KADASTR AGENTLIGI - RASMIY
26.7K subscribers
5.55K photos
1.05K videos
4 files
3.31K links
Rasmiy sahifalarimiz:

🌐 veb-sayt:
www.kadastr.uz

📌Instagram:
www.instagram.com/uz_kadastr/

📌Facebook:
www.facebook.com/kadastr.uz

☎️ Ishonch telefoni:
1097

📍Manzil:
Ул. Чопонота, Квартал "Ц", Tashkent, Uzbekistan

Pochta:
[email protected]
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #korrupsiyaga_qarshi_birgalikda_kurashamiz

Korrupsiya bu - davlat va jamiyatning rivojiga, xalqning adolatga bo‘lgan ishonchiga jiddiy putur yetkazadigan xavfli jinoyatdir.

Shu sababdan ham Kadastr agentligi sizlarni Korrupsiya illatiga qarshi kurashishga chorlaydi.

Agarda siz kadastr sohasida o‘z mansabini suiisteʼmol qilish va korrupsiyaga qo‘l urish holatlarini sezsangiz Kadastr agentligining 📞 1097 ishonch telefoni orqali xabar bering.

📌Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #matbuot_anjumani

🌟 Kadastr agentligi tizimida o‘tgan olti oyda amalga oshirilgan ishlar sarhisobiga bag‘ishlangan matbuot anjumani

⁉️Savol. Ko‘pincha fuqarolar hali qurilishi boshlanmagan uylarga to‘lov qilmoqda. Bunday uylarning keyinchalik kadastr bilan bog‘liq muammolari paydo bo‘ladi. Mana shu jarayonga agentlik nega ko‘z yumib kelmoqda?

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #Foydali_malumot

⚡️O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-113-son Farmoniga muvofiq Kadastr bilan bog'liq 8 turdagi davlat xizmatlarini YaIDXM (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali)da elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talab etilmaydi.

📌 Bular quyidagilar:

🔸 Fuqaroning nomida shaxsiy uy-joyi borligi yoki yo‘qligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma berish.
🔸 Bino va inshootlarning ijara shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish.
🔸 O‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) to‘g‘risidagi kelishuvni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish.
🔸 Yakka tartibda uy-joy qurishga (rekonstruksiya qilishga) loyiha-smeta hujjatlarini kelishish.
🔸 Bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishish.
🔸 Qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish (yakka tartibdagi uy-joy qurish obyekti uchun).
🔸 Qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish (yakka tartibda uy-joy qurish obyekti bo‘lmagan obyekt uchun).
🔸 Ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasportini berish.

📃Farmonni batafsil o'qish uchun

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #Foydali_malumot

⚡️ Necha turdagi kadastr pasporti borligi haqida bilasizmi ?

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #bilib_oling

⁉️ Xususiylashtirilgan yer menga qanday foyda keltiradi va eng asosiysi snos qilinishi mumkinmi?

💠 Qonunchilikda davlatga tegishli yerlar yoki boshqa shaxslar foydalanishida bo‘lgan yerlar olib qo‘yilishi nazarda tutiladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi 2022-yil 14-fevral kunidagi 71-sonli O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqidagi qaroriga asosan siz yeringizga nisbatan mulk huquqini olishingiz bilan (xususiylashtirish orqali) davlat shunchaki sizga tegishli bo‘lgan yerni olib qo‘ya olmaydi.

🔷 Agar yer uchastkasi davlat ehtiyojiga kerak bo‘lsa, sizdan bozor narxida, shartnoma asosida sotib olishi mumkin. Sizdan davlat yeringizni kelishilgan narxda sotib olsagina, yer davlatga o‘tadi. Yer “snos”ga tushib ketmaydi. Bu – mulk huquqining kafolatlanishi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #OAV_BIZ_HAQIMIZDA

Yangi Toshkent hududini "E-auksion" platformasi orqali sotish va ijaraga berish jarayonlarida xaridorlar huquqlari himoyalanadimi?

Ushbu savolga 🌟Kadastr agentligi direktori o‘rinbosari Mirsaid Mirmaqsudov javob berdi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #Sayyor_qabul

📣 DIQQAT EʼLON 📣

🟢 Hurmatli Sirdaryo viloyati fuqarolari hamda tadbirkorlari ❗️

➡️ Aholining 🌟Kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Sirdaryo viloyati aholisi uchun sayyor qabul o‘tkaziladi.

📄 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bo‘yicha va kadastr bilan bog‘liq boshqa muammolaringiz bo‘lsa, joriy yilning 28-iyul kuni soat 10:00 dan boshlab sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

➡️ Sayyor qabul 🌟Kadastr agentligi direktor o'rinbosari A.X.Abdullayev boshchiligida bo‘lib o‘tadi.

📍Manzil: Sirdaryo viloyati, Guliston tuman, Yoshlar Markazi binosi.

📍 Lokatsiya

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #OAV_BIZ_HAQIMIZDA

🌟 Kadastr agentligi hisoboti. 6 oy davomida ijobiy o‘zgarishlar nimalarda aks etdi?

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #VM_543

Yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga ajratishning ma’muriy reglamenti:

🔹yer uchastkasini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga ajratiladigan holatlar ro‘yxati;
🔹yer uchastkasini doimiy foydalanishga ajratish uchun materiallarni tayyorlash tartibi;
🔹yer uchastkasi ajratish materiallarini vakolatli organlar bilan kelishish tartibi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 543-son qarori

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #huquqiy_axborot

⚖️ Yer uchastkalarini oʼzboshimchalik bilan egallab olish jinoiy javobgarlikka olib keladi.

🇺🇿Oʼzbekiston Respublikasining Jinoyat Kodeksining 229-1-moddasiga asosan;

🌍 Yer uchastkalarini oʼzboshimchalik bilan egallab olish, shu jumladan ushbu yer uchastkalariga nisbatan qonuniy huquqlari mavjud boʼlmagan holda ulardan foydalanish, xuddi shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʼllanilganidan keyin sodir etilgan boʼlsa, BHMning 300 baravaridan 400 baravarigacha miqdorda jarima yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 1 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 1 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

📌 Batafsil o'qish uchun

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #Foydali_malumot

🏢Ko‘p kvartirali uylarning yerto‘lasini foydalanishga berish tartibi

📌 Yerto‘la yoki uning bir qismini yerto‘ladan foydalanuvchiga berish ko‘p kvartirali uydagi joylar mulkdorlari umumiy yig‘ilishining qarori asosida amalga oshiriladi.

📝 Jismoniy va yuridik shaxslar yerto‘lani foydalanishga olish uchun ko‘p kvartirali uyni boshqarish organiga yozma ravishda murojaat qiladi.

Ko‘p kvartirali uyning yerto‘lasida quyidagi faoliyat turlari bilan shug‘ullanishga yo‘l qo‘yiladi:

🔸oziq-ovqat va noziq-ovqat tovarlari bilan savdo qilish (do‘konlar, kioskalar, do‘konchalar va boshqalar);

🔹 maishiy xizmat ko‘rsatish (sartaroshxonalar, poyabzal tikish va taʼmirlash, optika, soat sozlash ustaxonalari, tikuvchilik va kashtachilik, atelye);

🔸umumiy ovqatlanish (restoranlar, kafe, kafeteriylar, muzqaymoq va chanqovbosdi ichimliklar barlari, gazakxonalar);

🔹bank xizmatlari ko‘rsatish (banklarning bo‘limlari va valyuta almashtirish punktlari);

🔸aloqa xizmatlari ko‘rsatish (pochta bo‘limi) va kuryerlik faoliyati;

🔹gazetalar, jurnallar va kitob mahsulotlari bilan savdo qilish;

🔸 bijuteriya va jevaklarni tayyorlash va taʼmirlash;

🔹 gulchambarlar, sunʼiy gullar va gul marjonlarini tayyorlash;

🔸 rassomchilik va haykaltaroshlik;

🔹 xizmat ko‘rsatish va tadbirkorlarning ofislari hamda idoralari;

🔸video va fotosuratga olish hamda kompyuter xizmatlari;

🔹tarjima va tahrir xizmatlari;

🔸 dizayn, chizmachilik-grafika xizmatlari;

🔹 kiyim-kechak va idishlarni ijaraga berish xizmati;

🔸rieltorlik faoliyati;

🔹 gazlamalarga naqshlar solish, trafaretli bosma va qo‘lda rasm chizish xizmatlari;

🔸 jismoniy tarbiya va sport muassasalari faoliyati;

🔹 davlat tashkilotlarini joylashtirish;

🔸sug‘urta tashkilotlarini joylashtirish.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 648-son qarori

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #huquqiy_axborot

⚡️Xususiylashtirilgan yer uchastkalariga bo‘lgan xususiy mulk huquqi davlat tomonidan himoya qilinadi

🔹Qonunchilikka muvofiq, хususiylashtirilgan yer uchastkasiga bo‘lgan xususiy mulk huquqi unga bo‘lgan huquq Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestriga tegishli ma’lumotlarni elektron tarzda kiritish orqali davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran yuzaga keladi.

📌Xususiylashtirilgan yer uchastkalariga bo‘lgan xususiy mulk huquqi daxlsizdir va qonunga muvofiq davlat tomonidan himoya qilinadi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #matbuot_anjumani

🌟 Kadastr agentligi tizimida o‘tgan olti oyda amalga oshirilgan ishlar sarhisobiga bag‘ishlangan matbuot anjumani

⁉️Savol. Hech kimga ziyoni tegmayotgan uylarni buzish kerakligi aytilayapti. Mana shunday uylarni qonuniylashtirish imkoni bormi?

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #seminar

🌟 Kadastr agentligi tashabbusi bilan o'tkazilayotgan “Davlat organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlashda jamoatchilik bilan aloqalar texnologiyalari” mavzusidagi seminar-trening Samarqandda o'z ishini boshladi.

🧊 Seminar 27-29 iyul kunlari bo'lib o'tadi.

➡️Unda 🌟Kadastr agentligi hamda 💫Davlat kadastrlari palatasining Samarqand, Jizzax, Navoiy va Namangan viloyati tuman, shahar filiallari rahbarlari ishtirok etmoqda.

🗣Seminar davomida tinglovchilarga:

Tashkilot rahbarining individual imiji va korporativ imij komponentlari;
Hududiy media pul yaratish va ular bilan samarali ishlash imkoniyatlari;
Zamonaviy media muhit va axborot isteʼmoli;
Maqsadli auditoriyani aniqlash va u bilan ishlash usullari;
Provakatsion savollar va holatlarga qanday javob berish va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha nazariy hamda amaliy bilimlar beriladi, shuningdek, kadastr faoliyati bilan bog‘liq keyslar tahlil qilinadi.

➡️Ma'lumot uchun: mazkur seminar-trening 12-14 iyul kunlari Farg'ona viloyatida boshlangan va butun respublika bo'ylab o'tkazilishi rejalashtirilgan.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM