O‘rta Chirchiq tumani hokimligi
6.31K subscribers
28.5K photos
3.19K videos
155 files
9.03K links
Ушбу каналда сиз Ўрта Чирчиқ туманидаги сўнгги янгиликлар, секторларда олиб борилаётган ишлар ҳақида хабардор бўласиз.
Download Telegram
Oila-mehr va baxt qo‘rg‘oni

O‘rta Chirchiq tumani hokimligida Toshkent  viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Sh.Sodiqova, viloyat "Oqila ayollar" harakati raxbari M.Mamadaliyeva, Fuqarolik ishlari bo‘yicha O‘rta Chirchiq tumanlararo sudi raisi R.Abduazimov, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i G.Kushmatova va otinoyilar, psixologlar ishtirokida fuqarolik sudlarida nizolashayotgan, ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar bilan oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyalari muhokamalari bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi.

Unda har bir oilaga alohida yondashuv asosida mutaxassislar jalb etilib,oilaviy munosabatlarning diniy, huquqiy, psixologik jihatlari tushuntirib o‘tildi. Shuningdek, mahalla faollari va "Oqila ayollar" harakatining joylardagi vakillari bilan kelgusida bajarilishi rejalashtirilgan vazifalar muhokama qilindi.

O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | www.ortachirchiq.uz | X | TikTok | ok.ru | Murojaat | Muhokama
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tashabbusli_budjet

Tashabbusli byudjet: Yo‘llar ravon, manzillar obod

O‘rta Chirchiq tumani "Mash'al" mahallasi uchta ko‘chasi "Tashabbusli budjet" loyihasi doirasida asfaltlandi.

Batafsil "Sevimli" telekanali muxbiri Dilobar Xoliqova reportajida

O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube | ortachirchiq.uz | X | TikTok | ok.ru | Murojaat | Muhokama
e-auksion.uz platformasi orqali Toshkent viloyati hududida 3400 dan ortiq ko‘chma savdo joylarini sotib oling!

Angren shahrida 607 ta (Ko‘rish)
Bekobod shahrida 242 ta (Ko‘rish)
Nurafshon shahrida 519 ta (Ko‘rish)
Olmaliq shahrida 245 ta (Ko‘rish)
Ohangaron shahrida 301 ta (Ko‘rish)
Chirchiq shahrida 18 ta (Ko‘rish)
Yangiyo‘l shahrida 160 ta (Ko‘rish)
Bekobod tumanida 135 ta (Ko‘rish)
Bo‘ka tumanida 95 ta (Ko‘rish)
Bo‘stonliq tumanida 37 ta (Ko‘rish)
Zangiota tumanida 9 ta (Ko‘rish)
Qibray tumanida 9 ta (Ko‘rish)
Quyi Chirchiq tumanida 189 ta (Ko‘rish)
Oqqo‘rg‘on tumanida 136 ta (Ko‘rish)
Ohangaron tumanida 137 ta (Ko‘rish)
Parkent tumanida 57 ta (Ko‘rish)
Piskent tumanida 124 ta (Ko‘rish)
Toshkent tumanida 1 ta (Ko‘rish)
O‘rta Chirchiq tumanida 117 ta (Ko‘rish)
Chinoz tumanida 197 ta (Ko‘rish)
Yuqori Chirchiq tumanida 59 ta (Ko‘rish)
Yangiyo‘l tumanida 16 ta (Ko‘rish)

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | www.ortachirchiq.uz | X | TikTok | ok.ru | Murojaat | Muhokama
#obodonlashtirish

Mustaqillik bayramining 33 yilligini munosib va bayramona kayfiyatda kutib olish maqsadida, O‘rta Chirchiq tumanining barcha hududlarida "Mening hududim obod manzilga aylanadi!" shiori ostida "Dolzarb 15 kunlik" tadbirlari doirasida obodonlashtirish, tozalash, tartibga keltirish ishlari olib borilmoqda.

Xususan, kuni kecha tumandagi barcha ta'lim muassasalarida obodonlashtirish ishlari olib borilib, hududlar tozalandi.

O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | www.ortachirchiq.uz | X | TikTok | ok.ru | Murojaat | Muhokama
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha yangi yondashuv

Joriy yilning 14-avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev kambag‘allikni qisqartirish va ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirish chora-tadbirlariga oid taqdimot bilan tanishdi.

Unda kelgusi uch yilda kambag‘allik darajasini 11 foizdan 7 foizga qisqartirish maqsad qilinganligini davlat rahbari aytib o‘tdi.

O‘rta Chirchiq tumani "Yuqoriovul" mahallasida yashovchi G‘affor Yusupov xonadoni ijtimoiy himoya muhtoj bo‘lib, qizi II-guruh nogironi, o‘zida esa eshitish bilan bog‘liq muammo bor edi.

Mahalladagi hokim yordamchisi Komila Jumanazarova tomonidan oilaning muammolari o‘rganilib, G‘affor aka doimiy ishga joylandi va oilaga qoramol berildi.

Batafsil "Sevimli" telekanali "Yangi zamon" dasturi uchun maxsus Ihtiyor Siddiqov reportajida

O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube | www.ortachirchiq.uz | X | TikTok | ok.ru | Murojaat | Muhokama
#bildirish

Yaqin kunlarda hududimizda hamdo‘stlik davlatlarida yagona bo‘lgan "Mobil angeograf" ish boshlaydi


Ko‘chma kardiojarrohlik majmuasi tez kunlarda O‘rta Chirchiq, Ohangaron, Piskent, Bo‘ka tumanlari va Nurafshon, Olmaliq, Ohangaron shaharlari aholisiga xizmat ko‘rsatishni boshlaydi.

Ish vaqti 08:00 dan 18:00 gacha

Aholining ijtimoiy yordamga muxtoj qatlami, I-II-guruh nogironlari va urush qatnashchilari uchun xizmat bepul.

Profilaktik tekshiruv qilmoqchi bo‘lgan aholi uchun pullik xizmat tashkil qilingan.

55 yoshdan oshgan kardiologda D hisobda turadigan bemorlarni O‘rta Chirchiq tumani ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi kardiolog shifokoriga +998993633415 murojaat qiling.

O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube | www.ortachirchiq.uz | X | TikTok | ok.ru | Murojaat | Muhokama
#tashabbusli_budjet

O‘rta Chirchiq tumani hokimi
I.Kasimov "Burgalik" mahallasi 11-umumta’lim maktabidagi "Tashabbusli budjet" loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan qurilish-tamirlash ishlari bilan tanishdi va mutasaddilarga tamirlash ishlarini qisqa muddatda, sifatli yakunlash bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Ayni paytda ushbu maktabning 4 ta binosi, oshxonasi va sport zali joriy ta’miri uchun 1 milliard 300 million so‘m mablag ajratilgan bo‘lib, qurilish-tamirlash ishlari "Asl-Diyor qurilish" MCHJ korxonasi tomonidan amalga oshirilmoqda.

O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube | ortachirchiq.uz | X | TikTok | ok.ru | Murojaat | Muhokama