O‘rta Chirchiq tumani hokimligi
5.36K subscribers
30.4K photos
3.43K videos
156 files
9.62K links
Ушбу каналда сиз Ўрта Чирчиқ туманидаги сўнгги янгиликлар, секторларда олиб борилаётган ишлар ҳақида хабардор бўласиз.
Download Telegram
Президентимиз сўзининг давомида бугун нафақат Ўзбекистон, балки дунёдаги кўплаб мамлакатлар иқлим ўзгаришларининг салбий оқибатларини яққол ҳис қилаётганини қайд этди.

Ҳаво ва сувнинг ифлосланиши, тупроқ эррозияси, чўлланиш, қазилма ёқилғиларни беҳисоб ишлатиш глобал исишга, табиий офатларнинг кўпайишига олиб келмоқда, атроф-муҳит ва аҳоли соғлиғига зарар етказмоқда.

Бунга жавобан мамлакатимизда уч йил аввал “Яшил макон” умуммиллий лойиҳаси бошланди. Қўшни мамлакатлар билан биргаликда Минтақавий иқлим стратегиясини амалга оширишга киришилди. Пойтахтимизда Марказий Осиё атроф-муҳит ва иқлим ўзгаришларини ўрганиш университети ташкил этилди.

Шунингдек, Ўзбекистон Бирлашган Миллатлар Ташкилоти томонидан бу борада қабул қилинган иккита муҳим резолюциянинг ташаббускори бўлди. Айни вақтда “яшил” энергетика иқтисодиётимиз драйверларидан бирига айланмоқда.

Эл-юртимизнинг фикр-мулоҳазалари, хоҳиш-истакларини атрофлича ўрганиб, билдирилган тавсиялардан келиб чиққан ҳолда, бу борадаги ишларни янги, янада юксак босқичга кўтариш мақсадида Президентимиз 2025 йилни юртимизда “Атроф-муҳитни асраш ва “яшил” иқтисодиёт йили” деб эълон қилишни таклиф қилди.

Йиғилганлар ушбу ташаббусни тўлиқ қўллаб-қувватладилар.

Facebook|Instagram|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘rta Chirchiq tumanida "Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar "Nurafshon" telekanali reportajida

O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | www.ortachirchiq.uz | X | TikTok | ok.ru | Murojaat | Muhokama
#subsidiya

O‘rta Chirchiq tumani va Nurafshon shahrida qurilayotgan yangi ko‘p qavatli uy-joylarni aholi tomonidan subsidiya orqali sotib olish bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘rta Chirchiq tumani hokimi o‘rinbosarlari, Moliya bo‘limi, Nurafshon shahar hokimi o‘rinbosari, qurilish-pudrat tashkiloti vakillari va subsidiya orqali uy-joy xarid qilmoqchi bo‘lgan aholisi vakillari ishtirok etdi.

Unda PF-70-sonli farmon asosida subsidiya ajratilishi uchun ariza bergan aholi vakillariga subsidiya  ajratilishi tartibi, imtiyozli kredit ajratilishi va uchrashuvga taalluqli boshqa masalalar bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, aholi vakillari tomonidan ko‘p-qavatli uy-joylarni subsidiya orqali sotib olish bo‘yicha savol va takliflar olindi va ularni ijobiy hal etish uchun tegishli tashkilotlarga topshiriqlar berildi.

O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | www.ortachirchiq.uz | X | TikTok | ok.ru | Murojaat | Muhokama
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦

Chorshanba - investitsiya, eksport masalalarini oʻrganish va sanoat zonalarida olib borilayotgan ishlar bilan tanishish kuni.

Kun dayjestida Yangiyoʻl, Nurafshon shaharlari hamda Chinoz, Oʻrta Chirchiq, Toshkent tumanlarida mazkur sohada amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishiladi.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘rta Chirchiq tumanida "Bag‘rikenglik haftaligi" yuqori saviyada o‘tkazildi.

Batafsil "Nurafshon" telekanali reportajida

O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | www.ortachirchiq.uz | X | TikTok | ok.ru | Murojaat | Muhokama
O‘rta Chirchiq tumani hokimi Ixtiyor Kasimov "Guliston" mahallasi hududidagi Xitoylik investorlar tomonidan qurilayotgan "BAI YA" mas’uliyati cheklangan jamiyati xorijiy korxonasi bo‘ldi va korxona faoliyati bilan tanishdi. Xorijiy korxona san-texnika mahsulotlarini fittinglar, trubalar, aksessuarlar ishlab chiqaradi va 50 nafar mahalliy aholini ish bilan ta’minlaydi.

O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | www.ortachirchiq.uz | X | TikTok | ok.ru | Murojaat | Muhokama
#sayyor_qabul

O‘rta Chirchiq tumanida viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘ining sayyor qabuli o‘tkazildi.


Toshkent viloyati ichki ishlar organlariga yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasida kelib tushayotgan murojaatlar mahallalar kesimida tahlil etilib, viloyatda murojaatlar ko‘p tushayotgan qizil toifadagi mahallalar ro‘yhati shakllantilgan edi. Toshkent viloyati IIBB JXX YHX boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik A.Sadirov tomonidan navbat bilan qizil toifaga kiritilgan mahallalarda sayyor qabullar o‘tkazilmoqda.

Navbatdagi sayyor qabul bugun, O‘rta Chirchiq tumanining "Qorasuv" mahallasida o‘tkazildi.

Sayyor qabulda aholining murojaatlari eshitildi va kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqish yuzasidan zaruriy chora-tadbirlar belgilanib, mutasaddi rahbarlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati


Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube | www.ortachirchiq.uz | X | TikTok | ok.ru | Murojaat | Muhokama