KADASTR AGENTLIGI - RASMIY
26K subscribers
5.68K photos
1.08K videos
4 files
3.39K links
Rasmiy sahifalarimiz:

🌐 veb-sayt:
www.kadastr.uz

📌Instagram:
www.instagram.com/uz_kadastr/

📌Facebook:
www.facebook.com/kadastr.uz

☎️ Ishonch telefoni:
1097

📍Manzil:
Ул. Чопонота, Квартал "Ц", Tashkent, Uzbekistan

Pochta:
[email protected]
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🌟 KADASTR: KECHA VA BUGUN

🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasining Topografik ishlar sho‘basi bosh mutaxassisi S.Zaydinxo‘jayev kadastr sohasida qariyb 30 yildan buyon faoliyat olib bormoqda.

🎬 Mutaxassis suhbat davomida yaqin o‘tmishdagi va yangi avlod geodezik o‘lchov vositalarining o‘zaro farqli jihatlari, zamonaviy texnik vositalarning afzalliklari haqida to‘xtalib o‘tdi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

📍 Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universitetida hamda Toshkent geodeziya va kartografiya texnikumida “Butunjahon yer kuni” munosabati bilan o‘tkazilgan bayram tadbirlari "Sevimli" telekanalining "Zamon" hamda "Renessans" telekanalining "Ovoza" informatsion dasturlari nigohida.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

📆Bugun Kadastr agentligida 🚲"Avtomobilsiz kun"

✉️ Xabaringiz bor, ekologiyaga avtomobillar chiqindi gazlarining zararli ta'sirini kamaytirish maqsadida Toshkent shahrida har oyning bir ish kuni davomida avtomobillar harakatlanishini (jamoat transportlari, maxsus va shoshilinch yordam xizmatlaridan tashqari) qisqartirishga qaratilgan "Avtomobilsiz kun" jamoatchilik loyihasini amalga oshirish to'g'risidagi keng jamoatchilik vakillari va ekofaollarning taklifi ma'qullangan.

🟢Mazkur loyihaga 🌟Kadastr agentligi xodimlari o'z hissalarini qo'shish maqsadida barcha rahbar va xodimlar ishga jamoat transportlari hamda ekologik transportlardan foydalangan holda kelib-ketishlari tashkillashtirildi.

📢 Kadastr agentligi jamoasi ekalogiyamizni asrab-avaylash maqsadida barchani "Avtomobilsiz kun" jamoatchilik loyihasida faol ishtirok etishga chorlab qoladi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yangiyo‘l tumanida “yengil tipdagi issiqxona” qurilganligi aniqlandi hamda holat Prokuraturaga oshirildi

🌟 Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan Yangiyo‘l tumanida olib borilgan nazorat tadbiri doirasida quyidagi holat aniqlandi.

📍 Yangiyo‘l tumani hokimining 2018-yildagi tegishli qarori asosida Tinchlik hududidagi qishloq xo‘jaligi xaritasining 179q-konturidan 2,0 gektar 60 ball bonitetli sug‘oriladigan ekin yer maydoni ijara huquqi asosida ajratib berilib, “Yengil tipdagi issiqxona” qurilishini loyihalashtirishga ruxsat berilgan.

◼️ Biroq, mazkur qaror belgilangan tartibda Toshkent viloyati hokimi tomonidan tasdiqlanmasdan, yengil tipdagi issiqxona qurilmasdan turib, tuman hokimining 2018-yildagi tegishli qarori bilan ushbu yer maydonida “Plastmassa maxsulotlarini qayta ishlash sexi” qurilishini loyihalashtirishga ruxsat berib yuborilgan. Natijada esa qishloq xo‘jaligi ekin yer maydonida kapital qurilmalar qurilishi oqibatida ekin yer maydoni noqishloq xo‘jaligi toifasiga o‘tib ketishiga sabab bo‘lgan.

➡️Holat yuzasidan Kadastr agentligi viloyat boshqarmasi tomonidan to‘plangan materiallar qo‘shma tartib asosida prokuratura organlariga yuborilishi taʼminlandi.

Shu o‘rinda, fuqarolar, fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalaridan ijara huquqi asosida ajratilgan qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan ekin yer maydonlarida hamda sug‘oriladigan ekin yer maydonida qurilish qilish mumkin emasligini unutmasliklarini so‘rab qolamiz!

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🌍 22-aprel "Butunjahon Yer kuni" munosabati bilan "Nurafshon" telekanalining “Reportaj” dasturi kadastr sohasiga bag‘ishlandi.

