O‘rta Chirchiq tumani hokimligi
5.41K subscribers
28.3K photos
3.17K videos
155 files
8.96K links
Ушбу каналда сиз Ўрта Чирчиқ туманидаги сўнгги янгиликлар, секторларда олиб борилаётган ишлар ҳақида хабардор бўласиз.
Download Telegram
Audio 01.03.2024
<unknown>
🟦🟦🟩🟩

Juma – qurilish sohasidagi muammolarni oʻrganish, investitsiya obyektlarida qurilish jarayonlari bilan tanishish kuni.

🔘Bekobod tumani. "Do’stlik" kanali bosh inshootini rekonstruksiya va modernizatsiya qilishning 4-bosqich ishlari tegishli mas'ullar tomonidan o’rganildi.

🔘Yangiyo’l shahri. Qurilish ishlari hajmi ortib bormoqda.

🔘Chinoz tumani. Tumanda oqava suv tizimi va inshootlarini rekonstruksiya qilish rejalashtirilmoqda.

🔘O’rta Chirchiq tumani. Tuman hokimi "Guliston" mahallasida amalga oshirilayotgan ko‘prik va yo‘l qurilishi ishlari bilan yaqindan tanishdi.

🔘Nurafshon shahri. Markaziy ko'chalarda qurilish, obodonlashtirish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
#yoshlar_dasturi
#zakovat

O‘rta Сhirchiq tumani prokurori U.Kamilov tashabbusi bilan “Zakovat” intellektual o‘yinini aholi va yoshlar orasida ommalashtirish maqsadida "Tuman prokurori kubogi" o‘tkazildi.

“Yangi O‘zbekiston yoshlari - jinoyatchilikka qarshimiz!” mavzusida o‘tkazilgan ushbu bilimlar bellashuvida 29 ta maktabdan 200 nafardan ortiq o‘quvchilar ishtirok etishdi.

"Zakovat" o‘yinlari davomida bilim-salohiyati, o‘tkir zehni va chaqqonligi, boshqa ishtirokchi jamoalardan musobaqa boshidan ajralib turgan tumanda faoliyat olib borayotgan 72-IDUM jamoasi 1-o‘rinni egallagan bo‘lsa, 2-o‘rinni 44-maktab, 3-o‘rinni 30-maktab jamoalari egallashdi.

Mazkur yo‘nalishdagi tadbirlar avvalo yoshlarni bilim va salohiyatini oshirish, vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ularda vatanparvarlik hissini kuchaytirish maqsadida o‘tkazilib kelinmoqda.

O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | ortachirchiq.uz | X | TikTok
Куни кеча Ўрта Чирчиқ тумани "Тараққиёт" маҳалласида маҳалла фаоллари иштирокида ҳашар ташкил этилди

Ҳашарда Салим Пўлатов кўчасининг салкам 3 километр йўли таъмирланиб, тош-шағал ётқизиш ишларига маҳалланинг фаоллари бош-қош бўлишди. Аҳоли эса ҳашарда фаол иштирок этишиб, ободонлаштириш ишларига ўз ҳиссаларини қўшишди.

Албатта халқимизда бир доно мақол бор, "Ҳашар элга ярашар". Шу пурмаъно мақолга амал қилиб, давлатдан ёрдам кутмаган тараққиётликларга тасанно!

▫️@mashal_gzt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#davlat_dasturi_ijrosi

"O‘zbekiston – 2030" strategiyasining "Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi doirasida "Zakovat" intellektual o‘yini o‘tkazildi

Batafsil "O‘zbekiston 24" teleradiokanalining "Axborot 24" informatsion dasturida

O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | ortachirchiq.uz | X | TikTok
Prezidentimizning 2021-yil 21-iyundagi “Respublika hududlarida mebelsozlik sanoatini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan O‘rta Chirchiq tumanining "Saidovul-Baxt" mahallasida mebel mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kichik sanoat zonasi tashkil etilishi belgilangan.

Toshkent viloyati hokimi Z.Mirzayev, viloyat prokurori S.Eshquvvatov, O‘rta Chirchiq tumani hokimi I.Kasimov, sektor rahbarlari, mutasaddilar va tadbirkorlar ishtirokida ushbu sanoat zonasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar taqdimoti bilan tanishildi.

Xususan, bosh reja asosida qurilish ishlarini olib borish, qurilish standartlariga rioya etish, "Yashil makon" va yer maydolaridan unumli foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Bundan tashqari "Turkiston" mahallasi hududida tashkil etilayotgan mebelchilikka ixtisoslashgan mikromarkazda bilan ham tanishdi.

O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | ortachirchiq.uz | X | TikTok