O‘rta Chirchiq tumani hokimligi
5.21K subscribers
27.8K photos
3.09K videos
154 files
8.8K links
Ушбу каналда сиз Ўрта Чирчиқ туманидаги сўнгги янгиликлар, секторларда олиб борилаётган ишлар ҳақида хабардор бўласиз.
Download Telegram
Mahsulotlar mahalliylashtirilmoqda

“Sanfa products” MCHJ korxonasi 2009-yilda O‘rta Chirchiq tumanida tashkil topgan. Ayni paytda korxonada qurilish materiallari sohasidagi juda ko‘plab mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.

Shunday mahsulotlardan biri mamlakatimiz iqtisodi uchun juda muhim bo‘lgan va import o‘rnini bosuvchi linolium pol qoplamasining hamma turini hamda mexmonxonalar uchun maxsus choyshab, zamonaviy sifatli sintetik tolali qoplamalar ishlab chiqarish ham yo‘lga qo‘yilgan.

Korxonada o‘tgan yilda 4 million AQSh dollarilik mahsulotni Rossiya va Yevropa davlatlariga eksport qilinmoqda.

Toshkent viloyati hokimi Z.Mirzayev, tuman hokimi I.Kasimov, sektor rahbarlari va mutasaddilar korxona faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Viloyat hokimi korxona rahbari T.Yunusxodjayev bilan suhbatda eksport hajmini oshirish, ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha tavsiya va maslahatlar berdi.

O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | ortachirchiq.uz | X | TikTok
#rasmiy
#tayinlov

Oʻrta Chirchiq tumani Qurilish ba uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimi bosh arxitektori tayinlandi


Umarov Bexzod Baxodir o‘g‘li - Oʻrta Chirchiq tumani Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimi bosh arxitektori lavozimiga tayinlandi.

Maʼlumot oʻrnida: B.Umarov 1994-yilda Oʻrta Chirchiq tumanida tugʻilgan. Toshkent arxitektura va qurilish institutini tamomlagan. U faoliyati davomida kadastr va arxitektura sohalarida ishlagan.

Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar, O‘rta Chirchiq tuman hokimining "Chegara" mahallasida tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taminlash va kambag‘allikdan chiqarish masalalari bo‘yicha yordamchisi vazifasida ishlab kelayotgan edi.

O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube | ortachirchiq.uz | X | TikTok
#oziq_ovqat_xavfsizligi

O‘rta Chirchiq tumani hokimi Ixtiyor Kasimov "Yangiyo‘l" mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi "Avangard agro impex" mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan 2 gektar maydonda Turkiya texnologiyasi asosida tashkil etilgan issiqxona faoliyatini o‘rgandi. Malumot uchun issiqxonada barcha ishlar raqamlashtirilgan holda bajariladi.

Tuman hokimi korxona rahbari bilan suhbatda issiqxonadagi mavjud muammolar, yetishtirilayotgan mahsulotning ichki va tashqi bozorga yetkazilib berilishi holatini o‘rgandi. Issiqxonada hozirgi kunda pomidor yetishtirilishi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib mavsumda 7 marta hosil olingan.

O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube | ortachirchiq.uz | X | TikTok
Ob-havoning keskin o‘zgarishi tufayli kommunal sohada va ijtimoiy obyektlarda ko‘plab muammolar yuzaga kelishi mumkinligini inobatga olib, O‘rta Chirchiq tumani hokimi I.Kasimov 37-maktab, foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan 11-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti va 57-oilaviy poliklinikada bo‘lib, isitish tizimi hamda muassasalar faoliyatini tanqidiy o‘rgandi va aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha mutasaddilarga qat’iy topshiriqlar berdi.

Ayni kunlarda iste’molchilarni elektr energiya, tabiiy gaz va ichimlik suviga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, talab ortishi natijasida vujudga kelishi mumkin muammolarni oldini olish borasida ko‘rilgan choralarni o‘rganish yuzasidan tuman prokurori U.Kamilov Elektr, Gaz va Suv ta’minoti korxonalarida bo‘lib, murojaatlarni qabul qilish dispetcherlik bo‘limi, qo‘ng‘iroqlarni qabul qilish kitoblari yo‘riqnoma asosida yuritilayotganligini o‘rgandi.

O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube | ortachirchiq.uz | X | TikTok