KADASTR AGENTLIGI - RASMIY
26.2K subscribers
5.81K photos
1.1K videos
4 files
3.45K links
Rasmiy sahifalarimiz:

🌐 veb-sayt:
www.kadastr.uz

📌Instagram:
www.instagram.com/uz_kadastr/

📌Facebook:
www.facebook.com/kadastr.uz

☎️ Ishonch telefoni:
1097

📍Manzil:
Ул. Чопонота, Квартал "Ц", Tashkent, Uzbekistan

Pochta:
[email protected]
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #yer_nazorati

Kadastr agentligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi tomonidan 1-martga qadar yer nazorati yo'nalishida olib borgan ishlari haqida qisqacha ma'lumotli videorolik.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr #OAV_BIZ_HAQIMIZDA

📝 Xorazmda oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yerlarga qanday chora ko'rildi?

Kadastr agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi 2022-yilning dastlabki 2 oyi davomida aniqlangan yer qonunchiligi buzilishi bilan bogʻliq holatlar haqida axborot berdi.

https://kun.uz/uz/89316428
Кадастрлар палатасига 1896 та мурожаат келиб тушган

Давлат кадастрлари палатаси ва унинг ҳудудий бошқармаларига аҳолидан 2022 йил 7-11 март кунларида жами 1896 та мурожаат келиб тушган.

👉 https://effect.uz/1830

🌐 EFFECT.UZ веб-сайтининг ижтимоий тармоқлардаги саҳифаларига аъзо бўлинг!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Sport
FUQAROLARGA DEHQON XO‘JALIGIDA FOYDALANISHLARI UCHUN YER MAYDONLARI AJRATIB BERILDI

🇺🇿
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-noyabr kunida 20-son Qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 24-noyabr 2021-yildagi “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 709-sonli qarori qabul qilingan.

🔰Ushbu qaror ijrosini taʼminlash maqsadida hozirgi kunda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi va “O‘zdavyerloyiha” DILI Surxondaryo viloyati boshqarmasi hamda mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda kuni kecha Qumqo‘rg‘on tumani Bobotog‘ va Bobolochin mahallasida E-ijara AAT orqali tanlovda g‘olib bo‘lgan fuqarolarga lotlar bo‘yicha bo‘lingan yer uchastkalarini o‘lchab berilib davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi haqida rasmiy hujjatlar topshirildi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
FARG'ONADA KADASTR BO'YICHA NAZORAT QANDAY?!

🔰Kadastr
agentligi Farg‘ona viloyati boshqarmasi tomonidan 01.01.2022 yildan 14.03.2022 yilga qadar 454 ta ma’muriy huquqbuzarlikka oid ishlar ko‘rib chiqilgan.

📌Jumladan,

🔹Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 60-moddasi 2-qismi bilan 63 ta, 60-moddasi 3-qismi bilan 5 ta, 601-modda bilan 2 ta, 68-modda 1-qismi bilan 185 ta, 681-modda bilan 199 tani tashkil etadi.

📄Ko‘rib chiqilgan ma’muriy ishlar bo’yicha 1 milliard 265 million 685 ming so‘m ma’muriy jarimalar qo‘llanilgan.

📋Qo‘llanilgan jarimalarning 360 million 634 ming so‘mi undirildi. 13 ta holatda 60-modda 2 qismi bilan qo‘llanilgan ma’muriy huquqbuzarlik huquqbuzarlar tomonidan bartaraf etilganligi sababli, Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 271-moddasi bilan tugatilib, egallab olingan yer maydonlari tuman zaxirasiga qaytarildi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr #Xalqaro_uchrashuv

🌐Ayni damda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Osiyo va Tinch okeani iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESCAP) boshchiligida “Markaziy Osiyoda Yer ma’lumotlari uchun geofazoviy va statistik ma’lumotlardan kompleks foydalanish bo‘yicha ekspertlar guruhi yig‘ilishi” bo‘lib o‘tmoqda.

🔰Tadbirdan ko‘zlangan maqsad – yer axborot tizimlarini rivojlantirishga urg‘u berish, geofazoviy va statistik ma’lumotlardan integratsion holda foydalanish bo‘yicha Markaziy Osiyo davlatlarining institutsiional salohiyatini oshirish hamda idoralararo institutsional hamkorlikni rivojlantirish hisoblanadi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #OAV_BIZ_HAQIMIZDA

Aholiga dehqon xo'jaligini yuritish uchun yer berilish va davlat ro'yhatidan o'tkazish ishlari

Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmalari tomonidan o'tkazilgan matbuot anjumani Namangan telekanalining "Diyor yangiliklari" informatsion dasturi nigohida.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
SAMARQAND VILOYATIDAGI VAKANT LAVOZIMLARGA OCHIQ TANLOV E'LON QILINDI.

Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Samarqand viloyati filiali bir qator tashkilotlar bilan hamkorlikda quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov eʼlon qiladi:

🔸Davlat kadastrlar palatasi Samarqand viloyati boshqarmasi:

📌Samarqand tuman filiali - Davlat kadastrlari yagona tizimi mutaxassisi;

📌Samarqand tuman filiali - Yerlarni auksionga chiqarish mutaxassisi;

📌Toyloq tuman filiali - Yer kadastri mutaxassisi;

📌Nurobod tuman filiali - Davlat kadastrlari yagona tizimi mutaxassisi;

📌Nurobod tuman filiali - Yer kadastri mutaxassisi;

📌Ishtixon tuman filiali - Yerlarni auksionga chiqarish mutaxassisi;

📌Ishtixon tuman filiali - Yer kadastri mutaxassisi;

📌Narpay tuman filiali - Davlat kadastrlari yagona tizimi mutaxassisi;

📌Bulung‘ur tuman filiali - Yer kadastri mutaxassisi;

📌Bulung‘ur tuman filiali - Filial boshlig‘i;

📌Oqdaryo tuman filiali - Davlat kadastrlari yagona tizimi mutaxassisi;

📌Kattaqo‘rg‘on shahar filiali - Yer kadastri mutaxassisi;

📌Kattaqo‘rg‘on tuman filiali - Yer kadastri mutaxassisi.

▶️Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali orqali ro‘yxatdan o‘tishlari, vakant bo‘lgan lavozimga so‘ralgan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishlari lozim.

❗️Hujjatlar 2022 yil 15 martdan 24 martgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.

🔷 Hujjatlarni elektron yuborish tartibi bo‘yicha videoqo‘llanma

🔷 Yagona identifikatsiya tizimi — id.egov.uz‘dan ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma
​​#Kadastr #bilasizmi

🔰Ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish uchun quyidagilar asos bo‘ladi
🔸davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organda ushbu ko‘chmas mulk obyektining mansubligi masalasida nizolar borligidan dalolat beruvchi sud hujjatlarining mavjudligi;
🔸vakolatli organ tomonidan ko‘chmas mulk obyektiga taqiq qo‘yilganligi;
🔸taqdim etilgan hujjatlarda noto‘g‘ri yoki buzilgan maʼlumotlar topilishi;
🔸birlamchi kadastr yig‘majildining (kadastr pasporti) mavjud emasligi;
🔸davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organda ushbu yer uchastkasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda olib qo‘yilganligi haqidagi maʼlumotlarning mavjudligi;
🔸ro‘yxatdan o‘tkazuvchi tomonidan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘xtatib turilgan hollarda, taqdim etilgan materiallardagi kamchiliklarning 3 ish kuni mobaynida bartaraf etilmasligi;
🔸yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda bekor qilinganligi;
🔸huquqlarning vujudga kelishini belgilamaydigan hujjatlarning taqdim etilishi.

Telegram Instagram YouTube  Facebook    Web-sayt
⚡️DIQQAT EʼLON!

Hurmatli Toshkent viloyati fuqarolari hamda tadbirkorlari!

Aholining kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Toshkent viloyati Bekobod tumani fuqaro hamda tadbirkorlari uchun sayyor qabul o‘tkaziladi.

📝 Kadastr sohasiga oid muammolaringiz bo‘lsa, joriy yilning 17-mart kuni soat 10-00 da sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

📌 Sayyor qabul Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmalarining rahbarlari boshchiligida bo‘lib o‘tadi.

📍Manzil:Toshkent viloyati, Bekobod tumani, Guliston mfy, Mustaqillik ko‘chasi, 1 uy, hokimiyat binosining kichik zali.

‼️Sayyor qabulga kelish istagida bo‘lgan yurtdoshlarimizdan karantin qoidalariga rioya qilgan holda kelishlarini so‘rab qolamiz.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔹Davlat ro‘yxatidan o'tgan 🔹

💠 Davlat kadastrlari palatasi hududlar bo‘yicha 2022 yil 8-14 mart kunlaridagi ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish yuzasidan jami ma’lumotlarni taqdim etadi.

💠 Ushbu ma’lumotda siz, ro‘yxatdan o'tkazish uchun kelib tushgan arizalar soni va ularning qanchasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi bo‘yicha statistik ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

💠 O'tgan haftada Davlat ro'yxatidan o'tkazilgan obyektlar soni umumiy 6 693 tani tashkil etdi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #OAV_BIZ_HAQIMIZDA

Buxoro teleradiokanali "Intervyu+"
ko‘rsatuvida Kadastr agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi "Yer va kadastr nazorati bo'limi" boshlig'i Abdukarim Toyirov tomonidan

- yer uchastkalarini xususiylashtirish tartibi qanday?
- o'zboshimcha qurilishlarni kimlar nazorat qiladi?
- kadastrni o'zboshimcha qurilishlarni buzdirishga vakolati bormi?
- o'zboshimcha yer egallash holatlariga qanday javobgarlik mavjud?
- yer olish uchun qayerga murojaat etish kerak?
-dehqonchilik bilan shug'ullanish uchun yer olishda qanday imkoniyatlar bor?

*Shu kabi bir qancha savollarga javob berildi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
🏢Andijonda ro'yxatdan o'tkazish sohasida 3 mlrd. 887 mln so'mlik ishlar bajarildi.

🔰Davlat kadastrlari palatasining Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan 2022-yil 15-fevraldan 15-martga qadar ko‘chmas mulkni Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish xizmatlarini ko‘rsatish sohasida 4 085 ta ya'ni 3 mlrd. 887 mln so'mlik ko'chmas mulkka bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt