O‘rta Chirchiq tumani hokimligi
5.38K subscribers
28.4K photos
3.18K videos
155 files
8.99K links
Ушбу каналда сиз Ўрта Чирчиқ туманидаги сўнгги янгиликлар, секторларда олиб борилаётган ишлар ҳақида хабардор бўласиз.
Download Telegram
#Matbuot #Hamkorlik

Milliy kontent yaratish yo‘lida: Toshkent viloyatida OAV bilan hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarish bo‘yicha dolzarb vazifalar belgilab olindi

Batafsil

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
O‘rta Chirchiq tumani "Mustaqillik" mahallasidagi Rossiyaning "JFM LEGA GROUP" MChJ xorijiy korxonasi 2021-yilda o‘z ish faoliyatini boshlagan.

Korxona qurilish mahsulotlari uchun qo‘shimcha homashyolar ishlab chiqarib, o‘tgan yilda 3 million AQSH dollarlik mahsulotni xorijga eksport qilgan. Loyihaning umumiy qiymati 18,5 million AQSH dollari bo‘lib, yiliga ichki va tashqi bozorlarga 1000 tonna qurilish mahsulotlari uchun qo‘shimcha homashyolarni chiqaradi.

Toshkent viloyati hokimi Z.Mirzayev, tuman hokimi I.Kasimov, sektor rahbarlari va mutasaddilar korxonada bo‘lib, faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek viloyat rahbari korxona rahbari M.Mahmudov bilan suhbatda kelgusida korxona ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirish, mahsulotning eksport hajmini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha tavsiya va maslahatlar berdi.

O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | ortachirchiq.uz | X | TikTok
Fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi

O‘rta Chirchiq tumani Davlat xizmatlari markazida tuman hokimi Ixtiyor Kasimovning navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.
Unda tuman prokurori U.Kamilov, Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i A.Sultonov, hokim o‘rinbosarlari, tegishli mas’ullar hamda korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan elektr energiya, gaz, ichimlik suvi, yo‘l va boshqa kommunal sohadagi muammolar, uy-joy olish, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish, sog‘liqni saqlash, moddiy yordam, bola puli, subsidiya olish, pensiya, bandlik, ta’lim kabi 50 dan ortiq muammolar boʻyicha murojaatlar tinglandi.

12 ta murojaatlar qabul jarayonida ijobiy yechimini topib, joyida hal etildi. Muddat talab etilgan muammolar joyiga chiqib o‘rganilishi lozim bo‘lganligi sababli tuman hokimi tegishli mas’ullarga ijobiy yechim topish yuzasidan topshiriqlar berildi.

O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube | ortachirchiq.uz | X | TikTok