O‘rta Chirchiq tumani hokimligi
5.36K subscribers
30.4K photos
3.43K videos
156 files
9.62K links
Ушбу каналда сиз Ўрта Чирчиқ туманидаги сўнгги янгиликлар, секторларда олиб борилаётган ишлар ҳақида хабардор бўласиз.
Download Telegram
Диққат, сўровнома!

ЭНГ ФАОЛ ҲОКИМ ЁРДАМЧИСИГА ОВОЗ БЕРИНГ!

🔘"Ёшлар кундалиги" йилнинг энг яхшиларини аниқлашда давом этади. Юқоридаги суратда вилоятимиз маҳаллаларида самарали фаолият юритаётган ҳоким ёрдамчилари ўрин олган.

⚡️Сизнингча, қайси ҳоким ёрдамчиси йилнинг энг яхшиси бўлишга лойиқ? Муносибларни қўллаб-қувватланг.

Сўровнома  30 октябрь куни соат 18:00 га қадар давом этади.

Сўровнома ҳомийси:
"ЖАННАТ МАКОН" мебел компанияси

🎁Энг кўп овоз тўплаган иштирокчи йил якунида ҳомийимизнинг махсус совғаси билан тақдирланади.

ОВОЗ БЕРИШ УЧУН
#umumxalq_hashari
#yashil_makon

28-29-oktyabr kunlari
Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayevning tashabbusi bilan kuzgi daraxt ekish mavsumini yuqori saviyada tashkil etish uchun "Yangi O'zbekiston- yashil makonda birga yashaylik" shiori ostida umumxalq hashari tashkil etildi.

Xususan, O'rta Chirchiq tumani Agrosanoat va transport kasb-hunar maktabida ham umumxalq hashari o'tkazilib, maktab hududi obodonlashtirildi hamda 1000 tup terak, 60 tup archa va 100 tup manzarali ko'chatlar ekildi.

O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati

Website | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Twitter | TikTok
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yoʻl_harakati_xavfsizligi_tadbirlari

Toshkent viloyati avtomobil qatnov yoʻllarida harakat xavfsizligini taʼminlash borasida viloyat IIBB Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi masʼullari tomonidan qator tadbirlar olib borilmoqda.

Jumladan, qoidalarni chetlab oʻtgan piyodalarga yoʻldan toʻgʻri oʻtish tartibini tushuntirish, shuningdek, ota-onalarni bu borada farzandlariga yanada ehtiyotkor boʻlishi xususidagi bilimlarini oshirish maqsadida, ayni kunlarda "Diqqat, piyoda!" profilaktik tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#umumxalq_hashari
#yashil_makon

28-29-oktyabr kunlari Toshkent viloyatida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida "Yangi O‘zbekiston- yashil makonda birga yashaylik!" shiori ostida umumxalq hashari tashkil etildi.

O‘rta Chirchiq tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi umumta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida “Maktabni yashil maskanga aylantiramiz” shiori ostida daraxt ko‘chatlarini ekish aksiyalari o‘tkazildi.

Umumta’lim maktablarida loyiha doirasida yangi bog‘lar tashkil etish maqsadida ko‘chatlar o‘tqazildi. Yuqori sinf o‘quvchilari tomonidan “Mening birinchi ekkan niholim” aksiyasi o‘tkazilib, har bir ko‘ngilli o‘quvchi-yoshlar o‘zlarining ilk nihollarini maktab bog‘ida ekishdi.

Umumxalq hashari kunlari muassasa hududlari obodonlashtirildi hamda 1000dan ortiq terak, 200 tup archa, 500dan mevali daraxtlar va 2000dan gul ko‘chatlar ekildi.

O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati

Website | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Twitter | TikTok
Toshkent viloyatida tashkil etilgan “Besh tashabbus olimpiadasi” 2-mavsumi doirasidagi voleybol bo‘yicha viloyat bosqichi musobaqasi yakunlandi.

Birinchi kungi g‘olib va sovrindor jamoalar

22-26 yosh o‘g‘il bolalar:
1-o'rin O‘rta Chirchiq tumani
2-o'rin Ohangaron shahar
3-o'rin Piskent tumani

G‘olib va sovrindorlar Toshkent viloyati Yoshlar siyosati  va sport boshqarmasining diplom va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.

O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati

Website | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Twitter | TikTok