KADASTR AGENTLIGI - RASMIY
26.3K subscribers
5.81K photos
1.1K videos
4 files
3.45K links
Rasmiy sahifalarimiz:

🌐 veb-sayt:
www.kadastr.uz

📌Instagram:
www.instagram.com/uz_kadastr/

📌Facebook:
www.facebook.com/kadastr.uz

☎️ Ishonch telefoni:
1097

📍Manzil:
Ул. Чопонота, Квартал "Ц", Tashkent, Uzbekistan

Pochta:
[email protected]
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

⭐️Kadastr agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan noqonuniy egallab olingan yer uchastkalari bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tafsilotlari "O‘zbekiston 24" radiosi informatsion dasturida.

🫥Unda boshqarma boshlig‘i Isatay Tleuov tomonidan tinglovchilarga yer qonunbuzarlik holatini sodir qilgan fuqarolar uchun qonunchilikda belgilangan jazo choralari haqida atroflicha ma’lumot berildi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🫥Hududlarda yer nazorati tadbirlari

💭 Andijon viloyati Ulug'nor tumani Uchko‘prik mahallasi Jalaquduq massivi 86-qism konturidan 214 kv.m yer maydoni fuqaro E.Yu tomonidan qonuniy hujjatlarsiz o‘zboshimchalik bilan egallanib molxona binosi qurganligi aniqlandi va holat bo‘yicha agentlikning tuman bo'limi tomonidan tegishli barcha hujjatlar rasmiylashtirilib, hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga belgilangan tartibda yuborildi.

💭 Qoraqalpog'iston Respublikasi Ellikqal’a tumani “Guldursin” OFY da Sudning qaroriga asos buzilshi haqidagi qarori chiqgan holatlar bilan tanishdilar va bu bo'yicha hududning mahalla raisi bilan joyida uchirashib, sodir etilgan noqonuniy holatlar yuzasidan fuqarolarga qattiq tushuntirish kerakligi va bunday holatlarning oldini olishda mahalla raislarinig o'rini katta ekanligi tushintirildi.

💭 Farg‘ona viloyati boshqarmasi Dang'ara tumani bo‘limi xodimlari nazorat tadbirlari vaqtida tumanning "Chinobod" MFY hududida fuqaro tomonidan qishloq xo'jaligi uchun mo'ljallanmagan yer maydonining 50 kv.metr qismiga o‘zboshimchalik bilan egallab bino inshooti qurib olganlik holati aniqlandi va yer qonunbuzilishini sodir etgan shaxsga tushuntirish ishlari olib borildi hamda uning huquqiy oqibatlari tushuntirilib, noqonuniy qurilma fuqaro tomonidan joyning o'zida bartaraf etildi.

#Kadastr_agentligi #yer_nazorati

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌎🌎🌎🌎🎤🎤🎤🎤

🌍 YER NAZORATI TADBIRLARI OAV NIGOHIDA

🌟Kadastr agentligi Farg'ona viloyati hamda Surxondaryo viloyati boshqarmalarida tuzilgan Ishchi guruhlar tomonidan hududlarda kuchaytirilgan tartibda yer nazorati tadbirlari o'tkazilmoqda.

📍Farg'ona viloyatining Dang‘ara tumanida fuqarolar tomonidan 200 kv.metr yer maydonini o‘zboshimchalik bilan egallab olinganligi hamda Qo‘qon shahrida esa 60 kv.metr yer maydonini o‘zboshimchalik bilan egallab olib yengil tipdagi qurilma qurib olganligi aniqlanib holatlar bo‘yicha belgilangan tartibda ogohlantirish berilib, yer qonunbuzilish holatlari bartaf etildi.

Batafsil "Farg'ona" telekanalining "Yangiliklar" dasturida.

📍 Surxondaryo viloyati Muzrabot tumani o'rmon xo'jaligi tasarrufidagi yer maydonlari fuqarolar tomonidan noqonuniy o'zlashtirib olish holatlari aniqlandi. Holat yuzasidan fuqarolarga tushunchalar berildi hamda O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi Kodeksining 60-moddasi 2-qismi bilan ma'muriy huquq buzarlik to'g'risidagi bayonnoma rasmiylashtirildi.

Batafsil "Surxondaryo" telekanalining "Yangiliklar" dasturida.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🌟Kadastr agentligi mas'ullari talabalar bilan uchrashuv o'tkazdi.

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-yanvardagi PF-16-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan, viloyatlardagi ma'lum bir universitet hamda institutlarda "Geodeziya, kartografiya va kadastr" kafedrasi filialini tashkil etish maqsadida joriy yilning 15-may kunida 📍 Samarqand viloyatida, 18-may kunida 📍 Farg'ona viloyatida hamda 20-may kuni 📍 Sirdaryo viloyatlarida 🌟Kadastr agentligining mas'ullari, hududiy boshqarma boshliqlari va universitet va institutlar rahbariyatlari hamkorligida talabalar ishtirokida davra suhbati o'tkazildi.

Uchrashuv davomida universitet kafedrasi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining tibbiy-geografik atlasini” talabalarga foydalanishlari uchun taqdim qilindi.

Tadbirda talabalar bilan va ustozlar o‘rtasida geodezik o‘lchash asboblarini o‘rganish jarayonida talabalarning qiziqishlari ortib amaliyot jonli muloqotga aylandi.

Shuningdek talabalarini qiziqtirgan savollarga masʼullar tomonidan tushuntirishlar berildi. Talabalarning amaliyot o‘tashlari uchun zarur sharoitlar yaratildi vа belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish yo‘lga qo‘yildi.

#Kadastr_agentligi #talabalar_bilan_uchrashuv #PF_16_son_Farmon

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🫥Hududlarda yer nazorati tadbirlari

⭐️ Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi Yangiqo‘rg‘on tuman bo‘limi inspektorlari tomonidan maxsus dronlar yordamida yer nazorati tadbirlari olib borilmoqda.

Tafsilotlar MY5 telekanalining 📺“Markaziy studiya” informatsion dasturi lavhasida.

🌟Kadastr agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi tomonidan joriy yilda 308 ta holatda yerlarni noqonuniy egallab olish, 41 holatda noqonuniy qurilish qilish aniqlandi.

Batafsil "NAVOIYMTRK" telekanalining "Diyor24" dasturida.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM