O‘rta Chirchiq tumani hokimligi
5.88K subscribers
30.2K photos
3.42K videos
156 files
9.57K links
Ушбу каналда сиз Ўрта Чирчиқ туманидаги сўнгги янгиликлар, секторларда олиб борилаётган ишлар ҳақида хабардор бўласиз.
Download Telegram
Audio
🟦🟦🟦

Chorshanba - investitsiya, eksport masalalarini oʻrganish va sanoat zonalarida olib borilayotgan ishlar bilan tanishish kuni.


⏺️Bekobod tumani. Avangard hududidagi “Tashkent Jingo” MCHJ tomonidan 1064 gektar maydonga tajriba tariqasida Xitoyning “Chjun Tai-2” paxta navi ekilgan boʻlib, bugun hosilning 90 foizi nest-nobud qilmasdan yigʻib olindi.

⏺️Yuqori Chirchiq tumani. Hokim oʻrinbosari U.Poʻlatov Xitoy Xalq Respublikasi, Anxoy provinsiyasidan kelgan tadbirkorlar bilan uchrashib, hamkorlik masalalarini muhokama qildi.

⏺️Angren shahri. Shahar hokimi Alisher Rayimov Xitoy Xalq Respublikasining “Base Metal International Traders Limited” MCHJ ishbilarmon doira vakillari bilan uchrashdi.

⏺️Chirchiq shahri. Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi Quyi Chirchiq tumani boʻlimi inspektorlari “Grayn” MCHJ eksportyor korxonasi tomonidan Xitoyga eksport qilinadigan dukkakli mosh mahsulotlarini saralash va qadoqlash, korxonaga qarashli omborxonalarini zararsizlantirish ishlarida amaliy yordam koʻrsatishdi.

⏺️O'rta Chirchiq tumani. Zoyir Mirzayev Oʻrta Chirchiq tumanining “Saidovul-Baxt” mahallasida mebel mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan kichik sanoat zonasida ishga turilayotgan loyihalar holati va mavjud kamchiliklar yuzasidan tadbirkorlar bilan uchrashdi.

📹 DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
"E-auksion" platformasida Toshkent viloyati hududidan 270 dan ortiq davlat mulkini ijaraga oling!

Angren shaharida 139 ta (Ko'rish)
Bekobod shaharida 8 ta (Ko'rish)
Nurafshon shahrida 9 ta (Ko'rish)
Olmaliq shahrida 8 ta (Ko'rish)
Ohangaron shahrida 1 ta (Ko'rish)
Chirchiq shahrida 7 ta (Ko'rish)
Yangiyo‘l shahrida 17 ta (Ko'rish)
Bekobod tumanida 3 ta (Ko'rish)
Bo‘ka tumanida 7 ta (Ko'rish)
Bo‘stonliq tumanida 9 ta (Ko'rish)
Zangiota tumanida 8 ta (Ko'rish)
Qibray tumanida 17 ta (Ko'rish)
Quyi Chirchiq tumanida 4 ta (Ko'rish)
Oqqo‘rg‘on tumanida 3 ta (Ko'rish)
Ohangaron tumanida 6 ta (Ko'rish)
Parkent tumanida 4 ta (Ko'rish)
Piskent tumanida 2 ta (Ko'rish)
Toshkent tumanida 3 ta (Ko'rish)
O‘rta Chirchiq tumanida 4 ta (Ko'rish)
Chinoz tumanida 7 ta (Ko'rish)
Yuqori Chirchiq tumanida 5 ta (Ko'rish)
Yangiyo‘l tumanida 7 ta (Ko'rish)

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | www.ortachirchiq.uz | X | TikTok | ok.ru | Murojaat | Muhokama
#tezkunda

Bugun "Mening yurtim-MY5" telekanali "Efirda To‘raxonov" loyihasida O‘rta Chirchiqlik orzulari osmon qiz Mukarram Akbarovaning sinovli taqdiri tasvirga olindi.

Tez kunda loyihani bu yerda tomosha qilishingiz mumkin.

O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | www.ortachirchiq.uz | X | TikTok | ok.ru | Murojaat | Muhokama
#jarayon

O‘rta Chirchiq tumani hokim o‘rinbosari-Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i G.Kushmatova, Oqila ayollar harakati yetakchisi M.Maxkamova, mahalla faollari ishtirokida ajrim yoqasiga kelib qolgan 6 ta oila o‘rganildi.

Mutasaddilar tomonidan tushuntirish ishlari olib borilib, 3 ta oila yarashtirildi. 3 ta oilaga yarashtirish choralari ko‘rilib, ikki tomon kelishib olishlari uchun muhlat belgilandi.

O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | www.ortachirchiq.uz | X | TikTok | ok.ru | Murojaat | Muhokama
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yashil_makon

O‘rta Chirchiq tumani
Agrosanoat va transport kasb-hunar maktabida “Yashil makon – bizning makon" shiori ostida ko‘chat ekish hamda "Hosil bayrami" tadbirlari bo‘lib o‘tdi.

Batafsil "Nurafshon" telekanali muxbiri Gulnora Otajonova tayyorlagan lavhada

O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | www.ortachirchiq.uz | X | TikTok | ok.ru | Murojaat | Muhokama
Ўзбекистон COP29да иштирок этади: самарали ҳамкорлик ва янги имкониятлар

Ўзбекистонда 2024 йилнинг 11–22 ноябрь кунлари Озарбайжон пойтахти Боку шаҳрида бўлиб ўтадиган Бирлашган Миллатлар Ташкилотининг Иқлим ўзгариши бўйича доиравий конвенцияси (BMT UNFCCC) иштирокчилари конференциясининг 29-сессиясига (COP29) қизғин тайёргарлик кўрилмоқда. Бу ҳақда Экология вазирлиги хабар берди.

COP29 доирасида Ўзбекистон ҳукумати томонидан ўзбек маданияти, тарихи ва ноёб муҳити асосидаги анъанавий тамойиллар ва технологияларни акс эттирувчи Миллий павильон очилади. Анъанавий ўзбек хонадони – «ҳовли» намунаси бўлган павильон йиллар давомида ҳар бир ўзбек хонадони маскани бўлиб келган ҳовли муҳитини ўз ичига олади.

Бу ерда табиат уйнинг бир қисмига айланади: узум билан қопланган яшил майдонлар соя ва қулайлик яратади, анъанавий материаллар ва қадимий қурилиш усуллари эса экологик тоза ва барқарорликни ўзида мужассам этади.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | www.ortachirchiq.uz | X | TikTok | ok.ru | Murojaat | Muhokama
#bildirish

Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashining yangi tarkibi bilan tanishing.


O‘rta Chirchiq tumani saylov komissiyasining qarori e’lon qilindi. Bunda Saylov okruglaridan Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashiga 25 nafar deputat ro‘yxatga olindi.

O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | www.ortachirchiq.uz | X | TikTok | ok.ru | Murojaat | Muhokama
#jarayon
#kuz_qish

O‘rta Chirchiq tumani elektr ta’minoti korxonasi Istiqlol ustachilik bo‘linmasi tomonidan quvvati 400kVA transformatorida montaj va tarmoqqa ulash ishlari olib borildi.

Shuningdek, Tuyabo‘g‘iz ustachilik bo‘linmasi tomonidan temir beton tayanch ustunlari o‘rnatildi.

O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | www.ortachirchiq.uz | X | TikTok | ok.ru | Murojaat | Muhokama