KADASTR AGENTLIGI - RASMIY
26.7K subscribers
5.55K photos
1.05K videos
4 files
3.31K links
Rasmiy sahifalarimiz:

🌐 veb-sayt:
www.kadastr.uz

📌Instagram:
www.instagram.com/uz_kadastr/

📌Facebook:
www.facebook.com/kadastr.uz

☎️ Ishonch telefoni:
1097

📍Manzil:
Ул. Чопонота, Квартал "Ц", Tashkent, Uzbekistan

Pochta:
[email protected]
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #OAV_BIZ_HAQIMIZDA

Kadastr sohasidagi firibgarlik va sohadagi korrupsiyaning oldini olish borasidagi qilinayotgan ishlar mavzusiga bag'ishlangan yig‘ilish tafsilotlari “Buxoro” telekanali nigohida.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
​​#Kadastr #bilasizmi

🔰Ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish uchun quyidagilar asos bo‘ladi
🔸davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organda ushbu ko‘chmas mulk obyektining mansubligi masalasida nizolar borligidan dalolat beruvchi sud hujjatlarining mavjudligi;
🔸vakolatli organ tomonidan ko‘chmas mulk obyektiga taqiq qo‘yilganligi;
🔸taqdim etilgan hujjatlarda noto‘g‘ri yoki buzilgan maʼlumotlar topilishi;
🔸birlamchi kadastr yig‘majildining (kadastr pasporti) mavjud emasligi;
🔸davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organda ushbu yer uchastkasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda olib qo‘yilganligi haqidagi maʼlumotlarning mavjudligi;
🔸ro‘yxatdan o‘tkazuvchi tomonidan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘xtatib turilgan hollarda, taqdim etilgan materiallardagi kamchiliklarning 3 ish kuni mobaynida bartaraf etilmasligi;
🔸yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda bekor qilinganligi;
🔸huquqlarning vujudga kelishini belgilamaydigan hujjatlarning taqdim etilishi.

Telegram Instagram YouTube  Facebook    Web-sayt
#Kadastr #Foydali_malumot

Har bir Kadastr pasporti quyidagi muddatlarda tayyorlab beriladi😊

1️⃣ ko‘chmas mulk obyektlarining turar joyga oid qismi bo‘yicha:

🏢ko‘p kvartirali uydagi kvartira — 3 ish kunigacha;

🏠yakka tartibdagi turar joy — 5 ish kunigacha;

2️⃣ ko‘chmas mulk obyektlarining noturar joyga oid qismi bo‘yicha:

🔹umumiy maydoni 100 kv.M. gacha — 5 ish kunigacha;

🔹100 kv.M dan 1 000 kv.M. gacha — 7 ish kunigacha;

🔹1 000 kv.M dan 5 000 kv.M. gacha — 10 ish kunigacha;

🔹5 000 kv.M dan 15 000 kv.M. gacha — 15 ish kunigacha;

🔹15 000 kv.M dan 50 000 kv.M gacha — 20 ish kunigacha;

🔹50 000 kv.M dan ortiq — 25 ish kunigacha;

🔸ajratilgan yer uchastkalari bo‘yicha — 3 ish kunigacha.

‼️ Kadastr pasporti yo‘qolganda yoki yaroqsiz holga kelganda, qog‘oz yoki plastik shaklda yangi kadastr pasporti 2 ish kuni mobaynida beriladi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr #Foydali_malumot

FUQAROLAR HAMDA TADBIRKORLAR DIQQATIGA!

Fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida www.my.gov.uz yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali siz Bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishishga online ariza yuborishingiz mumkin.

Yanvar oyida umumiy yagona portal orqali 101 ta murojaat kelib tushgan.
(19.01.2202 holatiga)

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Live #matbuot_anjumani

Ayni damda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan 2021-yilda amalga oshirilgan ishlar va 2022-yilda amalga oshirilishi belgilangan ustuvor vazifalar mavzusida matbuot anjumani bo'lib o'tmoqda.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Jizzax_kadastr
#Kadastr #korrupsiyaga_qarshi_kurashish

Kadastr agentligi Jizzax viloyati xodimlari ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish masalalariga bag'ishlangan yig'ilish bo'lib o'tdi

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #OAV_BIZ_HAQIMIZDA

Kadastr agentligi
Qashqadaryo viloyati boshqarmasi G'uzor tumani bo'limi tomonidan yer nazorati yo'nalishida qilinayotgan amaliy ishlar Nasaf telekanalining "XABARLAR" informatsion dasturida

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#yer_nazorati #noqonuniy_qurilma

YER NAZORATI

💠 Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, “Damariq” mahallasidagi Kichik halqa yo‘lida o‘zboshimcha egallangan 220kv.m yer uchastkasi va 95kv.m maydonga ega noqonuniy qurilma aniqlangan.

