O‘rta Chirchiq tumani hokimligi
5.54K subscribers
28K photos
3.13K videos
154 files
8.88K links
Ушбу каналда сиз Ўрта Чирчиқ туманидаги сўнгги янгиликлар, секторларда олиб борилаётган ишлар ҳақида хабардор бўласиз.
Download Telegram
Qish manzaralari

O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati

Website | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | TikTok
Audio
Payshanba – sektor rahbarlarining kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari vakillari bilan uchrashadigan va muammolarini hal qilishga e'tibor qaratiladigan kun. Shu jumladan, bu kunda avval xususiylashtirilgan korxonalar faoliyatini oʻrganish, davlat tasarrufidagi obyektlarning auksion savdolariga chiqarilishi, sotilishi va investitsion majburiyatlarning bajarilishi ham oʻrganiladi.

🔘Piskent tumani. "Gʻayrat" mahallasida Xitoy kompaniyasi tomonidan yana bir uy-joy kompleksi qurilishi rejalashtirilmoqda.

🔘Nurafshon shahri. 3-sektor hududidagi mahalla fuqarolari uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.

🔘O'rta Chirchiq tumani. "Do‘stlik" mahallasida faoliyat yuritayotgan "Mannayev agro klaster" MCHJda qoʻziqorinchilik faoliyati yaxshi daromad keltirmoqda.

🔘Yuqori Chirchiq tumani. Tuman hokimi Janubiy Koreyalik investorlar bilan uchrashuv oʻtkazdi.

🔘Angren shahri. Shahar hokimi investorlar bilan muzokaralar oʻtkazib, yangi loyihalar bilan tanishdi.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
#iftihor

O‘rta Chirchiq tuman 33-umumta'lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi Abdumalikov Ibrohimadham muddatidan oldin bir qator xorijiy oliy ta’lim muassasalariga hujjatlarini topshirgan edi.

U AQShning Shimoliy Karolina shtatidagi Wingate Universitetiga 108000 AQSh dollarilik grantni qo‘lga kiritdi va universitetdan qabul xatini oldi.

Ibrohimadhamning kelgusidagi o‘qish va ishlariga omad tilaymiz.

O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati

Website | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | TikTok
#oavda

O‘rta Chirchiq tumanida joylashgan “Demiks” korxonasi ham hududdagi eng yirik loyihalardan biri. Korxona ish boshqaruvchisi Akbar Abdurahimovning ta’kidlashicha, bu yerda kuniga 2 mingta mahsulot tayyorlanib, ichki bozorlarga chiqariladi. Kelgusida ish ko‘lamini yanada kengaytirib, viloyat bo‘ylab filiallar tashkil etish hamda qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish rejalashtirilgan.

Batafsil O‘zbekiston Milliy axborot agentligi-UzA muxbiri Abdulaziz Musayev maqolasida

O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati

Website | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | TikTok
Fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi

O‘rta Chirchiq tumani hokimligida tuman hokimi Ixtiyor Kasimovning navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.
Unda hokim o‘rinbosarlari, tegishli mas’ullar hamda korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan elektr energiya, gaz, ichimlik suvi, yo‘l va boshqa kommunal sohadagi muammolar, uy-joy olish, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish, sog‘liqni saqlash, moddiy yordam, bola puli, subsidiya olish, pensiya, bandlik, ta’lim kabi 60 ga yaqin muammolar boʻyicha murojaatlar tinglandi.

12 ta murojaatlar qabul jarayonida ijobiy yechimini topib, joyida hal etildi. Muddat talab etilgan muammolar joyiga chiqib o‘rganilishi lozim bo‘lganligi sababli tuman hokimi tegishli mas’ullarga ijobiy yechim topish yuzasidan topshiriqlar berildi.

O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati

Website | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | TikTok
#bildirish

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 11-yanvardagi "2024-yil hosili uchun elita va keyingi avlodlarga mansub urug‘lik paxta hamda sabzavot, poliz, moyli, dukkakli va boshqa ekinlarni urug‘chilikni yetishtirish huquqiga ega bo‘lish uchun tanlov o‘tkazish to‘g‘risida"gi 06/22-04/77-sonli qarorining ijrosi yuzasidan, O‘rta Chirchiq tumanida sifatli urug‘lik paxta yetishtirish maqsadida paxta yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklari o‘rtasida tanlov o‘tkazilishi belgilangan.

Shunga ko‘ra, tuman hokimining 27-10-143-Q/24-sonli qaroriga asosan tumanda faoliyat yuritib kelayotgan fermer xo‘jaliklari tanlovga joriy yilning 5-fevral kuniga qadar xujjatlarini tuman Qishloq xo‘jaligi bo‘limiga taqdim etishingizni so‘raymiz.

Tanlovga taqdim etilgan xujjatlar 6-fevral kuni tender komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqilib, tanlov bayonnomasi tuzilishini ma’lum qilamiz.

O‘rta Chirchiq tumani Qishloq xo‘jaligi bo‘limi

Website | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | TikTok
#bildirish

Endi chiqindi uchun pul to‘lamasangiz, elektr uchun pul to‘lay olmaysiz

2024-yilning 1-iyunidan boshlab Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida chiqindi xizmatlari bo‘yicha 6 oy davomida shakllangan qarzdorlik uchun;

2024-yilning 1-noyabridan respublikaning barcha hududida chiqindi xizmatlari bo‘yicha 3 oy davomida shakllangan qarzdorlik uchun;

2025-yilning 1-yanvaridan e’tiboran respublikaning barcha hududida chiqindi xizmatlari bo‘yicha 1 oylik qarzdorlik uchun elektr energiyasiga to‘lovni amalga oshirishda cheklovlar o‘rnatiladi.

Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining 2024-yil 4-yanvarda imzolangan "Chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish va ularning ekologik vaziyatga salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PF-5-sonli Farmoni 4-bandida belgilab qo‘yilmoqda.

O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati

Website | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | TikTok
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tomorqa – daromad manbai

O‘rta Chirchiq tumanining "Uyg‘ur" mahallasida tomorqachilik bo‘yicha o‘ziga xos maktab yaratilgan. Mahalladagi ko‘plab oilalar kaftdek joydan samarali foydalanib, o‘zini-o‘zi band qilgan holda oilasini ham, bozorni ham arzon va sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan ta’minlamoqda.

Batafsil "Nurafshon" telekanali lavhasida

O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati

Website | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | TikTok