O‘rta Chirchiq tumani hokimligi
6.32K subscribers
30.4K photos
3.44K videos
156 files
9.64K links
Ушбу каналда сиз Ўрта Чирчиқ туманидаги сўнгги янгиликлар, секторларда олиб борилаётган ишлар ҳақида хабардор бўласиз.
Download Telegram
Uch avlod uchrashuvi

O‘rta Chirchiq tumanidagi 68- va 71-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchi-yoshlar va faxriy ustozlar hamda mehnat faxriylari bilan uch avlod uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda maktab rahbarlari, faxriy ustozlar va O‘rta Chirchiq tumani "Nuroniy" jamg‘armasi raisi Zikriya Yo‘ldashevlar so‘z olib, hayotidagi ibratli jihatlar haqida so‘zladilar va yoshlarni qiziqtirgan savollarga hayotiy misollar orqali javob berdilar.

Katta avlod vakillari yoshlarning ta’lim va tarbiya olishi borasida maktabda yaratilgan shart-sharoitlar barobarida bu yerda qizg‘in faoliyat yuritayotgan to‘garaklari ishi bilan tanishdilar. Otaxonlar va onaxonlar to‘garak ishining yoshlarni kasb va hunarga o‘rgatish borasidagi ahamiyatini yuqori baholab, bu ishlardan g‘oyat mamnun ekanliklarini izhor etdilar.

O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati

Website | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Twitter | TikTok
#Avtobus_yoʻnalishi #Yangilik

O'zbekiston Respublikasi PQ-59-sonli qarori bo'yicha Toshkent  viloyatining Angren shahar "Bunyodkor" ko'chasi bo'ylab hokimiyat oldidan 5/5 dahasigacha 1.23 yo'lning belgilangan yo'nalishli transport vositalari uchun yo'l yotiq chiziqlari chizildi hamda harakatlanish tasmasi 1.1 o'q chiziqlar bilan ajratildi.

Shu bilan birga, chorraxalarda burilish tasmasiga yetmasdan, tutashmalarga kirish va chiqish joylarida 1.1 o'q chizig'iga qo'shimcha tarzda 1.5 yo'l yotiq chiziqlari chizildi, 5.10.3 yo'l belgilari o'rnatildi.

Eng asosiysi, Angren shahrida mazkur yo'llarda avtobus harakatlanish yo'nalishini bildiruvchi "A" avtobus belgilari chizildi.

Ushbu belgilar yaqin kunlar ichida Olmaliq shahrida ham joriy qilinishi rejalashtirilgan.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘rta Chirchiq tumani hokimligi
Fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi O‘rta Chirchiq tumani hokimligida tuman hokimi Ixtiyor Kasimovning fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi. Unda hokim o‘rinbosarlari, tegishli mas’ullar hamda korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etdi. Qabul davomida fuqarolar tomonidan…
#murojaat_yechim
#qabuldan_keyin

Bugun O‘rta Chirchiq tumani hokimi Ixtiyor Kasimov aholi bilan fuqarolar qabulini o‘tkazgan edi.

Qabulda tuman hokimiga "Kuchluk" va "Usmon ota" mahallalarining bir guruh aholidi tomonidan kommunal sohalardagi muammolar yuzasidan murojaat qilingan edi.

Tushdan so‘ng, tuman hokimi murojaatni joyida o‘rganish maqsadida ikki mahalla faollari bilan "Kuchluk" mahallasi idorasida uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda faollar tomonidan ko‘tarilgan gaz, elektr energiya, ichimlik suvi va boshqa kommunal sohadagi murojaatlarni qisqa muddatlarda bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, tuman hokimining qat'iy nazoratiga olindi.

O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati

Website | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Twitter | TikTok