Aniqlangan noqonuniy qurilma egasi Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi inspektorlari tomonidan ogohlantirildi hamda tadbirkor bir necha kun o‘tib mazkur qurilmani bartaraf etdi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Сурхондарёда ўтган йил электрон аукцион орқали қарийб 5 ярим миллиард сўмлик ер майдони сотилди.

Вилоятда 2021 йил 31 декабрь ҳолатига кўра, жами 573 минг 482 та кўчмас мулк объекти ва ер майдони мавжуд бўлиб, булар якка тартибдаги уй-жойлар, кўп қаватли уйлардаги хонадонлар, бўш ер майдонлари, жисмоний ва юридик шахсларга тегишли нотурар жой объектларини ташкил этади. Ушбу объектлар “Кўчмас мулк-3” электрон маълумотлар базасига киритилган.
Андижон вилоятида 108,7 гектар ер майдонидан ноқонуний фойдаланилган.

Бу ҳақда Кадастр агентлиги ҳамда Давлат кадастрлари палатаси Андижон вилояти бошқармалари томонидан 2021 йилда амалга оширилган ишлар ҳамда 2022 йилдаги устувор вазифаларга бағишланган матбуот анжуманда маълум қилинди.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#yer_nazorati #Zangiota

⚡️QISHLOQ XO‘JALIGI YERLARI NAZORAT OSTIDA

Toshkent viloyati, Zangiota tumani, Erkin hududida olib borilgan profilaktik tadbirlar davomida "GOOD WORLD GARDEN" MCHJ tomonidan qishloq xo‘jaligi yerlarining 0,2 ga maydonida kapital qurilish ishlari olib borilgani aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida ushbu korxona masʼullari o‘z ixtiyorlari bilan qurilmani bartaraf etish ishlarini boshlab yuborishdi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
📌📌ЙИЛ ТАНЛОВИ-2021 ТАҚДИРЛАШ МАРОСИМИ

#3-ўрин «ЭНГ НАМУНАЛИ ДАВЛАТ ТАШКИЛОТИ»
Кадастр агентлиги

Ўзбекистон Республикаси Давлат солиқ қўмитаси ҳузуридаги Кадастр агентлиги томонидан 2021 йил 1 майдан бошлаб янги интеграциялашган ахборот тизимида илк бор қишлоқ хўжалиги ерларини электрон шаклда давлат рўйхатидан ўтказиш бошланди. Бугунги кунда 166,4 мингта қишлоқ хўжалиги ерларидан фойдаланувчиларнинг 23,1 млн гектар (96 %) ер майдонлари рақамлаштирилди ва электрон харитада аниқ жойи, чизмаси ва чегараси ахборот тизимига киритилди.
Қуввати 800 терабайтлик “Маълумотлар маркази” ва Жаҳон банки билан ҳамкорликда “Кадастр ва рўйхатдан ўтказиш интеграциялашган ахборот тизими” тўлиқ ва ArcGIS дастурида онлайн геопортал пилот тарзида ишга туширилди.
46 500 та Географик объектлар номлари давлат экспертизасидан ўтказилди.
Ўзбекистон Республикаси Президентининг топшириғига асосан биринчи маротаба 416 та хариталарни ўзида жамлаган 2 жилддан иборат Ўзбекистон Миллий атласи яратилди.

КУЗАТАМИЗ!

