O‘rta Chirchiq tumani hokimligi
5.5K subscribers
28.1K photos
3.13K videos
154 files
8.89K links
Ушбу каналда сиз Ўрта Чирчиқ туманидаги сўнгги янгиликлар, секторларда олиб борилаётган ишлар ҳақида хабардор бўласиз.
Download Telegram
Paxta hosilida natijaga erishganlar taqdirlandi

Bugun O'rta Chirchiq tumani hokimligida tuman hokimi Ixtiyor Kasimovning tashabbusiga ko'ra, sektor rahbarlari ishtirokida 2022-yil paxta hosilini serg'ayratlilik bilan eng birinchilardan bo'lib bajargan qishloq xo'jaligi sohasining vakillari taqdirlandilar.

Tuman rahbari paxtachilikda yuqori hosildorlikka erishgan,zaminimizning unumdor tuprog'i, qut-baraka yog'rilgan dalalaridan katta hosil olib, shijoat ila ortig'i bilan hosil yiqqan fermer xo'jalik rahbarlari, hudud raislari, paxta shtabi hamda "Madad guruhi" a'zolariga hokimlik va "Real agro cotton" unitar korxonasining tashakkurnoma, qimmatbaho sovg'alarini taqdim qildi.


Taqdirlash marosimida O'rta Chirchiq tumani paxta hosili unumdorligida bu yil Toshkent viloyati bo'yicha ikkinchi o'ringa chiqqani, doim mana shunday yerga mehr bergan holda, hosildorlikka erishish lozimligi to'g'risida ta'kidlandi.


O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati.

👉Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/urta_chirchiq_hokimligi
O'rta Chirchiq tumani hokimi Ixtiyor Kasimov sektor rahbarlari bilan birga tumanda "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar holatini o'rgandi.

Tuman rahbari Toshkent viloyati Qishloq xo'jaligi boshqarmasi boshlig'i Ravshan Norbo'tayev boshchiligida tumandagi hududlar atrofida olib borilayotgan ko'kalamzorlashtirish ishlarining holatini ko'zdan kechirar ekan, obodonlashtirish jarayonlarida har taraflama amaliy yordam berishga tayyor ekanligini bildirib o'tdi.



O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati.

👉Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/urta_chirchiq_hokimligi
Keksalari e'zoz topgan yurt

🔰O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Keksalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2020-yil 28-maydagi 340-sonli qaroriga asosan, har yilning noyabr oyi yurtimizda “Keksalar uchun turizm oyligi” etib belgilangan.


✔️Shu munosabat bilan, O‘rta Chirchiq tumani hokimining tashabbusiga ko'ra, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshchiligida mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi nuroniylardan iborat bir guruh jamoa bilan birgalikda Samarqand viloyatiga ziyorat sayohati uyushtirildi.

🕌U yerdagi muazzam va tabarruk oshiyonlar, tarixiy qadamjolarda qo‘llar duoga ochilib, yurtimizga tinchlik, elimizga farovonlik, tumanimizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy ishlar maromiga rivojlar tila
ndi. Keksalar uchun uyushtirilgan turizm ziyorati maroqli va taassurotlarga boy o'tdi.


O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati.

👉Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/urta_chirchiq_hokimligi
«Машъал» газетаси. 43-сон.pdf
6 MB
#OAV_biz_haqimizda

🗞 "Mash'al" gazetasining 2022-yil 11-noyabrdagi 43 (9152)-sonida O'rta Chirchiq tumani hayotiga oid yangiliklar chop etildi.

📰 Gazetaning "PDF" shakli mutolaa qilish uchun taqdim qilinmoqda.


O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati.

👉Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/urta_chirchiq_hokimligi
Tuman hokimi boshchiligida yig'ilish o'tkazildi

🔰Bugun O'rta Chirchiq tumani hokimligi binosida tuman hokimi Ixtiyor Kasimov boshchiligida hokim o'rinbosarlari, korxona va tashkilot rahbarlari, mahalla raislari hamda loyihachi tashkilot mutasaddilari ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi.

♻️Yig'ilishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktabrdagi "2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar rejasi toʻgʻrisida"gi
PQ-408-sonli Qaror ijrosini ta'minlash, bu borada amalga oshirilishi lozim bo'lgan ustuvor vazifalar to'g'risida so'z yuritildi.

❇️Shuningdek, tuman rahbari infratuzilma yaxshilanishi bo'yicha dasturga kiritilgan 31 ta mahallaning raislari hamda biriktirilgan mas'ullar bilan suhbatlashib, mavjud muammolarning o'rganilganlik darajasi hamda loyihaga kiritilganlik holatini aniqlashtirdi. Qaror ijrosi yuzasidan bajarilishi lozim bo'lgan maqsadlar belgilab olindi.


🌐O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati.
Senat qo'mita raisi O'rta Chirchiq tumanida

🔰Bugun Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo'mitasi raisi Burxonov Qutbiddin Nukritdinovich O'rta Chirchiq tumanida bo'ldi.

✍️Senat qo'mita raisi tuman hokimi Ixtiyor Kasimov bilan suhbatlashib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktabrdagi "2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar rejasi toʻgʻrisida"gi PQ-408-sonli qarori yuzasidan dastur doirasida amalga oshirilishi ko'zda tutilayotgan ishlar rejasi bilan yaqindan tanishdi.

📌Tuman rahbari Qorasuv shaharchasining 2042-yilgacha rivojlanish bosh rejasi va batafsil rejalashtirish loyihasi to'g'risida mutasaddilarga ma'lumot berib o'tdi.


🌐O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati.