O‘rta Chirchiq tumani hokimligi
6.32K subscribers
28.5K photos
3.19K videos
155 files
9.04K links
Ушбу каналда сиз Ўрта Чирчиқ туманидаги сўнгги янгиликлар, секторларда олиб борилаётган ишлар ҳақида хабардор бўласиз.
Download Telegram
Yoshlarga jihozlar taqdim qilindi

O'rta Chirchiq tumani hokimi Ixtiyor Qosimovning tashabbusi bilan bugun "Yoshlar daftari"da ro'yxatda turuvchi 11 nafar yigit-qizlarga o'zini-o'zi band qilishlari hamda tadbirkorlik bilan shug'ullanishlari uchun turli xildagi texnik asboblar olib berilib, topshirildi.

Jumladan tuman rahbari boshchiligida yoshlarga taqdim qilingan tikuv mashina, komyuter va rangli printer, motokultuvator, fotoapparat, payvandlash uskunasi, komprestor, drel hamda sartaroshlik anjomlari kabi qimmatbaho uskuna-jihozlar endi ularning oilasi ro'zg'origa qo'shimcha daromad topishlari, shu bilan birga ish bilan ta'minlanishlari yo'lida xizmat qiladi.


O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati.

👉Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/urta_chirchiq_hokimligi
#etibor

Tug‘ilgan kun muborak!

🔰Bugun O‘rta Chirchiq tumani hokimining qurilish masalalari bo'yicha o'rinbosari Abdug'ani Avazovning tavallud topgan kuni munosabati bilan tuman hokimi tomonidan tabriklash daqiqasi tashkil qilindi.

🎉Tuman hokimi Abdug'ani Avazovga sog‘lik-salomatlik, kelgusi ishlarida omadlar yor bo‘lishini tilab, bunday salohiyatli kadrlar yurtimiz ravnaqiga salmoqli hissa qo‘shayotgani, hokimlikning qurilish yo'nalishida olib borayotgan samarali faoliyati har qancha maqtovga munosib ekanligini aytib o‘tdi. Shu bilan birga, esdalik sovg‘alarini taqdim qildi.

Hokim o‘rinbosarlari, bo'lim boshliqlari ham dildan chiqqan samimiy tilaklarini bildirdilar.


O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati.

👉Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/urta_chirchiq_hokimligi
#qish_mavsumi_jarayonlar
#elektr_energiyasi

💡O'rta Chirchiq tuman Elektr tarmoqlari korxonasi "Bektemir" ustachilik bo'limi mutaxassislari tomonidan tumandagi "Yangi turmush" mahalla fuqarolar yig'ini Fider sholichilik 6 kV TP-92 ni yuklamada ishlab kelganligi ta'sirida shikastlangan kabeldagi nuqsonlar ko'zdan kechirilib, aniqlangan nosozliklar bartaraf etildi.

🔌Shuningdek, "Tuyabo'g'iz" ustachilik bo'limi xodimlari 1272-naryadga asosan, f-r Guliston TP-100 da, f-r 1,2 da joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.


O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati.

👉Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/urta_chirchiq_hokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bayram_tuhfasi

🔰O‘rta Chirchiq tuman yoshlariga ilk bor O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi ekanligini tasdiqlovchi hujjat – ID – kartalar tantanali ravishda topshirildi.


O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati.

👉Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/urta_chirchiq_hokimligi
Chempionlar ehtirom ila kutib olindi

🥇Bugun Toshkent shahridagi Janubiy vokzaldan "Besh tashabbus" olimpiadasining ikkinchi mavsumi doirasidagi Respublika final musobaqasida sportning stritbol turi bo'yicha 22-26 yoshlar o'rtasida bo'lib o'tgan murosasiz bahslarda 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, g‘olib bo‘lgan O'rta Chirchiq tumani, "Turkiston" mahallasining chempion yoshlari faxr va ehtirom ila kutib olindi.

🔰Tuman hokimligining mutasaddi rahbarlari, Yoshlar ishlari agentligining tuman bo‘linmasi, Sport bo‘limi hamda sportchi yigitlarning oila a'zolari, mahalladoshlari yig‘ilib, g‘alaba egalarini samimiy tilaklar bilan tabrikladilar, ularga keyingi musobaqalarda ham ulkan muvaffaqiyatga erishishlarini tiladilar.

🎉Tadbir davomida tuman hokimining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Anvar Xonto‘rayev so‘zga chiqib, chempionlarga tuman hokimining sovg‘alarini topshirdi.


O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati.

🔍Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/urta_chirchiq_hokimligi