Ҳақиқий журналистлар каналига уланинг:
⬇️⬇️⬇️

Ўзбекча | O`zbekcha
#Kadastr #Yil_tanlovi_2021

Har yili an'anaviy o'tkazib kelinadigan O‘zbekistonning eng faol jurnalistlari va blogerlari eʼtirofi asosida taʼsis etilgan “Yil tanlovi” taqdirlash marosimining «ENG NAMUNALI DAVLAT TASHKILOTI» nominatsiyasida bu yil Kadastr agentligi faxrli 3-o'rinni egalladi. Ko'plab davlat idoralari orasida jurnalist hamda blogerlar tomonidan e'tirof etilish sohada haqiqatan katta o'zgarishlar bo'layotganining yaqqol isboti desak adashmaymiz.

Kadastr agentligi xalqimiz va davlat idoralari o'rtasida ko'prik vazifasini bajaruvchi ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikka va aholimiz xizmatiga har soniya tayyordir.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
⚡️KADASTR TARIXI

🔹Tarixiy jihatdan yerni hisobga olish maqsadida olib boriladigan yer uchastkalari va ularning maydonlarining chegaralarini ko‘rsatish bilan bog‘liq kadastr va kadastr ishlari paydo bo‘lishining ildizlari Qadimgi Misr (mil.av 3000 yil) davriga borib taqaladi.

🔹“Kadastr” atamasining o‘zi Rim hukmdori Avgust davridan (miloddan avvalgi 27 yil) ildiz otgan bo‘lib, unga ko‘ra, yer uchun o‘lpon undirish hisob birligi – caputigum tasdiqlangan va aholini ro‘yxatga olish – caputigum registrum joriy etilgan. Vaqt o‘tishi bilan bu so‘zlar bitta - caputastrum va keyinchalik cadastrum so‘ziga birlashdi.

🔹O‘rta asrlarda kadastr tadqiqotlari va kadastrni yuritishning asosiy tamoyillari amalda o‘zgarmadi. Faqat 1718-yildan boshlab, Rim kadastrining modelidan so‘ng, Jovanni Giakomo Marinoni triangulyatsiya va poligonometrik usullardan foydalangan holda yer chegaralarini aniqlash bilan birinchi ilmiy asoslangan kadastrni ishlab chiqdi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Davlat yer kadastrining tarkibiy qismlari:

yer uchastkalariga egalik qilish,
ulardan foydalanish,
ularga bo‘lgan mulk yoki ijara huquqlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni,
shuningdek,
servitutlarni va ushbu huquqlarga doir boshqa cheklashlarni hisobga olish;
yer miqdorini hisobga olish;
yer sifatini hisobga olish (tuproq bonitetini aniqlash);
yerni qiymat jihatidan baholash.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-iyundagi 389-son qarori

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga ajratishning ma’muriy reglamenti:

🔹yer uchastkasini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga ajratiladigan holatlar ro‘yxati;
🔹yer uchastkasini doimiy foydalanishga ajratish uchun materiallarni tayyorlash tartibi;
🔹yer uchastkasi ajratish materiallarini vakolatli organlar bilan kelishish tartibi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 543-son qarori

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
💳 Yer uchastkalariga kadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish narxi:

🏡 Yer uchastkasini ajratish bo‘yicha ish mavjud bo‘lganda, yakka tartibda turar-joy qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi Bepul;

🏡 Yer uchastkasini ajratish bo‘yicha ish mavjud bo‘lmaganda, yakka tartibda turarjoy qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi Bazaviy hisoblash miqdorining 1,25 baravari;

🚜 Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun ajratilgan yer uchastkasi Bazaviy hisoblash miqdorining 1,25 baravari;

🏢 Noturar obyektlarini qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi Bazaviy hisoblash miqdorining 1,25 baravari;

🔹Qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun ajratilgan yer uchastkasi Bazaviy hisoblash miqdorining 2,5 baravari.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 18-maydagi 306-son qarori

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr #Qaror

🇺🇿Bugun “YER UCHASTKALARINI DAVLAT VA JAMOAT EHTIYOJLARI UCHUN DOIMIY FOYDALANISHGA AJRATISHNING MA’MURIY REGLAMENTINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA”gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi VM-543-sonli qarorining mazmun-mohiyati bilan Davlat kadastrlarini yuritishda hududlar bilan ishlash boshqarmasi boshqarma boshlig'i o'rinbosari Qobil Babajanov agentlik xodimlarini tanishtirdi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt