O‘rta Chirchiq tumani hokimligi
6.31K subscribers
28.5K photos
3.19K videos
155 files
9.03K links
Ушбу каналда сиз Ўрта Чирчиқ туманидаги сўнгги янгиликлар, секторларда олиб борилаётган ишлар ҳақида хабардор бўласиз.
Download Telegram
O‘rta Chirchiq tumanida Xalqaro rivojlantirish assosiatsiyasining mablag‘lari evaziga "Sinoway Tekar" MChJ qo‘shma korxonasi tomonidan 4N 709 Balandko‘prik-Beshboy yo‘nalishining 6 kilometrida mukammal ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Bugun tuman hokimi "Guliston" mahallasida amalga oshirilayotgan ko‘priklar va yo‘l qurilishi ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Shuningdek, tumani hokimi
muammoli yoshlar bilan yakka tartibda uchrashib, ularning muammolarini tinglaganda, "Guliston" mahallasida yashovchi tug‘ma nogiron Turdibek Shaxzotovning yashayotgan uyini ta’mirlab berishini va’da bergan edi. Bugun tuman rahbari Turdibek Shaxzotov bilan uning ta’mirlangan uyida korishib, undan habar oldi.

O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube | ortachirchiq.uz | X | TikTok
Viloyat hokimi kubogi-2024”

Toshkent viloyatidagi boshqarma, korxona va tashkilot xodimlari o‘rtasida sportning mini-futbol turi bo‘yicha “Viloyat hokimi kubogi” sport musobaqasiga start berildi.

Musobaqaning dastlabki bosqichidan o‘rin olgan uchrashuvda O‘rta Chirchiq tumani Ichki ishlar bo‘limi jamoasi Nurafshon shahar Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi jamoasi bilan kuch sinashib 6-0 hisoboda yirik g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Musobaqani biz bilan kuzating!

O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | ortachirchiq.uz | X | TikTok
#bildirish

O‘rta Сhirchiq tumani elektr ta’minoti korxonasi Sizlarga shuni ma’lum qiladiki, O‘rta Chirchiq tumaniga kirib keluvchi L-DK-110 kV tarmog‘ida yuklamani keskin oshishi natijasida bugun soat 16:00 ga qadar "Qorasuv", "Galabotir", "O‘rtaovul", "Mingtepa", "Burgalik", "O‘rtabo‘z", "Uyg‘ur", "Taraqqiyot", "Yangiyo‘l", "Do‘stlik", "Adolat", "Oltio‘g‘il", "Qunduzak", "Yoriq", "Darhon", "Kuchlik", "Yangiobod", "Boyovul", "Rovatak", "Fayzobod", "Guliston" va "Farovon" mahallalarida elektr energiyasida vaqtincha kuchlanish bo‘lmaydi.

Murojaat uchun telefonlar
+998951951460
+998951951467

O‘rta Сhirchiq tumani elektr ta’minoti korxonasi yuzaga  kelgan noqulayliklar uchun aholidan uzr so‘raydi.

O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | ortachirchiq.uz | X | TikTok
Yeryong‘oqchilikning Yangilikcha tajribasi

O‘rta Chirchiq tumani "Yangilik" mahallasida yashovchi Zohid Rahmonqulov 2004-yildan buyon yeryong‘oq yetishtirish bilan shug‘ullanadi.

2004-yilda oilaviy tadbirkorlikni boshlagan Zohid aka 10-15 gektar yerni ijaraga oladi va yeryong‘oq ekib, yetishtiradi. Shuningdek, mahalladagi fermer xo‘jaliklaridan ham yeryong‘oq sotib oladi.

Xonadonda tashkil etilgan korxonada haftasiga 7-10 tonna yeryong‘oqni qayta ishlab chiqarilib, Qozog‘iston va Rossiyaga eksport qilinadi.

Korxonada 10 nafar mahalla aholisi ish bilan ta'minlangan. Ishlab chiqarishni kengaytirishirish maqsadida, mahalladagi hokim yordamchisi Anvar Xonto‘rayevning tavsiyasi bilan yaqindagina 100 million so‘mlik kredit ajratildi.

Oilaviy tadbirkor haqida "O‘zbekiston" teleradiokanali "Agroolam" teledasturida efirga uzatilgan ko‘rsatuvni bu yerda tomosha qilishingiz mumkin.

O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | ortachirchiq.uz | X | TikTok