🟢Unda 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i Jasur Ahrorov hamda boshqarma xodimlari sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, qilinayotgan ishlar hamda kelgusi maqsadlar haqida so‘z yuritishdi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

📍Surxondaryo viloyatida maqsadsiz foydalanilgan yer maydonlari zahirasiga qaytarilmoqda.

🌟 Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi va uning tuman (shahar) bo'lim inspektorlari tomonidan joriy yilning 1-choragida jami 21 ta holatda 7581,81 gektar yer maydonlari fuqarolar hamda tadbirkorlar tomonidan maqsadsiz foydalanib kelinayotganligi aniqlangan.

Aniqlangan holatlar yuzasidan ushbu yer maydonlarini tuman shahar zahiraga qaytarish maqsadida hokimliklarga taqdimnomalar kiritildi. Shundan 6 ta holatda 25,08 gektar yer maydonlari zahiraga qaytarildi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 📑📑📑📑

O'zboshimchalik bilan egallab olingan qanday yerlarga nisbatan mulk huquqini e'tirof etish mumkin?

Ko'plab yurtdoshlarimiz kutib turgan Oliy Majlis qonunchilik palatasi tomonidan ko'rib chiqilib 🇺🇿O'zbekiston Respublikasi Senatiga yuborilgan "Noqonuniy o'zlashtirib olingan hamda mazkur yerlarga o'zboshimchalik bilan qurib olingan obyektlarga nisbatan mulk huquqini e'tirof etish" to'g'risidagi qonun loyihasining asosiy e'tibor qaratilishi zarur bo'lgan talablariga 🌟Kadastr agentligi boshqarma boshlig'i- B. Nishonov sharh beradi.

▶️ Batafsil videoda.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📃📃📃📃

🔺AHOLI MUROJAATLARI HAL ETILMOQDA

🌟 Kadastr agentligi direktorining o‘rinbosari Abdullayev Abdushukur Hamidovich boshchiligida Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida tashkil qilgan sayyor qabulida fuqarolarning sohaga oid murojaatlari tinglandi.

🔸 Sayyor qabulda Kadastr agentligi Farg'ona viloyati boshqarmasi boshlig'i Nodirbek Mashrapov, Davlat kadastrlari palatasi Farg‘ona viloyati boshqarmasi boshlig‘i Ravshan Mirzaxmedov va Farg'ona viloyati Prokuraturasi Yer resurslari talon-toroj qilinishining oldini olish bo‘limi boshlig‘i Nodirbek Mirzarahimov ham ishtirok etishdi.

🔸 Sayyor qabulda ishtirok etgan jismoniy va yuridik shaxslarning ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish, kadastr pasportini rasmiylashtirish, mulkka egalik huquqini olish hamda yerni xususiylashtirishga doir savol va muammolari eshitilib, mutasaddilar tomonidan tegishli yechimlar va huquqiy tushunchalar berildi.

Sayyor qabul davomida 30 ta murojaat kelib tushgan bo‘lsa, shu yerning o‘zida 12 tasi ijobiy hal etildi. 18 ta murojaatlar ijrosi nazoratga olindi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

📃 "Uyimizning kadastr hujjatlari yo‘q, ololmay sarsonmiz".

▶️ “Milliy” telekanalining “Millar” dasturida e'lon qilingan Toshkent shahar Yashnobod tumani aholisining ushbu mazmundagi murojaati yuzasidan kadastr xodimi tomonidan tushuntirish berildi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Korrupsiya – O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi bilan javobgarlikka tortiladigan ijtimoiy xavfli jinoyatdir.

Shuning uchun ham uning har qanday ko‘rinishiga qarshi murosasiz bo‘laylik!

➡️ Quyidagi infografikalarda korrupsiya, uning oqibatlari hamda qarshi kurash usullari haqida batafsil izohlangan.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

📍 Farg‘ona politexnika institutida “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash: ilm va innovatsiya” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Unda 🌟 Kadastr agentligi direktori o‘rinbosari Abdushukur Abdullayev ham ishtirok etib, anjuman ishlariga rivoj tiladi.

🗣Tadbirda yurtimiz olimlaridan tashqari Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Armaniston, Rossiya Federatsiyasi va boshqa mamlakatlardan kelgan taniqli olim va ekspertlari ham qatnashishdi.

◼️ Konferensiya doirasida “Qishloq xo‘jalik texnikalarida innovasion texnologiyalar, materialshunoslik va quyma detallari”, “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashda resurstejamkor texnologiyalari va innovatsion masalalari”, “Oziq-ovqat va agrotexnologiyalar tarmog‘i mashinalarda dizayn va innovatsion texnologiyalari” hamda “Texnika fanlari ta’limida innovatsion yondashuvlar, muamolar va yechimlari” kabi qator mavzusidagi masalalar muhokama qilindi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM