KADASTR AGENTLIGI - RASMIY
25.9K subscribers
6.69K photos
1.21K videos
4 files
3.87K links
Rasmiy sahifalarimiz:

🌐 veb-sayt:
www.kadastr.uz

📌Instagram:
www.instagram.com/uz_kadastr/

📌Facebook:
www.facebook.com/kadastr.uz

☎️ Ishonch telefoni:
1097

📍Manzil:
Ул. Чопонота, Квартал "Ц", Tashkent, Uzbekistan

Pochta:
[email protected]
Download Telegram
#Kadastr #sayyorqabul

⚡️MUROJAATLAR O‘RGANILMOQDA

Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanida Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmalari rahbarlari ishtirokida jismoniy va yuridik shaxslarning kadastr sohasida yuzaga kelayotgan muammolarini o‘rganish va ularni hal qilish yuzasidan sayyor qabul o‘tkazildi.

🔹Sayyor qabulda 70 ga yaqin fuqarolar qatnashdi va ulardan jami 36 ta murojaat kelib tushdi.

🔹Kelib tushgan murojaatlar asosan kadastr hujjati va mulk huquqini eʼtirof etish, fermer hamda dehqon xo‘jaliklarini yuritish uchun yer maydoni ajratish, uy-joy qurishga ruxsat berish va boshqa shu kabi masalalardan iborat bo‘ldi.

🔹Qabul davomida ushbu muammoli murojaatlarning hal etilishi hamda asosli hujjatlarni o‘rganish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

📌Sayyor qabullar viloyatning barcha tuman-shaharlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#LIVE #xalqbilanbirga #sayyorqabul

⚡️MUROJAATLAR O‘RGANILMOQDA

Ayni damda Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanida Kadastr agentligi direktor o'rinbosari Abdushukur Abdullayev va Davlat kadastrlari palatasi rahbarlari boshchiligida jismoniy va yuridik shaxslarning kadastr sohasida yuzaga kelayotgan muammolarini o‘rganish va ularni hal qilish yuzasidan sayyor qabul o‘tkazilmoqda.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿📝📝📝📝
Farg‘onada muammolar joyida hal qilindi!

🗺Farg‘ona viloyati Beshariq tumanida ⭐️ Kadastr agentligi direktorining o‘rinbosari Mirsaid Mirmaksudov boshchiligida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.

👥 Bu safargi uchrashuvda 40 ga yaqin fuqaro va tadbirkor o‘z murojaatlari bilan qatnashdi.

⭕️ Natijalar esa quvonarli:
📝 10 dan ortiq masala joyida hal etildi;
📂 21 ta murojaat bo‘yicha qo‘shimcha o‘rganish ishlari boshlanadi.

📝 Sayyor qabullar – fuqarolar muammolarini uzoqqa cho‘zmasdan, joyida yechish, davlat bilan xalq o‘rtasidagi ishonchni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

⭕️ Bu kabi uchrashuvlar reja-grafik asosida doimiy ravishda o‘tkazilmoqda.

#KadastrAgentligi #SayyorQabul #Fargona

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM