KADASTR AGENTLIGI - RASMIY
26.7K subscribers
5.55K photos
1.05K videos
4 files
3.31K links
Rasmiy sahifalarimiz:

🌐 veb-sayt:
www.kadastr.uz

📌Instagram:
www.instagram.com/uz_kadastr/

📌Facebook:
www.facebook.com/kadastr.uz

☎️ Ishonch telefoni:
1097

📍Manzil:
Ул. Чопонота, Квартал "Ц", Tashkent, Uzbekistan

Pochta:
[email protected]
Download Telegram
Президент Шавкат Мирзиёев Ғалаба боғига ташриф буюриб, “Матонат мадҳияси” ёдгорлиги пойига гулчамбар қўйди.

Президент Шавкат Мирзиёев посетил Парк Победы и возложил цветы к подножию памятника "Ода стойкости".

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

📃 Oʼzbekiston Respublikasining Jinoyat Kodeksining 229-moddasi birinchi qismiga asosan;

🫥Yer uchastkalarini oʼzboshimchalik bilan egallab olish, shu jumladan ushbu yer uchastkalariga nisbatan qonuniy huquqlari mavjud boʼlmagan holda ulardan foydalanish, xuddi shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʼllanilganidan keyin sodir etilgan boʼlsa;

🗄 Bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan toʼrt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

🗣Sugʼoriladigan yer uchastkalarini ularda qurilish ishlarini amalga oshirgan holda oʼzboshimchalik bilan egallab olish;

🗄 Bazaviy hisoblash miqdorining toʼrt yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan, agar u oʼzboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasining qaytarilishini jinoyat aniqlangan kundan eʼtiboran oʼttiz kunlik muddatda taʼminlasa hamda oʼzboshimchalik bilan egallab olishning oqibatlarini bartaraf etsa, ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʼllanilmaydi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон халқига байрам табриги

Праздничное поздравление Президента Шавката Мирзиёева народу Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
РАСМИЙ МУНОСАБАТ

Кадастр соҳасида коррупция жиноятини содир этиб судланганлар ишламайди.

Кадастр агентлиги томонидан соҳада коррупцияни олдини олиш, раҳбар-ходимларни ҳалол ишлашини таъминлаш, фуқароларга ва тадбиркорларга халақит бераётган тўсиқларни бартараф этиш мақсадида сўнги йилларда салмоқли ишлар амалга оширилмоқда.

🌟Кадастр агентлиги томонидан 2022-2023-йиллар давомида 100 нафарга яқин муқаддам жиноий жавобгарликка тортилган ходимлар билан меҳнат шартномаси бекор қилинган.

БАТАФСИЛ БУ ЕРДА ЎҚИНГ https://telegra.ph/Kadastr-so%D2%B3asiga-korrupciya-zhinoyatini-sodir-ehtib-sudlanganlar-ishlamajdi-05-08

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🌏O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi ⭐️ Kadastr agentligi tomonidan qabul qilingan qo‘shma qarorlari asosida, ⭐️Respublika aerogeodeziya markazida “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetining Geodeziya va geoinformatika kafedrasi filiali tashkil etilgan.

🗣Ushbu kafedra filiali asosan o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarni olib borishga mo‘ljallangan bo‘lib, talabalarga zamonaviy geodeziya va geoinformatika sohalarida chuqur bilim olish imkoniyatini taqdim etadi. Bu yerda olib boriladigan darslar va amaliyotlar yuqori texnologiyalar va so‘nggi ilmiy yutuqlar asosida tashkil etilgan, bu esa talabalarning sohada raqobatbardosh bo‘lishlarini ta’minlaydi.

Mazkur o‘zgarishlar ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish sohasidagi innovatsiyalarni ilgari surishga qaratilgan siyosatining bir qismi hisoblanadi, bu esa mamlakatimizning yuqori ta’lim tizimida muhim o‘rin tutadi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

💐 9⃣ – Xotira va qadrlash kuni 💐

Aziz yurtdoshlar!

🌟 Kadastr agentligi jamoasi 9-may - Xotira va Qadrlash kuni bilan tabriklaydi. Yurtimizda hamisha tinchlik hukm sursin, osmonimiz musaffo, xalqimiz abadiy bo‘lsin!

#Kadastr_agentligi #9_may

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🫥Hududlarda yer nazorati tadbirlari

Buxoro viloyati boshqarmasi Gʻijduvon tuman bo‘limi tomonidan Abdulla Qahhor MFYda nazorat tadbiri o‘tkazilganda mazkur hududda fuqaro tomonidan 77 kv.metr yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olinib, yengil konstruksiyali qurilma qurilganligi aniqlandi. Ushbu holat fuqaroning o‘zi tomonidan bartaraf qilindi.

Farg'ona viloyati boshqarmasi Quva tumani bo‘limi xodimlari nazorat tadbirlari vaqtida tumanning Dehqonobod MFY hududida fuqaro tomonidan qishloq xo'jaligidan foydalanmaydigan yer maydonining 400.0 kv.m qismiga o'zboshimchalik bilan egallab olib ushbu yer maydoniga devor qurib olganligi aniqlandi. Yer qonunbuzilishini sodir etgan shaxsga tushuntirish ishlari olib borilgandan so‘ng noqonuniy qurilma fuqaro tomonidan joyning o'zida bartaraf etildi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🫥Hududlarda yer nazorati tadbirlari

Jizzax viloyati boshqarmasi Jizzax shahar bo‘limi xodimlari tomonidan Sangzor MFY olib borilgan nazorat tadbirlari davomida yerlar o‘zboshimchalik bilan egallanib, atrofi esa devorlar bilan o‘rab olinganligi aniqlandi. Ushbu qonun buzilish holatini sodir etgan shaxslarga qilmishining huquqiy oqibatlari tushuntirilgach, noqonuniy qurilmalar joyning o‘zida bartaraf etildi.

