KADASTR AGENTLIGI - RASMIY
26.6K subscribers
5.55K photos
1.05K videos
4 files
3.32K links
Rasmiy sahifalarimiz:

🌐 veb-sayt:
www.kadastr.uz

📌Instagram:
www.instagram.com/uz_kadastr/

📌Facebook:
www.facebook.com/kadastr.uz

☎️ Ishonch telefoni:
1097

📍Manzil:
Ул. Чопонота, Квартал "Ц", Tashkent, Uzbekistan

Pochta:
[email protected]
Download Telegram
Ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasporti quyidagi hollarda rasmiylashtiriladi yoki qayta rasmiylashtiriladi:

🔹ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi xatlov ishlari bajarilganda;

🔹ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda yoki yer uchastkasi alohida bo‘linganda (bunda ikki qismga alohida kadastr pasporti shakllantiriladi);

🔹qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari xususiylashtirilgandan so‘ng ularning bir qismiga bo‘lgan huquq boshqa shaxsga o‘tganda;

🔹yer uchastkasining maydoni yoki chegara nuqtalari o‘zgarganda;

🔹ko‘chmas mulk obyektining manzilini belgilashda yoki o‘zgartirishda;

🔹ko‘chmas mulk obyektining toifasi o‘zgarganda;

🔹o‘z yer uchastkasida tegishli ruxsatnomalarni rasmiylashtirmasdan qurilgan bino va inshootlar mavjud bo‘lganda.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
⚡️ 18-mart kuni soat 15:00 da Navoiy shahri "Yoshlar markazi" binosida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.

Mavzu: Meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida dehqon xo‘jaliklarining ulushini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Prezident qarori (PQ-20-son, 23.11.2021 y.) mazmun-mohiyati.

📌Ishtirok etadi:

Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyat boshqarmasi boshlig'i M.Nosirov

Davlat ro'yxatidan o'tkazish bo'lim boshlig'i J.Olimov

Navoiy viloyat yer loyiha bo'linmasi boshlig'i A.Shovqiyev

📲 Matbuot anjumani translyatsiyasini ijtimoiy tarmoqlarda YouTube va Facebookdagi sahifalarimiz orqali JONLI tomosha qiling.

👉 Ushbu matbuot anjumaniga barcha ommaviy axborot vositalari xodimlarini, mustaqil jurnalist va blogerlarni taklif qilamiz !

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr #VM_71

▫️Yerga oid munosabatlar▫️

🟩 Yer uchastkalarini xususiylashtirish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibi

📖 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14.02.2022 yildagi 71-qarori bo‘yicha ma’lumot.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #OAV_BIZ_HAQIMIZDA

⚡️Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish hamda uni amalga oshirish tartibi yuzasidan Nurafshon shahrida seminar bo‘lib o‘tdi

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💥2022-yilning kutilayotgan voqeasi - I Toshkent xalqaro investitsiya forumi

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
FUQAROLAR HAMDA TADBIRKORLAR DIQQATIGA!

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali Kadastr agentligining O‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) to‘g‘risidagi kelishuvni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish xizmatidan foydalanish uchun online ariza yuborishingiz mumkin.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr_agentligi #ishonch_raqami #1097

🏢 Kadastr xizmatiga murojaat qilmoqchisiz, 🕐 lekin vaqtingiz yo'qmi?

Bu muammo emas!

📱1097
ishonch raqamiga qo'ng'iroq qiling va o'z murojaatingizni qoldiring.
Sizning murojaatingiz yozma murojaat bilan bir xil kuchga ega.

☎️ 1097 sizning xizmatingizda.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr #Sayyor_qabul

DIQQAT E’LON!

Hurmatli Xorazm viloyati fuqarolari hamda tadbirkorlari!


🏢 Aholining kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Xorazm viloyati Xonqa tumani sayyor qabul o‘tkaziladi.

📝 Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va kadastr bilan bog‘liq boshqa muammolaringiz bo‘lsa, joriy yilning 25-mart kuni soat 10-00 dan boshlab sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

📌 Sayyor qabul Kadastr agentligi direktori o‘rinbosari Mirmaksudov Mirsaid Sadikovich boshchiligida bo‘lib o‘tadi.

📍Manzil: Xorazm viloyati Xonqa tumani Xonqa shaharchasi “Ezgulik” mahallasi “Bobur” ko‘chasi 38-uy (7-sonli Musiqa va san'at maktabi)

‼️Sayyor qabulga kelish istagida bo‘lgan yurtdoshlarimizdan karantin qoidalariga rioya qilgan holda tashrif buyurishlarini so‘rab qolamiz.

📝 Murojaat uchun: +998622246705

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
"Inson qadrini ulug'lash va faol mahalla" yilida kadastr tizimi xodimlari tomonidan har bir murojaat e'tibor bilan vakolat doirasida o'rganib chiqilmoqda.

🏢Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasiga joriy yilning o'tgan davr mobaynida O'zbekiston Respublikasi Prezidenting Virtual va Xalq qabulxonalari orqali 245 ta murojaatlar kelib tushdi.

