KADASTR AGENTLIGI - RASMIY
26.4K subscribers
5.58K photos
1.06K videos
4 files
3.34K links
Rasmiy sahifalarimiz:

🌐 veb-sayt:
www.kadastr.uz

📌Instagram:
www.instagram.com/uz_kadastr/

📌Facebook:
www.facebook.com/kadastr.uz

☎️ Ishonch telefoni:
1097

📍Manzil:
Ул. Чопонота, Квартал "Ц", Tashkent, Uzbekistan

Pochta:
[email protected]
Download Telegram
#Kadastr #yernazorati

⚡️Bugun bo‘lmasa, ertaga !

Hukumat qaroriga muvofiq, Toshkent viloyati Angren shahridan Ohangaron tumani Nurobod qo‘rg‘oniga o‘tgan hududlarda viloyat prokuraturasi, Kadastr agentligining viloyat boshqarmasi hamda tuman bo‘limi vakillaridan iborat ishchi guruh tomonidan monitoring o‘tkazildi.

🔎Monitoring davomida mahalliy aholi tomonidan hovli yer maydonlariga qo‘shimcha ravishda yer maydonlari devorlar, sim setkalar yordamida o‘rab olinganligi, noturar joy qurib olish holatlari aniqlangan.

🔹Ushbu sodir etilgan holatlarning hech birida yerga egalik qiluvchi asoslarning yo‘qligi va bir qancha qonun buzilish holatlari mavjudligi maʼlum bo‘ldi.

🔹Mazkur holat yuzasidan ishchi guruh tomonidan aholi o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borilib, joyning o‘zida qonun buzilish holatlari bartaraf etildi.

❗️Monitoring tadbirlari joylarda davom etmoqda, ushbu holat bugun maʼlum bo‘lmasa, ertaga kun kelib aniqlanishi muqarrar edi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr #yer_nazorati #Sirdaryo_viloyati

⚡️Joriy yilning o'tgan davrida Sirdaryo viloyatida jami 303 ta yer qonun buzilish holatlari aniqlandi.

🔰Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining tuman shahar bo'lim inspektorlari tomonidan joriy yilning o'tgan davrida 303 ta (7,07 gektar) holatda yer qonun buzilish holatlari aniqlandi.

🔷Tahlillarga ko‘ra:
🏡uy-joy qurish uchun 35 ta (0,60 gektar),
🏢noturar joy qurish uchun 205 ta (2,97 gektar),
🛣dala, tomorqa va boshqa maqsadlar uchun 63 ta (3,49 gektar) yer maydoni egallanganligi aniqlandi.

🔷Hozirgi kunda ushbu qonunbuzilish holatlarining 135 tasi (2,95 gektar) bartaraf etildi va qolgan yer qonun buzilish holatlarini bartaraf etish choralari ko'rilmoqda.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr #Xalqaro_hamkorlik

Jahon banki missiyasining “Shahar taraqqiyoti, barqarorlik va yer masalalari” yuzasidan O‘zbekistonga tashrifi bo‘lib o‘tmoqda

🔰Joriy yilning 4-mart sanasida Kadastr agentligiga Jahon bankining urbanizatsiya, tabiiy ofatlar xavfini boshqarish va yerdan foydalanish bo'yicha global amaliyot Bosh direktori Same Vahba boshchiligidagi missiya tashrif buyurdi. Uchrashuv doirasida missiya Agentlik rahbariyati tomonidan ro’yxatga olish, kadastr sohasidagi raqamlashtirish, Jahon banki bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Ko‘chmas mulkni ro‘yxatga olish va kadastr tizimlarini modernizatsiyalash” loyihasining amaliy natijalari bilan tanishtirildi.

🔸Jahon banki missiyasi tomonidan yer islohoti, kadastr, baholash, xususiylashtirish, raqamlashtirish masalalari milliy iqtisodiyot va fuqarolarning hayot sifatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omil ekanligi ta’kidlandi.
Shuningdek, istiqboldagi hamkorlik rejalari bo‘yicha o‘zaro fikr va tavsiyalar almashildi.
#Kadastr #huquqiy_targibot

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat kadastrlarini yuritish sohasini tartibga soluvchi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2021-yil 22-iyundagi 389-son qarorining 3-ilovasi to‘g‘risida Kadastr agentligining Milliy geoaxborot tizimini muvofiqlashtirish va Davlat kadastrlari boshqarmasi Bino inshoot kadastrlari yagona tizimi bo‘lim bosh mutaxassisi B.Otabekov tushuncha berdi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #OAV_BIZ_HAQIMIZDA

🇺🇿Kadastr agentligi Respublika Aerogeodeziya markazi mutaxassislari tomonidan Respublika miqyosida dala maydonlarida xatlov ishlari va kameral sharoitda ishlarni yakunlash bo’yicha yangicha yondashuv haqida "Sevimli" telekanalining "Zamon" informatsion dasturidan lavha.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr #aholi_murojaatlari

Kadastr agentligiga kelib tushgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida ma'lumot.

Murojaatlar ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra, tahlil qilinganda:

3 330 ta yoki 55,6 foizi qanoatlantirilgan,

✳️ 855 ta yoki 14,3 foizi tushuntirilgan bo‘lsa,

75 ta yoki 1,3 foizi rad etilgan.

📝 1 733 ta yoki 28,8 foizi o'rganish jarayonida

Ko‘rib chiqish jarayonidagi murojaatlar Kadastr agentligi Markaziy apparati, hududiy boshqarmalar va tasarrufdagi tizim tashkilotlari mutaxassislari tomonidan o‘rganilmoqda

Batafsil infografikada

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #OAV_BIZ_HAQIMIZDA

Kadastr agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Allaberganov Atabek Validjanovich boshchiligida Buxoro viloyati Olot tumanida o'tkazilgan sayyor qabul tavsilotlari "Buxoro" teleradiokanali nigohida.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔹Yil boshidan davlat ro‘yxatidan o'tgan 🔹

Davlat kadastrlari palatasi hududlar bo‘yicha 2022 yil yanvar- fevral oylari davomida ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish yuzasidan jami ma’lumotlarni taqdim etadi.

Ushbu ma’lumotda siz, ro‘yxatdan o'tkazish uchun kelib tushgan arizalar soni va ularning qanchasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi bo‘yicha statistik ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

💠 Davlat ro'yxatidan o'tkazilgan obyektlar soni yil boshidan, umumiy 120 130 tani tashkil etdi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr #OAV_BIZ_HAQIMIZDA

Qonunchilikka asosan,endi fuqarolar o'zlariga tegishli yer uchastkalarini hususiylashirishi mumkinmi?

“Sug’diyona”
gazetasining muhbiri bergan savollarga Davlat Kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig'i Jasurbek Karimov javob berdi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
⚡️Sun'iy baliqchilik xo'jaliklari to'liq xatlovdan o'tkazilmoqda

🔰Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyat boshqarmasi tomonidan tuzilgan ishchi guruh, mavjud sun'iy baliqchilik xo'jaliklarini to'liq xatlovdan o'tkazilib, sun'iy suv havzalarini kadastr ro'yxatidan o'tkazish va noqonuniy holatlarini bartaraf etish choralarini ko'rib, hududlar kesimida ishlar olib borilmoqda.

📌Shuningdek sun'iy baliqchilik xo'jaliklarida quyidagi holatlarga alohida e'tibor qaratilmoqda:

🔹yer ajratish to'g'risida vakolatli organlarning qarori mavjudligi;
🔹yer uchastkasiga bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazganligi;
🔹suv havzasi atrofida yordamchi bino-inshootlar joylashganligi va ularning qonuniyligi yoki noqonuniyligiga alohida e'tibor qaratilmoqda

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt