O‘rta Chirchiq tumani hokimligi
5.36K subscribers
28.4K photos
3.18K videos
155 files
9.01K links
Ушбу каналда сиз Ўрта Чирчиқ туманидаги сўнгги янгиликлар, секторларда олиб борилаётган ишлар ҳақида хабардор бўласиз.
Download Telegram
Samarqandda triatlon bo‘yicha Osiyo kubogi bahslariga start berildi

Samarqand eshkak eshish kanalida birinchi marta triatlon bo‘yicha "2022 Asian Triathlon Cup Samarkand” Osiyo kubogi bahslari boshlandi.

Musobaqaning ochilish marosimida Sportni rivojlantirish vaziri A.Ikromov, O‘zbekiston Respublikasi xavfsizlik kengashi kotibi, O‘zbekiston triatlon federatsiyasi raisi V.Mahmudov va viloyat hokimi E.Turdimov so‘zga chiqib, triatlon sportining mamlakatimizda rivojlanib borayotgani va sportchilarning xalqaro musobaqalardagi muvaffaqiyatli ishtirokini ta’kidladi.

Shundan so‘ng 30 davlatdan kelgan 70 nafar professional sportchi triatlonning klassik yo‘nalishi - ochiq havzada 1,5 kilometrga suzish, 40 kilometrga velopoyga, 10 kilometrga yugurish bahslariga kirishdi.

🟢Bizni kuzatib boring: @yaxshixabar
Triatlon bo‘yicha xalqaro musobaqa g‘oliblari aniqlandi

Samarqand eshkak eshish kanalida boshlangan triatlon bo‘yicha “2022 Asian Triathlon Cup Samarkand” bahslari yakunlandi.

Musobaqaning ayollar o‘rtasidagi bahsida:
🥇1-o'rin jahon triatlon federatsiyasi bayrog‘i ostida qatnashgan Tous Xeska;
🥈2-o'rin Xitoylik Xen Yu Lin;
🥉3-o'rin Vengriya vakilasi Naumi Sraszegi sazovor bo‘ldi.

Erkaklar o‘rtasidagi bahsda:
🥇1-o'rin Ispaniyalik sportchi David Kontero Del Kampo;
🥈2-o‘rin Ruminiya sportchisi Feliks Duchampt;
🥉3-o‘rin Lyuksemburg vakili Grigor Payet qo‘lga kiritdi.

Musobaqa so‘nggida g‘oliblarga diplom, medal va esdalik sovg‘alari topshirildi.

🟢Bizni kuzatib boring: @yaxshixabar
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
«Финляндия таълим стандарти бўйича бошланғич синфлар учун дарслик тайёрланди» — Шавкат Мирзиёев

Давлат раҳбари Сирдарё вилоятига ташрифи чоғида журналистлар билан мулоқот қилди. Президентнинг таъкидлашича, таълим соҳасида қилиниши керак бўлган ишлар кўп.

«Дарсликлар масаласида ҳам анча муаммо бор экан, унинг ичига кириш керак. Дарсликлар савияси ҳақида катта муҳокамалар бўлди. Финляндиянинг стандарти билан бир хилда 1-4 синфлар учун дарсликлар қиладиган бўлдик. Нимага десангиз, Финляндия халқ таълими Европа миқёсида, умуман дунёда рақобатга чидамли, кўп тажрибани ўзидан ўтказган», — деди президент.

Эслатиб ўтамиз, Халқ таълими вазирлиги келиб тушган 6229та таклиф асосида бошланғич синфлар учун янги авлод дарсликлари апробациясини бошлаганини эълон қилган эди.

https://t.iss.one/hudud_inform
#ziyorat

🔴ONLAYN

⚡️⚡️⚡️Ayni damda O‘rta Chirchiq tumani hokimining tashabbusi bilan, hokimlik, tumandagi korxona va tashkilot xodimlari hamda sohalarda ko‘p yillar samarali mehnat olib borgan keksa faxriylardan iborat jamoalar yurtimizning tarixiy qadamjolarini ziyorat qilish uchun yo‘l oldilar.

Safaringiz bexatar, ziyoratingiz ijobat bo‘lsin!


O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati.

🔍Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/urta_chirchiq_hokimligi
#ziyorat

🔴 O‘rta Chirchiq tumani hokimining tashabbusi bilan tashkil qilingan ziyorat davom etmoqda. Tumandoshlarimiz tarixiy qadamjolarni ziyorat qilmoqdalar.


O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati.

🔍Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/urta_chirchiq_hokimligi
#ziyorat

🔴 Yurtimizning tarixiy shaharlariga uyushtirilgan ziyorat sayohatidan fotolavhalar.


O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati.

🔍Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/urta_chirchiq_hokimligi
⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️

🔰Keksalar va ayollar ishtirokida Samarqandga ziyorat uyushtirildi.

👉Batafsil maqolada o‘qing


O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati.

🔍Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/urta_chirchiq_hokimligi