🟢 Ushbu murojaatlarning 156 tasi ijobiy hal etildi,

🟡 60 tasiga tushuntirish berildi,

🔴29 tasi esa o'rganish jarayonida.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr #Foydali_malumot

Har bir Kadastr pasporti quyidagi muddatlarda tayyorlab beriladi😊

1️⃣ ko‘chmas mulk obyektlarining turar joyga oid qismi bo‘yicha:

🏢ko‘p kvartirali uydagi kvartira — 3 ish kunigacha;

🏠yakka tartibdagi turar joy — 5 ish kunigacha;

2️⃣ ko‘chmas mulk obyektlarining noturar joyga oid qismi bo‘yicha:

🔹umumiy maydoni 100 kv.M. gacha — 5 ish kunigacha;

🔹100 kv.M dan 1 000 kv.M. gacha — 7 ish kunigacha;

🔹1 000 kv.M dan 5 000 kv.M. gacha — 10 ish kunigacha;

🔹5 000 kv.M dan 15 000 kv.M. gacha — 15 ish kunigacha;

🔹15 000 kv.M dan 50 000 kv.M gacha — 20 ish kunigacha;

🔹50 000 kv.M dan ortiq — 25 ish kunigacha;

🔸ajratilgan yer uchastkalari bo‘yicha — 3 ish kunigacha.

‼️ Kadastr pasporti yo‘qolganda yoki yaroqsiz holga kelganda, qog‘oz yoki plastik shaklda yangi kadastr pasporti 2 ish kuni mobaynida beriladi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr #Aerogeodeziya #Seminar

🛬Respublika aerogeodeziya markazi Qoraqalpog'iston Respublikası bo'linmasi tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 23-aprel kungi 299-sonli qarorıga asos yerlarni xatlovdan o'tkazishda aerosuratdan foydalangan holda dala o'quv seminari tashkil etildi.

📊Bundan ko'zlangan maxsad dala maydonlarida bajariladigan deshefrovka ma'lumotlarin ArcGIS dasturi orqali qishloq xo'jalik xaritalarin yaratishda yo'l qóyiladigan xato va kamchiliklarning oldini olish hamda mutahassislarning tajribalarini oshirish.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr #Geodeziya_nazorati

🔰Kadastr agentligining Geodeziya nazorati boshqarmasi tomonidan 2022-yilning o‘tgan davri mobaynida geodeziya va kartografiyaga oid 35 ta texnik loyiha, 16 ta texnik hisobot ekspertizadan o‘tkazildi.

♦️Geodeziya va kartografiya materiallarni Davlat geodeziya va kartografiya fondidan olish uchun yil boshidan 15 ta ruxsatnoma rasmiylashtirildi.

♦️Joriy yilda licenses.uz xabardor etish tizimi orqali 25 ta geodeziya va kartografiya faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarga ruxsat berildi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
⚡️Ўзбекистон Республикаси Давлат солиқ қўмитаси ҳузуридаги Кадастр агентлиги марказий аппарати вакант лавозимларига очиқ танлов эълон қилинди

Президент ҳузуридаги Давлат хизматини ривожлантириш агентлиги, Ўзбекистон Республикаси Давлат солиқ қўмитаси ҳузуридаги Кадастр агентлиги билан ҳамкорликда қуйидаги вакант лавозимларга очиқ мустақил танлов эълон қилади:

▪️ Миллий геоахборот ва давлат кадастрларини ягона тизимини мувофиқлаштириш бўлими бош мутахассиси

▪️ Миллий геоахборот ва давлат кадастрларини ягона тизимини мувофиқлаштириш бўлими бош мутахассиси.


▶️ Танловда иштирок этиш учун номзодлар Давлат фуқаролик хизматчилари вакант лавозимларининг ягона очиқ портали орқали рўйхатдан ўтишлари, вакант бўлган лавозимга сўралган ҳужжатларни электрон шаклда тақдим этишлари лозим.

❗️Ҳужжатлар 2022 йил 28 мартгача (шу куни ҳам) қабул қилинади.

▪️ Ҳужжатларни электрон юбориш тартиби бўйича видеоқўлланма

▪️ Ягона идентификация тизими — id.egov.uz'дан рўйхатдан ўтиш бўйича видеоқўлланма

Порталнинг расмий каналиhttps://t.iss.one/uz_kadastr
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Navro_z #2022 #Bahor #Tabrik

🌷Navroʻz – yashnash, yosharish bayrami, tabiatning uygʻonishi bilan bogʻliq yangi kunning boshlanishidir. Kadastr agentligi jamoasi sizni, 21-mart Navro‘z ayyomi bilan samimiy muborakbod etadi. Sizga va oilangizga tinchlik, qut baraka, sog‘lik salomatlik tilab qolamiz💐

Navro'zi olam muborak bo'lsin aziz yurtdoshlar.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
💳 Yer uchastkalariga kadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish narxi:

🏡 Yer uchastkasini ajratish bo‘yicha ish mavjud bo‘lganda, yakka tartibda turar-joy qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi Bepul;

🏡 Yer uchastkasini ajratish bo‘yicha ish mavjud bo‘lmaganda, yakka tartibda turarjoy qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi Bazaviy hisoblash miqdorining 1,25 baravari;

🚜 Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun ajratilgan yer uchastkasi Bazaviy hisoblash miqdorining 1,25 baravari;

🏢 Noturar obyektlarini qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi Bazaviy hisoblash miqdorining 1,25 baravari;

🔹Qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun ajratilgan yer uchastkasi Bazaviy hisoblash miqdorining 2,5 baravari.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 18-maydagi 306-son qarori

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt