O‘rta Chirchiq tumani hokimligi
6.31K subscribers
28.5K photos
3.2K videos
155 files
9.04K links
Ушбу каналда сиз Ўрта Чирчиқ туманидаги сўнгги янгиликлар, секторларда олиб борилаётган ишлар ҳақида хабардор бўласиз.
Download Telegram
Senat qo'mita raisi O'rta Chirchiq tumanida

🔰Bugun Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo'mitasi raisi Burxonov Qutbiddin Nukritdinovich O'rta Chirchiq tumanida bo'ldi.

✍️Senat qo'mita raisi tuman hokimi Ixtiyor Kasimov bilan suhbatlashib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktabrdagi "2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar rejasi toʻgʻrisida"gi PQ-408-sonli qarori yuzasidan dastur doirasida amalga oshirilishi ko'zda tutilayotgan ishlar rejasi bilan yaqindan tanishdi.

📌Tuman rahbari Qorasuv shaharchasining 2042-yilgacha rivojlanish bosh rejasi va batafsil rejalashtirish loyihasi to'g'risida mutasaddilarga ma'lumot berib o'tdi.


🌐O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati.
52-sonli oilaviy poliklinika holati o'rganildi

🔰Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo'mitasi raisi Burxonov Qutbiddin Nukritdinovich O'rta Chirchiq tumani hokimligining tegishli mas'ullari bilan birga "Xalqobod" mahallasida qurilishi yakuniga yetkazilgan 52-sonli oilaviy poliklinikaga tashrif buyurdilar.

🩺Poliklinikaning qurilish ta’mirlash ishlari uchun loyihachi tashkilot "Golden star injineering"MCHJ, pudratchi sifatida "Asl Diyor Qurilish" MCHJlar mas’ul etib biriktirilgan bo'lib, hozirda foydalanish uchun tayyor holga keltirilgan
.

📌Mutasaddilar binodagi qurilish-ta'mirlash ishlarining sifati, qoniqarlilik darajasini, shuningdek tashqi fasad qismidan ichki xonalarigacha ko'zdan kechirdilar.


🌐O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Homiylar ko'magida uy qurib berildi

🏠O'rta Chirchiq tumani "Galabotir" mahallasida istiqomad qiluvchi 46 yoshli Lola Abdullayeva mahallada "Temir daftar"da ro'yxatda turadi. Saxovatpesha homiylar ko'magi ostida fuqaroga 3 xonali uy qurib berildi. Endi Lola opa va uning 3 nafar farzandi qulay hamda shinam bo'lgan xonadon egasiga aylandilar. Tuman hokimligining mas'ullari yangi uyning kalitini topshirish uchun tashrif buyurdilar. Shu bilan birga mutasaddilar fuqaroning hovlisiga mevali daraxt ko'chatlarini ham o'tqazib berdilar.

🎥Batafsil videolavhada tomosha qiling.


O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati.

👉Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/urta_chirchiq_hokimligi
Keksalar turizm oyligi davom etmoqda

🔰O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Keksalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2020-yil 28-maydagi 340-sonli qaroriga asosan, har yilning noyabr oyi yurtimizda “Keksalar uchun turizm oyligi” etib belgilangan.


✔️Shu munosabat bilan, O‘rta Chirchiq tumani hokimining tashabbusiga ko'ra, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshchiligida mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi nuroniylardan iborat bir guruh jamoa bilan birgalikda Buxoro viloyatiga ziyorat sayohati uyushtirildi.

🕌U yerdagi muazzam va tabarruk oshiyonlar,tarixiy qadamjolarda qo‘llar duoga ochilib, yurtimizga tinchlik, elimizga farovonlik, tumanimizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy ishlar maromiga rivojlar tila
ndi. Keksalar uchun uyushtirilgan turizm ziyorati maroqli va taassurotlarga boy o'tdi.


O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati.

👉Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/urta_chirchiq_hokimligi
Xalqaro konferensiya vakillari O‘rta Chirchiq tumanida

2022-yilning 14-16 noyabr kunlari YUNESKOning Kichik yoshdagi bolalarga g‘amxo‘rlik qilish va ta’lim berish bo‘yicha II Butunjahon konferensiyasida 150 ga yaqin davlat vakillari ishtirok etmoqdalar.

Har 10 yilda bir marotaba o‘tkazib kelinadigan mazkur forum Birlashgan millatlar tashkilotining ta’limni o‘zgartirish bo‘yicha yaqinda o‘tkazilgan sammitining mantiqiy davomi bo‘lib, u asosiy ta’limga ustuvor e’tibor qaratishga chaqiradi.


Konferensiyaning uchinchi kunidagi kun tartibida “Kichik yoshdagi bolalarni erta rivojlantirish markazlariga tashrif buyurish” doirasida 45 nafar davlat vakillari ayni damda O‘rta Chirchiq tumanidagi “Sherxon” nomli davlat xususiy sherikchilik asosidagi maktabgacha ta’lim tashkilotiga tashrif buyurdilar. Xorijlik mutaxassislar kichik yoshdagi bolalarni erta rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlar bilan yaqindan tanishib, bolajonlar bilan suhbatlar olib bordilar.


O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati.
Kichiklarning katta olamiga sayohatlar davom etmoqda..

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan o'tkazilayotgan II Butunjahon xalqaro konferensiyasi davom etmoqda.

“Kichik yoshdagi bolalarni erta rivojlantirish markazlariga tashrif buyurish”
doirasida konferensiya ishtirokchilari, Toshkent viloyati hokimligi, viloyat Maktabgacha ta'lim boshqarmasi hamda O‘rta Chirchiq tumani hokimligining tegishli mas'ullari tumandagi 7-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida bo‘ldilar.

Xorijlik mutaxassislar "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida mazkur maktabgacha ta'lim tashkiloti hududiga manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazishda o‘z hissalarini qo‘shishdi.

Shu bilan birga, qatnashchilar tomonidan mavzu yuzasidan seminar tashkil qilinib, jajji bolajonlar uchun tashkilotda yaratilgan shart-sharoitlar,MTTdagi issiqxona faoliyati bilan yaqindan tanishildi.



O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati.

👉Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/urta_chirchiq_hokimligi