KADASTR AGENTLIGI - RASMIY
26.7K subscribers
5.55K photos
1.05K videos
4 files
3.31K links
Rasmiy sahifalarimiz:

🌐 veb-sayt:
www.kadastr.uz

📌Instagram:
www.instagram.com/uz_kadastr/

📌Facebook:
www.facebook.com/kadastr.uz

☎️ Ishonch telefoni:
1097

📍Manzil:
Ул. Чопонота, Квартал "Ц", Tashkent, Uzbekistan

Pochta:
[email protected]
Download Telegram
#Kadastr #Sayyor_qabul #Live

🔴 Ayni damda Namangan viloyati Yangi Namangan tumanida sayyor qabul boshlandi.

🔹Avval xabar berganimizdek aholi va tadbirkorlarning kadastr sohasidagi murojaatlarini joyida ko‘rib chiqish maqsadida Namangan viloyati Yangi Namangan tumanida Kadastr agentligi direktorining o‘rinbosari Abdullayev Abdushukur Xamidovich boshchiligida sayyor qabul o‘tkazilmoqda.

🔹Fuqaro hamda tadbirkorlarning kadastrga oid murojaatlari o‘rganilayotgan jarayon haqida yana xabar beramiz.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#onlayn_xizmatlar #kadastr #2022

🏠🏢📝 Ko'chmas mulkni hadya etish yoki ayirboshlash hamda oldi-sotdi bo'yicha murojaat yo'llash bo'yicha my.gov.uz portali orqali avgust oyida kelib tushgan arizalar bo'yicha umumiy statistika

💻 Yagona portal orqali- 257 ta
🏢 Davlat xizmatlari markazi orqali- 0 ta
Tugatilganlar - 10 ta
Rad etilganlar - 215
ta

Siz ham xizmatdan onlayn foydalanishingiz mumkin.
👇👇👇👇👇👇👇👇

Ko'chmas mulkni hadya etish yoki ayirboshlash hamda oldi-sotdi bo'yicha murojaat yo'llash

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr #OAV_BIZ_HAQIMIZDA

📺Kadastr agentligi direktorining matbuot kotibi - axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi Ne’matjon Axmedjanovich Sevimli TV kanalining "Sevimli kun" tonggi jonli efir ko'rsatuvida mehmon bo'ldi.

📹Batafsil videoni tomosha qiling.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr #OAV_BIZ_HAQIMIZDA

⚡️Onlayn xizmatlar: kadastr hujjatlarini olishda imkoniyat va imtiyozlar

🔰Aholida kadastr hujjatlari bilan bog‘liq ko‘plab tushunmovchiliklar avval ham bo‘lgan, hozir ham yuzaga kelmoqda. Shu bois joylardagi kadastr idoralarida sun’iy navbatlar, sarsongarchiliklar, ovora bo‘lishlar kuzatilmoqda.

📌Batafsil: https://uza.uz/posts/401954

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#kadastr #2022 #namangan

To‘raqo‘rg‘onda yangi bino ish boshladi.

Bugun Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasining To‘raqo‘rg‘on tumani filiali yangi binosi foydalanishga topshirildi.

Yangi binoning taqdimot marosimida respublika Kadastr agentligi direktori o‘rinbosari Abdushukur Abdullayev, To‘raqo‘rg‘on tumani hokimining birinchi o‘rinbosari Boburjon Qobulov ishtirok etishdi.

Hamkasblarimizga yangi bino muborak bo'lsin!

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr #OAV_BIZ_HAQIMIZDA

⚡️Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmasida shtab faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

📌Batafsil https://xs.uz/uzkr/83697

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr #aerogeodeziya_seminar

⚡️Dala sharoitida “Master-klass”lar o‘tkazildi.

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-apreldagi 299-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Respublika aerogeodeziya markazi tomonidan Yerdan foydalanuvchilarning yer maydonlarini deshifrovka qilish va xatlovdan o‘tkazish mavzusida yig'ilish va “Master-klass”lar o'tkazib kelinmoqda.

📌Bundan ko‘zlangan maqsad mutaxassislarni malakasini oshirish, kelgusida xato-kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik, yer resurslaridan oqilona va samarali foydalanish, bajariladigan ishlarning sifatli bo‘lishini ta’minlashdan iborat.

💠Joriy haftada Kadastr agentligining hududiy boshqarmalari xodimlari uchun o'tkazilgan “Master-klass”lar tafsiloti bilan tanishing:

♦️Qoraqalpog'iston Respublikasi;
♦️Toshkent viloyati;
♦️Surxondaryo viloyati;

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Давлатимиз раҳбарининг кириш сўзидан сўнг Оқсоқоллар кенгашининг қарорига мувофиқ Жўқорғи Кенгес Раиси лавозимига тавсия этилган Аманбай Тлеубаевич Орынбаевнинг номзодини кўриб чиқишга ўтилди.

Илгарироқ сессияда Қорақалпоғистон Республикаси Жўқорғи Кенгеси Раиси Мурат Камаловнинг бетоблиги сабабли ваколат муддатини олдиндан тўхтатиш ва эгаллаб турган лавозимидан озод этиш ҳақидаги мурожаати кўриб чиқилиб, Мурат Камаловнинг ваколат муддатини олдиндан тўхтатиш ва эгаллаб турган лавозимидан озод этиш тўғрисида қарор қабул қилинган эди.

Аманбай Орынбаевнинг номзодини кўриб чиқишдан аввал Президентимиз номзоднинг ҳудудни жадал ривожлантириш, аҳолига муносиб турмуш шароити яратиш, мавжуд муаммоларни ҳал этиш бўйича режалари ва таклифларини тинглашни таклиф этди.

Номзод Қорақалпоғистонда тадбиркорликни ривожлантириш, аграр соҳани ривожлантириш, саноат лойиҳаларини кўпайтириш, инфратузилмани ривожлантириш, аҳолини ижтимоий ҳимоя қилиш, таълим ва ёшларни қўллаб-қувватлаш борасидаги мавжуд муаммоларни ва уларни ҳал қилиш бўйича таклифларини баён этди. Президентдан бу режаларни тўлиқ амалга ошириш учун зарур бўлган ресурслар ажратилишида кўмак сўради.

Facebook|Instagram|Twitter