan davlat xizmatlarida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilmoqda.

❗️ Ushbu vaqtinchalik uzilish holatlarini bartaraf etish bo‘yicha barcha ishlar amalga oshirilayotganini ma’lum qilamiz.

🟢Yurtdoshlarimizdan yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!

#kadastr #e_lon #texnik_ishlar

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🎬🎬🎬🎬

🌍 YER NAZORATDA

👨‍💻 Loyihaning yettinchi sonida:
📍Surxondaryo viloyati hamda 📍Buxoro viloyatlarida amalga oshirilgan yer nazorati tadbirlari bilan tanishing.

#Kadastr_agentligi #yer_nazorati #yer_nazoratda_loyihasi #7_son

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣

🗓 Bugun Kadastr agentligi huzuridagi Respublika aerogeodeziya markazida Avstriyaning O‘zbekistondagi elchixonasi tashabbusiga ko‘ra Avstriya biznes doirasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🗣 Uchrashuv doirasida Avstriyaning yengil aviatsiya ishlab chiqaruvchisi “DIAMOND AIRCRAFT INDUSTRIES” hamda aerofotokamera va LiDAR ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “VEXEL IMAGING” kompaniyalari mahsulotlari imkoniyatlari ko‘rsatib o‘tildi.

➡️ Jumladan Aerosuratga olishga mo‘ljallangan LiDAR va kamera birlashtirilgan 4-avlod gibrid uskunalari va ularning tegishli dasturiy ta’minotlari;

➡️ Fotosuratlarni qayta ishlash, ortofotoplanlar yaratish, bino-inshoot va hududlarning 3D modelini yaratishga mo‘ljallangan dasturlar;

➡️ Aerofotokameralar va lazerlar o‘rnatishga mo‘ljallangan yengil aviatsiya uchoqlari, ularga ehtiyot qismlarni yetkazib berish hamda uchuvchilarni tayyorlash masalalari ko‘rib chiqildi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 📃📃📃📃

🔺AHOLI MUROJAATLARI HAL ETILMOQDA

🌟 Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi mas'ullari hamda Samarqand viloyati boshqarmasi rahbariyati ishtirokida Samarqand viloyati, Jomboy tumanida o'tkazilgan navbatdagi sayyor qabulda fuqarolarning sohaga oid murojaatlari tinglandi.

🔸 Sayyor qabulda ishtirok etgan jismoniy va yuridik shaxslarning ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish, kadastr pasportini rasmiylashtirish, mulkka egalik huquqini olish hamda yerni xususiylashtirishga doir savol va muammolari eshitilib, mutasaddilar tomonidan tegishli yechimlar va huquqiy tushunchalar berildi.

Sayyor qabul davomida 15 ta murojaat kelib tushgan bo‘lsa, shu yerning o‘zida 10 tasi huquqiy ma'lumot berish orqali ijobiy hal etildi. 5 ta murojaatlar ijrosi nazoratga olindi.

#Kadastr_agentligi #sayyor_qabul

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🫥Hududlarda yer nazorati tadbirlari

➡️ Navoiy viloyati boshqarmasi Nurota tumani bo'limi inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan yer nazorati tadbirida "Nurfaxr" MFY hududida 36 kv.metr yer maydoni fuqaro tomonidan hech qanday hujjatlarsiz egallab olinib, yengil tipdagi ayvon qurib olinganligi aniqlandi.

➡️ Farg‘ona viloyati boshqarmasi O'zbekiston tumani bo‘limi xodimlari nazorat tadbirlari vaqtida "Bozoryaypan" MFY, Ibn Sino ko'chasidagi istirohat bog'i hududidan 20 kv.metr yer maydoni fuqaro tomonidan o'zboshimchalik bilan egallab olinib, yengil tipda naves o'rnatilgani aniqlandi.

➡️ Andijon viloyati Ulug'nor tumanida olib borilgan yer nazorati tadbirlari davomida “Fayziobod” mahallasi hududidagi yer maydoni fuqaro tomonidan o'zboshimchalik bilan egallanib, noqonuniy qurilmalar qurib olingani aniqlandi.

➡️ Buxoro viloyati Peshku tumani bo‘limi tomonidan "Qoraqalpoq" MFY hududida o‘tkazilgan nazorat tadbirida fuqaro tomonidan 60 kv.metr yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olinib, hech qanday huquqiy hujjatlarsiz qurulish ishlari bajarilgani aniqlandi.

Mazkur holatlarning barchasi qonun buzarlikni sodir qilgan shaxslar tomonidan ixtiyoriy bartaraf qilindi

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 📣📣📣📣

🖍 DIQQAT E’LON! 🖍

🧷 Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar!

🟢 Oldin xabar berganimizdek Toshkent shahrida joylashgan serverlarda rejadan tashqari texnik ishlar olib borilayotganligi sababli faqatgina Toshkent shahri hududidagi obyektlar bo'yicha 🌟Kadastr agentligi tomonidan ko'rsatiladigan davlat xizmatlarida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilayotgan edi.

Hozirda barcha kamchiliklar bartaraf etilgan bo'lib 🌟 Kadastr xizmatlaridan onlayn foydalanishingiz mumkin.

🟢Yurtdoshlarimizdan yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!

#kadastr #e_lon #texnik_ishlar

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌏 Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlarda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari va mahallalar hayoti bilan tanishish, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida amalga oshirilayotgan loyihalarni ko‘zdan kechirish va yangi obyektlarni ishga tushirish maqsadida Buxoro viloyatiga tashrif buyurdi.

◾️Tashrif avvalida Prezident Shavkat Mirziyoyev Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi va bu yerda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.

◾️Prezident Shavkat Mirziyoyev “Qorako‘l” erkin iqtisodiy zonasi hududidagi metall quvur ishlab chiqarishga ixtisoslashgan zamonaviy “Enpipe” korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

◾️Davlatimiz rahbari Buxoro viloyatida ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasi bilan tanishdi. Investorlar va tarmoq rahbarlari yangi loyihalarni taqdimot qildi.

◾️Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatida uchta yirik inshoot— gaz-kimyo majmuasi, quyosh elektr stansiyasi va xalqaro aeroport qurilishiga start berdi.

◾️Prezident Shavkat Mirziyoyev Qorako‘l tumanida jamoatchilik vakillari bilan samimiy suhbatlashdi.

◾️Prezident Shavkat Mirziyoyev Qorako‘l tumanidagi “Yangi O‘zbekiston” massivini borib ko‘rdi.

◾️Prezident Shavkat Mirziyoyev avtomobil yo‘llarini qurish bo‘yicha namunaviy loyiha bilan tanishdi.

◾️Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Buxoro viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM