O‘rta Chirchiq tumani hokimligi
5.87K subscribers
28K photos
3.13K videos
154 files
8.88K links
Ушбу каналда сиз Ўрта Чирчиқ туманидаги сўнгги янгиликлар, секторларда олиб борилаётган ишлар ҳақида хабардор бўласиз.
Download Telegram
O‘rta Chirchiq tumani hokimi Ixtiyor Kasimov  "O‘rtaovul" mahallasidagi Investisiya dasturi doirasida rekonstruksiya qilinayotgan 58-oilaviy poliklinikada amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Ma’lumot uchun poliklinikaning rekonstruksiya ishlarini "FAR FLUNG INVEST" MCHJ korxonasi tomonidan amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, tuman hokimi mahalladagi oyoq kiyim ishlab chiqaruvchi "Central Asia Plus" MCHJ korxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishib, u yerda ishchilarga yaratilgan imkoniyatlarni o‘rgandi.

O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | ortachirchiq.uz | X | TikTok
#bildirish

Hurmatli O‘rta Chirchiq tumani fuqarolari!

O‘zingizga munosib bo‘lgan bo‘sh ish o‘rinlarini izlamoqdamisiz?

O‘rta Chichiq tumani hokimi tashabbusi bilan sektor rahbarlari va tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi bilan hamkorlikda joriy yilning 29-fevral kuni soat 10:00 da tuman ma’muriy markazida “ISHGA MARHAMAT” shiori mehnat yarmarkasi o‘tkaziladi.

Ushbu mehnat yarmarkasida 15 dan ortiq yirik, 20 dan ortiq kichik va o‘rta ishlab chiqaruvchi va xizmat ko‘rsatuvchi tadbirkorlik sub’ektlarida o‘zlarida mavjud bo‘lgan 1,5 mingdan ortiq bo‘sh ish o‘rinlarini taklif etadi.

Keling, ko‘ring, tanlang, o‘zingiz uchun munosib bo‘lgan yuqori xaq to‘lovchi ish o‘rinlariga ega bo‘lish orqali daromad manbaini yarating.

Lokatsiya

O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | ortachirchiq.uz | X | TikTok
Audio 27.02.2024
<unknown>
🟦🟦🟩🟩

Seshanba – hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari bilan muloqot va yoshlar bilan uchrashuvlar oʻtkazish kuni.

🔘Yangiyoʼl shahri. 6-sonli umumta'lim maktabida harbiylar va tegishli mutasaddilar ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

🔘Bekobod shahri. Shahar kasb-hunar maktabida sektor rahbarlari va yoshlar uchrashuvi bo'lib o'tdi.

🔘O’rta Chirchiq tumani. Tuman hokimi, sektor rahbarlari yoshlar yetakchilari va hokim yordamchilari bilan uchrashdi.

🔘Angren shahri. “Hokim va yoshlar” uchrashuvi tashkil qilindi.

🔘Chinoz tumani. Sayyor qabul o‘tkazilib, unda aholi muammolariga yechim izlandi.

🔘Nurafshon shahri. "Tong" madaniyat saroyida shahar hokimi hamda tegishli mutasaddilar ishtirokida Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining Nurafshon shahar boʻlimi boshligʻi boshchiligida tanqidiy-tahliliy yig'ilish bo'lib o'tdi.

🔘
Ohangaron shahri. Shahar prokurori tomonidan 2-sektor hududidagi mahallalar "yettiligi" ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

🔘Bekobod tumani. Tuman hokimi va sektor rahbarlarining yoshlar bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

🔘Yuqori Chirchiq tumani. “Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab” koʻrik-tanlovining tuman bosqichi oʻtkazildi.

🔘Bo’stonliq tumani. Tumanda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash va moddiy-ma’naviy yordam ko‘rsatish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
O‘rta Chirchiq tumani hokimligi
Photo
#murojaat_yechim
#qabuldan_keyin

2024-yilning 16-fevral kuni O‘rta Chirchiq tumani hokimi Ixtiyor Kasimov aholi bilan fuqarolar qabulini o‘tkazgan edi.

Qabulda tuman hokimiga "Qunduzak" mahallasi aholisi tomonidan bolalar uchun 15-maktabning filialini qurishni so‘rab murojaat qilingan edi.

Bugun tuman rahbari mahallada murojaat yuzasidan faollar bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida maktab filialini qurish uchun mahalladagi bo‘sh yer maydonlari ko‘zdan kechirildi va tegishli tashkilotlar o‘rganib chiqqanidan keyin hulosa berilishi ta’kidlandi.

Ma’lumot uchun aytib o‘tish joizki, 15-maktab "Yoriq" mahallasida joylashgan bo‘lib, maktab va "Qunduzak" mahallasi orasini 2-3 km tashkil etadi.

O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | ortachirchiq.uz | X | TikTok
Деярли барча вилоятларда замонавий қуёш ва шамол электр станциялари барпо этилмоқда.

Жумладан, Бухоро, Жиззах, Қашқадарё, Навоий, Самарқанд ва Сурхондарёда 1,6 гигаваттли 9 та йирик қуёш ва шамол электр станциялари ишга тушди.

Андижон, Самарқанд, Сурхондарё ва Тошкент вилоятида 183 мегаваттли 6 та йирик ва кичик ГЭСлар фойдаланишга топширилди.

Шунингдек, ижтимоий соҳа объектлари, корхона ва ташкилотлар, тадбиркорларга тегишли бинолар ва аҳоли хонадонларида умумий қуввати 457 мегаваттли қуёш панеллари ўрнатилди.

Facebook|Instagram|X
Жойларда қуёш панелларини ўрнатиш бўйича ишларни янада кенгайтириш, аҳолининг “яшил” энергиядан фойдаланиш борасидаги интилишларини қўллаб-қувватлаш муҳимлиги таъкидланди.

Бу мақсадларга қўшимча 50 миллион доллар ресурс ажратиш, хорижий инвесторлар билан музокаралар ўтказиб, яна 100 миллион доллар жалб қилишга кўрсатма берилди.

Тадбиркорларга қуёш энергияси қувватларини жорий этишда манфаатдорлигини ошириш учун қўшимча енгилликлар яратилиши белгиланди.

Facebook|Instagram|X
"Eng namunali mahalla raisi" tanlovining tuman g‘olib aniqlandi

"Eng namunali mahalla raisi" tanlovining maqsadi – mahallalarning qonunchilik hujjatlarida belgilangan vazifalari ijrosini to‘laqonli ta’minlashdagi ilg‘or ish tajribalarini ommalashtirish, tizim xodimlarining faoliyat samaradorligini oshirish hamda namunali mahallalar doirasini kengaytirish, ushbu tuzilmaning mahalliy davlat hokimiyati organlari va nodavlat notijorat tashkilotlar bilan ijtimoiy sheriklik munosabatlarini yanada kuchaytirishdan iborat.

O‘rta Chirchiq tumani 3-IDUMda qizg‘in o‘tgan tanlovning tuman bosqichida 2-sektor hududidagi “Fayzobod” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Rahmatillo Usmonov g‘olib deb topilib, viloyat bosqichida ishtirok etishga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | ortachirchiq.uz | X | TikTok
#bildirish

O‘rta Сhirchiq tumani elektr ta’minoti korxonasi Sizlarga shuni ma’lum qiladiki, O‘rta Chirchiq tumaniga kirib keluvchi L-Shodlik 1-35 kV tarmog‘idagi bugun soat 10:00 dan 15:00 gacha yuqori kuchlanishli tarmog‘ida avariyani bartaraf etish maqsadida, "O‘choqli", "Bunyodkor", "Sholikor", "Yangi turmush", "Saidovul-Baxt", "Gulobod", "Kim Pen Xva", "Yo‘ng‘ichqoli" mahalla fuqarolar yig‘inlarida hamda Toshkent shahrining Bektemir va Yangihayot tumanlarining O‘rta Chirchiq tumanidan o‘tgan mahallalarida elektr energiyasida vaqtincha kuchlanish bo‘lmaydi.

Murojaat uchun telefon
+998951951460
+998951951467

O‘rta Сhirchiq tumani elektr ta’minoti korxonasi yuzaga  kelgan noqulayliklar uchun aholidan uzr so‘raydi.

O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | ortachirchiq.uz | X | TikTok
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#live
#no_comment

Ayni damda O‘rta Chichiq tumani hokimi tashabbusi bilan sektor rahbarlari va tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamkorligida tuman ma’muriy markazida “ISHGA MARHAMAT” shiori ostida mehnat yarmarkasi boshlanmoqda.

O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | ortachirchiq.uz | X | TikTok
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tadbirkorlar uchun uzoq kutilgan yangilik

Ma’lumki, Soliq kodeksining 227 prim 1-moddasi bo‘yicha fiskal tartib-qoidalarni buzganlik uchun jarima miqdori yuqori ekanligi va xattoki bankrotlik holatiga keltirayotganligi tadbirkorlarning e’tirozlariga sabab bo‘layotgan edi.

Joriy yilning 26 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan PF-39-son Farmon bilan fiskal tartib-qoidalarni buzganlik uchun jazo choralari yumshatildi.

Biznes-ombudsman axborot xizmati tomonidan tayyorlangan mazkur video orqali fiskal tartib-qoidalarni buzganlik uchun belgilanayotgan yangi choralar haqida batafsiz ma’lumotga ega bo‘lishingiz mumkin.

O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | ortachirchiq.uz | X | TikTok