KADASTR AGENTLIGI - RASMIY
26.4K subscribers
5.57K photos
1.05K videos
4 files
3.34K links
Rasmiy sahifalarimiz:

🌐 veb-sayt:
www.kadastr.uz

📌Instagram:
www.instagram.com/uz_kadastr/

📌Facebook:
www.facebook.com/kadastr.uz

☎️ Ishonch telefoni:
1097

📍Manzil:
Ул. Чопонота, Квартал "Ц", Tashkent, Uzbekistan

Pochta:
[email protected]
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇺🇿O'zbekiston Respublikasi Prezidenti "Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" Farmonni imzoladi.

qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari elektron onlayn auksion savdolari orqali o‘ttiz yilga ijaraga beriladi, bunda boshlang‘ich narx yer uchastkasining normativ qiymati miqdorida belgilanadi;

qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish bo‘yicha elektron onlayn auksion savdolari g‘oliblariga yer uchastkasi narxini uch yil muddatda har oyda teng ulushlarda bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat beriladi;

dehqon xo‘jaligi, yakka tartibda bog‘dorchilik, polizchilik va chorvachilikni yuritish uchun yer uchastkalarini ijaraga berish bo‘yicha elektron onlayn auksion savdolari g‘olibi bo‘lgan “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”da ro‘yxatda turgan fuqarolarga yer uchastkasi narxini besh yil muddatga teng ulushlarda foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat beriladi;

➡️ Batafsil: Uza.uz maqolasida

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🌟 Kadastr xizmatlari uchun sovuqda yurishingiz shart emas!

Yurtdoshlarimiz kadastr xizmatlaridan foydalanish uchun my.gov.uz portali orqali murojaat qilishlari mumkin.

🟢 Siz uydan chiqmagan holda:

➡️ Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga ariza yuborish;

➡️ Kadastr pasportini shakllantirish;

➡️ Fuqarolarning nomida shaxsiy uy-joyi borligi yoki yo‘qligi to'g'risidagi maʼlumotnoma olish;

➡️Bino va inshootlarni ijara shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

➡️O‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) to'g'risidagi kelishuvni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

➡️ Ko'chmas mulk bo'yicha kadastr muhandisini malaka shahodatnomasini berish

➡️ Kadastr obyektiga taqiqni tekshirish

➡️ Qurilish-montaj ishlari tugallangan ob'ektdan foydalanish uchun ruxsatnoma berish va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish

➡️ Davlat kadastr reyestridan ko'chmas mulk bo'yicha ko'chirmani tekshirish

➡️ Qishloq xo'jaligiga mo'ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirishning birlamchi miqdorini hisoblash

➡️ Yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun tanlovda ishtirok etish

Ushbu xizmatlardan 🌟Kadastr agentligining kadastr.uz hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining my.gov.uz saytlari orqali foydalanishingiz mumkin.

Shuningdek “Elektron litsenziyalash portali” orqali yuridik shaxslar

📝 Geodeziya va kartografiya faoliyatini yuritishga litsenziya olish uchun ariza berishlari mumkin.

📩 Telegram | 📩 Instagram | 📩YouTube | 📩 Facebook | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 #ishonch_raqami #1097

🌟 Kadastr xizmatiga murojaat qilmoqchisiz, ⌛️ lekin vaqtingiz yo'qmi?

Bu muammo emas!

📱1097 ishonch raqamiga qo'ng'iroq qiling va o'z murojaatingizni qoldiring.
Sizning murojaatingiz yozma murojaat bilan bir xil kuchga ega.

📲 1097 sizning xizmatingizda.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-yanvardagi PF–16-son Farmoni qabul qilindi.

Farmon bilan quyidagilar belgilandi:

🌟 Kadastr agentligining hududiy boshqarmalari boshliqlari Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;

Kadastr, geodeziya va kartografiya sohasida kadrlar tayyorlash, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini takomillashtiriladi.

➡️ Jumladan:
Kadastr sohasida oliy ta’lim muassasalari va Kadastr agentligining tizim tashkilotlari bilan hamkorligi yo‘lga qo‘yiladi hamda quyidagi 10 ta oliy ta’lim muassasalari kafedralarning amaliyot filiallarini ochiladi:

1. “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti;
2. O‘zbekiston milliy universiteti;
3. Toshkent davlat texnika universiteti;
4. Termiz muhandislik-texnologiya instituti;
5. Guliston davlat universiteti;
6. Qoraqalpoq davlat universiteti;
7. Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti;
8. Farg‘ona politexnika instituti;
9. Urganch davlat universiteti;
10. Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti.


➡️ Batafsil: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-yanvardagi PF–16-son Farmonida

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев Хитой халқининг қаҳрамонлари хотирасига эҳтиром кўрсатди

Президент Шавкат Мирзиёев почтил память народных героев Китая

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Олий даражадаги музокаралардан сўнг икки томонлама ҳужжатларни имзолаш маросими бўлиб ўтди. Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев ва Хитой Халқ Республикаси Раиси Си Цзиньпин Қўшма баёнот имзоладилар.

По итогам переговоров на высшем уровне состоялась церемония подписания двусторонних документов. Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев и Председатель Китайской Народной Республики Си Цзиньпин подписали Совместное заявление.