Surxondaryo viloyati boshqarmasi Sariosiyo tuman bo‘limi inspektorlari tomonidan Turmush obod MFY hududida yashovchi fuqaro ichki yo‘l muhofaza hududida tegishli bo‘lgan yer maydonidan o‘zboshimchalik bilan 0.0025 gektar egallab olib, 25.0 kv.metrdan iborat qurilish qurganligi holati aniqlandi. Ushbu yer maydoni o‘z holatiga qaytarilishi ta'minlandi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🫥Hududlarda yer nazorati tadbirlari

Toshkent shahar boshqarmasi inspektorlari tomonidan Yangihayot tumanida dronlar yordamida oʻtkazilgan yer nazorati tadbirlarida bir qator yer qonunbuzilish holatlari qayd etildi. Tumanning “Yangi Gulzor” MFY, Gulzor koʻchasi hududida fuqaro tomonidan oʻzboshimchalik bilan egallangan 200 kv.m. yer maydonida noqonuniy qurilma qurilganligi aniqlandi.Qonunchilikda yer qonunbuzilish holatlari bo'yicha ma'muriy va jinoiy javobgarlik mavjudligi tushuntirilganda fuqaro tomonidan o'z xohishi bilan ushbu yer maydonining o'z holatiga qaytarilishi ta'minlandi.

Sirdaryo viloyati Sardoba tumanida oʻtkazilgan navbatdagi yer nazorati tadbirlarida 2 ta holatda davlat zahirasidagi yerlar o'zboshimchalik bilan egallanib unda molxona va omborxona binolari qurilganligi aniqlandi. Fuqarolarga ushbu holatning huquqiy oqibatlari tushuntirildi hamda noqonuniy qurilma joyning o'zida bartaraf etildi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🫥Hududlarda yer nazorati tadbirlari

⭐️ Kadastr agentligining Andijon viloyati boshqarmasi Shahrixon tumani bo‘limi tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida olib borilgan yer nazorati tadbirlari davomida 41 ta holatda 1,2 gektar yer maydonlari o‘zboshimchalik bilan egallab olinganligi aniqlandi. Tushuntirish targ‘ibot tadbirlari natijasida 20 ta qonun buzilish holatlari fuqarolar tomonidan ixtiyoriy bartaraf etildi. 16 ta holatdagi qonun buzilishlar yuzasidan sudlarga da’vo arizalar kiritildi.

➡️Batafsil Andijon telekanalining "Andijon axboroti" informatsion dasturida.

*️⃣*️⃣*️⃣*️⃣*️⃣*️⃣*️⃣*️⃣*️⃣*️⃣*️⃣*️⃣*️⃣*️⃣*️⃣

⭐️Kadastr agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasida tuzilgan ishchi guruhlar tomonidan hududlarda yer nazorati hamda aholi bilan tushuntirish targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.

📍 Amudaryo tumanida o‘tgan navbatdagi tadbirlar haqida Qaraqalpaqstan telekanalining “Ashiq mikrofon” dasturida so‘z boradi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Rasmiy munosabat


◼️ Kuni kecha ijtimoiy tarmoqda ""Uzkad" tizimi joriy etilganiga 1 yil bo‘lsada, nega haligacha ko‘p joylar o‘tkazilmagan?!" sarlavhasi ostida post joylandi. Ushbu masala bo‘yicha Davlat kadastrlari palatasi quyidagi ma’lumotlarni taqdim etadi:

▫️ Bugungi kunga qadar ko‘chmas mulklar bo‘yicha ma’lumotlar bir nechta axborot tizimlarida yuritilib va saqlanib kelingan. Ushbu holatlarni bartaraf etish maqsadida yagona ma’lumotlar bazasini yaratishni taqozo qilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24 avgustdagi PF-198-son Farmoniga asosan, Uzkad axborot tizimi ko‘chmas mulklar to‘g‘risidagi ma’lumotlarining haqiqiyligi va ishonchliligi davlat tomonidan kafolatlanadigan yagona axborot tizimi etib belgilangan!

📃 Batafsil: https://telegra.ph/Rasmiy-munosabat-05-09-3

#DavKadastrPalata #rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Давлат раҳбари амалий ташриф билан Россия Федерациясида бўлди

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Россия Федерацияси Президенти Владимир Путиннинг таклифига биноан амалий ташриф билан Россия Федерациясига борди.

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Москва шаҳрида кузатувчи давлат раҳбари сифатида Олий Евроосиё иқтисодий кенгашининг юбилей йиғилишида иштирок этди ва нутқ сўзлади.

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев ва Россия Федерацияси Президенти Владимир Путиннинг учрашуви бўлиб ўтди.

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Москва шаҳрига амалий ташрифи доирасида Иккинчи жаҳон урушидаги Ғалабанинг 79 йиллигига бағишланган тантанали тадбирларда иштирок этди. Шу билан Россияга амалий ташриф якунланди.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM