O‘rta Chirchiq tumani hokimligi
4.9K subscribers
30.9K photos
3.55K videos
157 files
9.83K links
Ушбу каналда сиз Ўрта Чирчиқ туманидаги сўнгги янгиликлар, секторларда олиб борилаётган ишлар ҳақида хабардор бўласиз.
Download Telegram
#mahallada_duv_duv_gap

Aholi o‘rtasida shukronalik, vatanparvarlik hissini yanada oshirish, milliy an’ana va qadriyatlarni e’zozlash, mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarga daxldorlikni kuchaytirish va barkamol avlodni tarbiyalash maqsadida "Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!" shiori ostida "Mahallada duv-duv gap" ma’naviy-ma’rifiy va madaniy tadbirlar O‘rta Chirchiq tumani bo‘ylab davom etmoqda.

Navbatdagi tadbir, Аgrosanoat va transport kasb-hunar maktabida tashkil etilib nuroniy otaxon-onaxonlar, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi, Madaniyat bo‘limi xodimlari, "Farovon" va "Kim Pen Xva" mahallalari yoshlari, xotin-qizlar va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati

Website | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | TikTok
👍5🔥2💯2👏1
Audio
🟦🟦🟩🟩

Seshanba – hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari bilan muloqot va yoshlar bilan uchrashuvlar oʻtkazish kuni.

🔘Yangiyo'l tumani. 2-sonli sport maktabida xotin-qizlarni sportga keng jalb qilishga alohida e‘tibor qaratilmoqda.

🔘Chirchiq shahri. Shaharda kasbga o‘rgatish poligoni tashkil etildi.

🔘O'rta Chirchiq tumani. Tumanda xotin-qizlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, mavjud muammolarni tizimli ravishda hal etish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalariga bagʼishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Bekobod tumani. Hokim yordamchilari ishtirokida seminar tashkil qilindi.

🔘Ohangaron shahri. "Qo'rg'on" mahallasida “Keksalar maslahati” guruhi aʼzolarining kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

🔘Yuqori Chirchiq tumani. Tumanda yoshlarning muammo va qiziqishlari oʻrganilib, xatlovdan oʻtkazilmoqda.

🔘Angren shahri. Shaharda mahalla "yettiligi” uchun oʻquv-seminar oʻtkazildi.

🔘Nurafshon shahri. Hokimlik binosida muddati o'tgan kredit qarzdorliklarni so'ndirish masalalariga bagʻishlangan yig'ilish bo'lib o'tdi.

🔘Yangiyo'l shahri. Shahar hokimi aholidan kelib tushgan murojaatlarni joyiga chiqqan holda o‘rgandi.

🔘Piskent tumani. Tuman Maʼnaviyat boʻlimi va Yoshlar markazi binolarida boʻsh ish oʻrinlari mehnat yarmarkasi oʻtkazildi.

🔘Quyi Chirchiq tumani. Aholini kichik va o'rta biznesga keng jalb qilish, bandligini ta'minlash bo'yicha Respublika, viloyat va tuman ishchi guruhi hamda hokim yordamchilari ishtirokida seminar bo'lib o'tdi.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
👍5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
2024-yilga mo‘ljallangan Davlat dasturi loyihasi keng jamoatchilik muhokamasi uchun www.uzbekistan2030.uz saytiga joylashtirildi.

Loyiha joriy yilning 9-fevral kuniga qadar keng jamoatchilik va ekspertlik muhokamalaridan o‘tkaziladi.

Loyiha bo‘yicha o‘z fikringizni bildiring!

Jamoatchilik muhokamasida faol ishtirok eting!

Sizning fikringiz muhim!

O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati

Website | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | TikTok
#tomorqa

O‘rta Chirchiq tumanining "Uyg‘ur" mahallasida tomorqachilik bo‘yicha o‘ziga xos maktab yaratilgan. Mahalladagi ko‘plab oilalar kaftdek joydan samarali foydalanib, o‘zini-o‘zi band qilgan holda oilasini ham, bozorni ham arzon va sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan ta’minlamoqda.

Xususan, Hikmatilla Abdurahmonov ham boshqa xonadonlar kabi tomorqadan yiliga uch-to‘rt marta hosil olmoqda. U 2022-yili mahalladagi hokim yordamchisi Ziyodulla Roziqovning tavsiyasi bilan xonadoniga issiqxona qurdirdi. Issiqxona qurdirgunga qadar ochiq tomorqada duga shaklida karam, turp, ko‘katlar yetishtirib, bir hosildan 10 million so‘m atrofida foyda olayotgandi, hozirda esa daromadi ikki barobar oshdi.

O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati

Website | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | TikTok
👍7👌1💯1
"O‘rta Chirchiq tuman gaz" gaz ta’minoti bo‘limi Sizga shuni ma’lum qiladiki, yuqori bosimli gaz quvurida ta’mirlash ishlari sababli 2024-yil 31-yanvar kuni soat 14:00 dan 17:00 gacha "Darxon", "Usmon ota", "Obod" va "Kuchlik" mahallalari hududlaridagi aholi va ulgurji iste’molchilarida vaqtincha tabiiy gaz ta’minoti to‘xtatiladi.

Aholi iste’molchilari soni 670 ta
Ulgurji iste’molchilari soni 4 ta

Murojat uchun telefon +998998371004

O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati

Website | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | TikTok
👍1🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
2024-yil 1-fevraldan O‘zbekistonda nimalar o'zgaradi?

Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi joriy etiladi
“Tashabbusli byudjet”ning yangi mavsumi boshlanadi
Yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlganlarga ijtimoiy xizmatlar shartnoma asosida koʻrsatiladi

Qonunchilikdagi shu va boshqa o‘zgarishlar haqida batafsil videoda

O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati

Website | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | TikTok
Davlat rahbarining topshiriqlariga muvofiq, mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni samarali tashkil etish va "Obod xonadon", "Obod ko‘cha" va "Obod mahalla" mezonlarini joriy etish tadbirlarini tizimli amalga oshirish belgilangan.

Ushbu topshiriqqa kora, "Uyg‘ur" mahallasida yuqoridagi mezonlarni joriy etish vazifasi yuklatilgan. Mezon doirasida mahalla infratuzilmasini yaxshilash, ijtimoiy soha ob’yektlari holatini o‘rganish, ishsiz fuqarolarning bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash kabi qator chora-tadbirlar amalga oshirilishi belgilangan.

Amalga oshirilayotgan ishlarni oz vaqtida sifatli bajarilishi bo‘yicha tuman hokimi I.Kasimov va tuman prokurori U.Kamilovlar rahbarligida ishchi shtabning yig‘ilishi o‘tkazilib, mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati

Website | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | TikTok
👌4👍3💯3🔥2🤗1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Кун_тартиби

ШИФОХОНАЛАРГА ДОРИ-ДАРМОН ВОСИТАЛАРИ ҚАНДАЙ ЙЎЛЛАР БИЛАН ОЛИБ КЕЛИНАЁТГАНИ ҚАТТИҚ НАЗОРАТГА ОЛИНАДИ

Шифокорлар, соҳа мутасаддилари билан навбатдаги мулоқотимизда беморларга таклиф қилинаётган дори-дармон воситаларининг сифати, берилаётган шифокор рецепти қай даражада асосли, дангалроқ айтганда, инсонийлик тамойилига нақадар мос эканлиги хусусида сўз борди.

Очиғини айтганда, бугун бу соҳадаги энг оғриқли масала бу  – "офшор", "обнал"чи  фирмалар билан  шартномалар тузиш ҳолатлари ҳисобланади. Афсуски, бундай оғриқлик вазиятлар оз эмас. Шунингдек, битта касалликка 8-10 хил дори ёзиб бериб, беморларни жўрттага сарсон қилиш сингари иллатлар ҳам учраб турибди.

Аҳоли томонидан билдирилаётган эътирозларни инобатга олиб, тиббиёт муассасаларидаги вазиятни бир неча ой давомида ўргандик, соҳадаги кўплаб раҳбарларнинг фаолиятига холис баҳо беришга етарлича тайёргарлик кўрдик. Мажлисда уларнинг раҳбарлик фаолияти танқидий баҳо берилди.

Ўрганиш ва мулоқотларимиз изчил давом этади.

Youtube👈

Facebook👈
👍12💯3🔥1
Prezidentimizning 2023-yil 21-dekabrdagi “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni va “O‘zbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bilan “Mahalla yettiligi” tizimi yo‘lga qo‘yildi.

Oʻzbekiston mahallalar uyushmasi raisi birinchi oʻrinbosari J.Inogʻomov va viloyat boshqarmasi boshligʻi Sh.Hoshimov "Doʻstlik" mahallasi "yettiligi" ishtirokida uchrashuv oʻtkazdi.


J.Inogʻomov "mahalla yettiligi" faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish, ishsizlarning bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi.

O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati

Website | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | TikTok
🔥4👍2🥰1🎉1👌1💯1