KADASTR AGENTLIGI - RASMIY
26.1K subscribers
5.68K photos
1.08K videos
4 files
3.39K links
Rasmiy sahifalarimiz:

🌐 veb-sayt:
www.kadastr.uz

📌Instagram:
www.instagram.com/uz_kadastr/

📌Facebook:
www.facebook.com/kadastr.uz

☎️ Ishonch telefoni:
1097

📍Manzil:
Ул. Чопонота, Квартал "Ц", Tashkent, Uzbekistan

Pochta:
[email protected]
Download Telegram
#mini_futbol #kadastr

⚽️ MINI FUTBOL-2023 ga start berildi.

🟢 Oldin xabar berganimizdek 22-26-avgust kunlarida bo'lib o'tishi rejalashtirilgan 🌟Kadastr agentligi tizim tashkilotlari xodimlari ishtirokida "MINI FUTBOL-2023" musobaqasiga start berildi.

Guruh o'yinlarining birinchi kungi natijalari bilan infografika orqali tanishib olishingiz mumkin.

➡️ Musobaqaning birinchi 3 kunida guruh o'yinlari o'tkaziladi.

Barcha ishtirokchilarga omad tilab qolamiz!!!

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #tayinlov #tabrik

📣TAYINLOV

🇺🇿 Urunbayev Sardor Nurmuratovich 🌟Kadastr agentligining 💫Davlat kadastrlari palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

😄Sardor Nurmuratovich – 1988-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanida tug‘ilgan. 2012-yilda Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutini tamomlagan.

😄Tayinlovga qadar, Beruniy tumani hokimining qishloq va suv xo'jaligi masalalari bo'yicha o'rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #Aerogeodeziya

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-apreldagi 299-sonli qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida 🌟Kadastr agentligining ⭐️Respublika aerogeodeziya markazi Farg’ona hududlararo bo'linmasi hodimlari tomonidan Farg’ona viloyati Bag’dod tumanida xatlovdan o‘tkazish ishlari olib borilmoqda.

Bag’dod tumanida 31 ta ma’muriy-hududiy birliklar chegaralari muvjud bo‘lib, shundan 1 ta shahar, 20 ta shaharcha va 10 ta qishloqlarni tashkil etadi. Tumanda ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash ishlarida qishloq va shaharchalar chegaralari aniqlanib, xaritalari va chegara tavsifi tayyorlanmoqda.

Xozirda 12 ta hududdagi jami 33381 gektar yer maydonlarining 30857 gektarida deshifrovka ishlari bajarildi va 96 nafar yerdan foydalanuvchi va boshqa qishloq xo‘jalik korxonalarining yer maydonlari xatlovdan o‘tkazildi.

Xatlov ishlari davomida 8 ta holatda jami 4,24 gektar, shundan 2,8 gektar qishloq xo’jaligi va 1,44 gektar qishloq xo'jaligida foydalanilmaydigan boshqa yer maydonlarida o’zgarishlar aniqlanib, qonuniyligi o'rganilmoqda.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #matbuot_anjuman #Andijon

🟢Andijon viloyat boshqarmalari tomonidan 2023-yilning 7 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar tahlili.

O‘tgan yilning mos davriga nisbatan murojaatlar soni 269 taga kamaygan.

➡️Batafsil o'qish uchun

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#mini_futbol #kadastr

⚽️ "MINI FUTBOL-2023" sport musobaqasining 2-kuni yakuniga yetdi.

Guruh o'yinlarining ikkinchi kungi natijalari bilan infografika orqali tanishib olishingiz mumkin.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr_agentligi #Qonunchilikdagi_yangiliklar

🏙 Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchilarning malakasini oshirish tartibi belgilandi

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori (409-son, 22.08.2023 y.) bilan Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchilarning malakasini oshirish va ularni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi

📄 Nizomga ko‘ra, ro‘yxatdan o‘tkazuvchilarning malakasini oshirish (har 3 yilda kamida bir marta) 🌟Kadastr agentligining Toshkent geodeziya va kartografiya kolleji Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi tomonidan amalga oshiriladi.

Shunga ko‘ra, 🌟Kadastr agentligining 💫Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalari malaka oshirish muddati kelishidan 15 kun oldin Markazga xat yuboradi.

📆 Markaz xat kelib tushgan kundan 5 kun ichida ro‘yxatdan o‘tkazuvchini malaka oshirish kursiga qabul qiladi yoki uni rad etadi.

❗️O‘quv kurslarining eng ko‘p hajmi 72 soatni tashkil qiladi.

📄 Kurslar tamomlangach, ro‘yxatdan o‘tkazuvchilar test sinovidan o‘tkazilib, testdan muvaffaqiyatli o‘tganlarga sertifikat beriladi.

Malaka oshirish davrida ro‘yxatdan o‘tkazuvchilarning ish joyi bo‘yicha o‘rtacha ish haqi va lavozimi saqlanadi.

📌 Bundan tashqari, ro‘yxatdan o‘tkazuvchilar har 3 yilda bir marta attestatsiyadan o‘tkaziladi (suhbat shaklida).

OTMni tugatgan va egallagan mutaxassislik bo‘yicha birinchi marta ishga kirgan shaxslar, agar ular mazkur mutaxassislik bo‘yicha 2 yildan kam ishlagan bo‘lsa, attestatsiyadan o‘tkazilmaydi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM