O‘rta Chirchiq tumani hokimligi
5.9K subscribers
28K photos
3.12K videos
154 files
8.87K links
Ушбу каналда сиз Ўрта Чирчиқ туманидаги сўнгги янгиликлар, секторларда олиб борилаётган ишлар ҳақида хабардор бўласиз.
Download Telegram
"E-auksion" platformasida 130 ta sotuvda mavjud bo‘lgan Davlat aktivlarini sotib oling!

Angren shahri 8 ta (Ko‘rish)
Bekobod shahri 9 ta (Ko‘rish)
Nurafshon shahri 4 ta (Ko‘rish)
Olmaliq shahri 6 ta (Ko‘rish)
Ohangaron shahri 4 ta (Ko‘rish)
Chirchiq shahri 1 ta (Ko‘rish)
Yangiyo‘l shahri 1 ta (Ko‘rish)
Bekobod tumani 6 ta (Ko‘rish)
Bo‘ka tumani 3 ta (Ko‘rish)
Bo‘stonliq tumani 17 ta (Ko‘rish)
Qibray tumani 3 ta (Ko‘rish)
Quyi Chirchiq tumani 10 ta (Ko‘rish)
Oqqo‘rg‘on tumani 6 ta (Ko‘rish)
Ohangaron tumani 11 ta (Ko‘rish)
Parkent tumani 8 ta (Ko‘rish)
Piskent tumani 6 ta (Ko‘rish)
Toshkent tumani 4 ta (Ko‘rish)
O‘rta Chirchiq tumani 4 ta (Ko‘rish)
Chinoz tumani 5 ta (Ko‘rish)
Yangiyo‘l tumani 8 ta (Ko‘rish)

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | ortachirchiq.uz | X | TikTok | ok.ru | Murojaat | Muhokama
#zakovat
#5_tashabbus_olimpiadasi

Yoshlar ishlari agentligi O‘rta Chirchiq tumani bo‘limi, Axborot-kutubxona markazi hamkorlikda yoshlar ishtirokida Besh tashabbus olimpiadasi doirasida "Zakovat" intelektual o‘yinining tuman bosqichi o‘tkazdi.

Qizg’in, do‘stona bahs munozaralarga boy o‘tgan o‘yinda g‘olib jamoalar tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube | ortachirchiq.uz | X | TikTok | ok.ru | Murojaat | Muhokama
#yoshlar_dasturi

O‘rta Chirchiq tumani prokurori U.Kamilov biriktirilgan yoshlar bilan ishlash mexanizmini samaradorligini oshirish, yoshlarni qiynab kelayotgan va yechimini kutib turgan bir qator masalalarni o‘rganish yuzasidan mas’ullar va yoshlar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi.


Bandligi ta’minlanmagan yoshlarni bilim va hunar salohiyatidan kelib chiqib o‘zlariga munosib bo‘lgan ishlarga joylashishi, jinoyatchilik va huquqbuzarlikka moyil va qat’iy ro‘yxatdagi yoshlarni ro‘yxatdan chiqarish asosiy vazifalar hisoblanadi.

Ushbu yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar, berilayotgan imkoniyatlar yuzasidan prokuror tomonidan yoshlarga batafsil tushuntirishlar berildi. Yoshlar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar, ularning muammolari yuzasidan tegishli tuman tashkilotlari vakillariga aniq muddatli topshiriqlar berilib, ijrosi prokurorning nazoratiga olindi.

O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube | ortachirchiq.uz | X | TikTok | ok.ru | Murojaat | Muhokama
O‘rta Chirchiq tumani mahallalarida sodir etilgan jinoyatlar yuzasidan muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda tuman hokimi I.Kasimov, "Kim Pen Xva", "Gulobod", "Yo‘ng‘ichqoli", "Yangi turmush", "Saidovul-Baxt" va "Farovon" mahallalari yettiligi va faollar ishtirok etdi.


Muhokamalarda jinoyatlarni yuzaga keltirgan omillar va shart-sharoitlar, yoshlarning bemaqsad yurishlari, o‘zgalar ishonchini suiste’mol qilish va boshqa sabablar bo‘lgani aytib o‘tildi, boz ustiga mahalla faollari ham aholiga o‘z vaqtida tushuntirish-targ‘ibot ishlarini olib borganda, foydadan xoli bo‘lmasligi ta’kidlandi.

Shuningdek, tuman hokimi jinoyatlarni sodir etganlarning foydali ish bilan shug‘ullanmaganini nahotki, faollar bilmasligi, ularni ish bilan yoki kredit asosida bandligini ta’minlash choralari ko‘rilganda ehtimol ushbu jinoyatlarning oldi olingan bo‘lishi aytib o‘tildi.

O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube | ortachirchiq.uz | X | TikTok | ok.ru | Murojaat | Muhokama
#YARMARKA

Har bir mahallalarda yarmarkalar o`tkazilayapti

O'rta Chirchiq tumani "Uyg'ur" MFYda tuman Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limi tomonidan ishsiz fuqarolar bandligini ta’minlash tadbirkorlik subyektlari faoliyatini yanada rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, tadbirkorlik qilish va mikroloyihalarni amalga oshirish istagida bo‘lganlarga qulay shartlarda kredit rasmiylashtirish kabi masalalar yuzasidan bo‘sh ish o‘rinlari "Mehnat yarmarkasi" tashkil etildi.

Yarmarkada ishtirok etgan korxona va tashkilotlar o'zlarida mavjud 87 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi. O‘tkazilgan tadbir davomida 12 nafar fuqaro, shundan 7 nafari yoshlar 4 nafar ayollar ishga joylashtirildi, 3 nafariga kasbga o‘qitish uchun yo‘llanmalar berildi.

Telegram|YouTube|Facebook