#Mirziyoyev #tashrif #Xitoy #hujjatlar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿#ijtimoiy_rolik

🌍Yer olishda firibgarlarga aldanib qolmaslik uchun ushbu video rolikni tomosha qiling.

❗️Yer sotishni vada qilayotgan firibgarlarga duch kelsangiz huquqni muhofaza qilish organlariga yoki Bosh prokuraturaning 1007 ishonch telefoniga qo'ng'iroq qiling.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 #aholi_manfaatlari_uchun

🌟 KADASTR XIZMATI HAQIDA AHOLI QANDAY FIKRDA

🌟 Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi va uning tuman filiallari tomonidan ko‘rsatilayotgan kadastr xizmatlaridan aholi qanchalik mamnun?

🤝 Loyihamizning navbatdagi sonida “Kadastr xizmati inson manfaatlari yo‘lida” rukni ostida aholi va tadbirkorlarga ko‘rsatilayotgan kadastr xizmatlarini yanada yaxshilash maqsadida murojaatchilarning munosabatlari, fikrlari va takliflari bilan tanishib olishingiz mumkin.

➡️Batafsil videoda

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 #Sayyor_qabul

📣 DIQQAT EʼLON

🟢 Hurmatli Andijon viloyati fuqarolari hamda tadbirkorlari ❗️

➡️ Aholining 🌟 Kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Andijon viloyati aholisi uchun sayyor qabul o‘tkaziladi.

📄 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bo‘yicha va kadastr bilan bog‘liq boshqa muammolaringiz bo‘lsa, joriy yilning 31-yanvar kuni soat 14:00 dan boshlab sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

➡️ Sayyor qabul 🌟 Kadastr agentligi direktorning o'rinbosari M.S.Mirmaksudov boshchiligida bo‘lib o‘tadi.

📍Manzil: Andijon viloyati Qo'rg'ontepa tumani A.Jomiy MFY Andijon ko'chasi Abu Ali Ibn Sino nomida tibbiyot texnikumi majlislar zali

☎️ Murojaat uchun: (74) 224-20-25, 91-497-20-20

📩 Telegram | 📩 Instagram | 📩YouTube | 📩 Facebook | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Йиғилишда аҳоли учун қулай инфратузилма, сифатли таълим ва тиббий хизматлар, юқори даромадли иш ўринлари ҳамма шаҳарларда ҳам бирдек ривожланмаётгани кўрсатиб ўтилди.

Мутасаддилар аҳоли пунктларининг бош режалари ва батафсил режалаштириш лойиҳаларини ишлаб чиқишни ўз ҳолига ташлаб қўйгани танқид қилинди.

Бош режаси бор ҳудудларда ҳам қурилиш ишлари пала-партиш ташкил этилмоқда, Қурилиш вазирлигида буни назорат қиладиган тизим ишламаяпти, деди давлатимиз раҳбари.

Шунингдек, айрим жойларда ноқонуний қурилишлар аниқланмоқда. Ўтган йилнинг ўзида 4 мингга яқин бундай ҳолат аниқланган.

Шунингдек, сўнгги икки йилда кўп қаватли уйларга туташ майдонларда 7 мингдан ортиқ ўзбошимча қурилиш бўлган, яна 5 мингта ҳолатда умумий фойдаланишдаги жойларни тўсиб олинган.

Ҳудудларда, айниқса, Тошкент шаҳрида кўп қаватли уйлар атрофида ноқонуний автомобиллар учун тўхташ жойлари қилиб, “блокатор”лар ўрнатиш авж олмоқда.

Умуман, кўчаларнинг ягона қиёфасига амал қилиш тизими йўқлиги, масалан, турли услубдаги бинолар ёнма-ён қурилиб, шаҳарларнинг архитектура қиёфаси бузилаётгани қайд этилди.

Facebook|Instagram|X
Йиғилишда ўзбошимчалик билан ва ноқонуний қурилган объектларни тартибга олиш бўйича мутлақо янги тизим жорий қилиниши белгиланди.

Бунда, Қурилиш вазирлиги, Кадастр агентлиги ва “Ўзбеккосмос” бошчилигида республика комиссияси тузилади.

Комиссия мунтазам равишда ҳудудларнинг аэро ва космик суратларини олиб, таҳлил қилади ва олдинги суратлар билан тафовутларни аниқлайди ва ноқонуний қурилишлар рўйхатини шакллантиради.

Қурилиш вазирлигига вилоят ҳокимлари билан бирга жорий йилда 170 та, келаси йилда эса камида 300 та шаҳар ва шаҳарчанинг бош режасини ишлаб чиқишга топшириқ берилди.

Шунингдек, ҳар бир ишлаб чиқилган режани аҳоли билан муҳокама қилиш ва ижроси бўйича жамоатчилик назоратини ўрнатиш муҳимлиги таъкидланди.

Бунинг учун “Менинг ҳудудим” платформаси ишга туширилиб, шаҳарсозлик ҳужжатларини ишлаб чиқишда жамоатчилик фикрини ўрганиш ва овоз бериш механизмини жорий қилиш топширилди.

Facebook|Instagram|X