O‘rta Chirchiq tumani hokimligi
6.35K subscribers
30.4K photos
3.44K videos
156 files
9.64K links
Ушбу каналда сиз Ўрта Чирчиқ туманидаги сўнгги янгиликлар, секторларда олиб борилаётган ишлар ҳақида хабардор бўласиз.
Download Telegram
Aholiga yordam

✔️O‘rta Chirchiq tumani hokimi Ixtiyor Qosimov boshchiligida tumandagi "Ayollar daftari", "Yoshlar daftari"da ro‘yxatda turuvchi fuqarolarga 2 ta oddiy chokli va 2 ta overlok tikuv mashinalari, 1 ta inkubator uskunalari jami 5 nafar yigit-qizlarga topshirildi.

☝️Endi ular mazkur uskunalardan foydalangan holda, oilasi uchun qo‘shimcha daromad topishlari va o‘zlarining bandligini ta’minlashlari mumkin.


O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati.

🔍Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/urta_chirchiq_hokimligi
#Inson_qadri_uchun

Aholi ayniqsa, olis hududlarda istiqomat qiladigan fuqarolarga madaniy dam olish xizmatlari ko'rsatish darajasini oshirish, tеatr, sirk va boshqa turdagi ommaviy-madaniy va konsеrt-tomosha tadbirlarini tizimli ravishda yo'lga qo'yish, madaniyat va san'at sohasida istе'dodli yosh ijodkorlarni izlab topish, ularni qo'llab-quvvatlash maqsadida, tuman Madaniyat bo'limi tomonidan "Toshloq" mahallasida "Inson qadri uchun" dеb nomlangan tadbir o'tkazildi.

Mazkur tadbirda "Toshloq" MFY fuqarolari oila a'zolari, farzandlari bilan ishtirok etib, ma'naviy va madaniy hordiq chiqardilar.

Shuningdek, xonandalar tomonidan ijro etilgan kuy va qo'shiqlar, barchaga ko'tarinki kayfiyat bag'ishladi.


O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati.

🔍Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/urta_chirchiq_hokimligi
Audio
#Dayjest

Juma — Qurilish sohasidagi muammolarni oʻrganish, investitsiya obyektlarida qurilish jarayonlari bilan tanishish kuni. Demak, qisqa satrlarda bugun hududlarda mazkur sohada olib borilayotgan ishlar bilan tanishtiramiz.

🔘Chirchiq shahri. Shaharda joylashgan jismoniy tarbiya va sport universitetining 1100 talabaga moʻljallangan 9 qaqatli yotoqxonasi qurilib, foydalanishga topshirildi.

🔘Qibray tumani. Joriy yil "Obod qishloq" davlat dasturi doirasida "Taraqqiy" va "Birlik" mahallalarida jami 15 mlrd 524 mln. soʻmlik ishlar amalga oshiriladi.

🔘Piskent tumani. Piskent aylanma yoʻlining Birlik mahallasidan Mingtepa mahallasiga qadar oʻtgan qismida taʼmirlash ishlari boshlandi.

🔘Toshkent tumani. Hasanboyda eski bino oʻrnida yangi 500 oʻrinli 3-qavatli Maktabgacha taʼlim tashkiloti tashkil qilindi.

🔘Oʻrta Chirchiq tumani. Tuman masʼullari bunyod etilayotgan Prezident maktabida boʻlib, u yerdagi qurilish-taʼmirlash ishlari holatini koʻzdan kechirishdi.

🔘Chinoz tumani. Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida Investitsiya dasturlari asosida bir qator obyektlarda qurilish va taʼmirlash jarayonlari jadal davom etmoqda.

🔘Yangiyoʻl shahar. Shahar hokimi F. Mirzayev "Yangi hayot" mahallasi hududida tadbirkorlar tomonidan qurilayotgan uylarning holati, qurilish sifatini oʻrgandi.

🔘Boʻstonliq tumani. “Tashabbusli byudjet” loyihalari asosida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari jadal surʼatlarda olib borilmoqda.

🔘Boʻka tumani. Ijtimoiy soha obyektlarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik qanday? Mutasaddilar bu jabhada olib borilayotgan ishlarni oʻrganishdi.

🔘Bekobod shahar. "Sirdaryo" mahallasida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi doirasida koʻp qavatli uylarning mavsumga tayorgarlik holati, ichki yoʻllar hamda infratuzilmani rivojlantirish boʻyicha ishlar koʻzdan kechirildi.

🔘Olmaliq shahar. Shaharda yana bir xususiy klinika faoliyat boshladi.

📹 DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
#Афиша

⚡️⚡️⚡️ВИЛОЯТИМИЗДА ДАМ ОЛИШ КУНЛАРИДА ҚАНДАЙ МАДАНИЙ-МАЪРИФИЙ, КЎНГИЛОЧАР ТАДБИРЛАР ЎТКАЗИЛАДИ?


📍Пискент ("Муротали" МФЙ) ва Бўка (Маданият маркази): 8 октябрь соат 10:00 да "Муротали" МФЙ "Кексаларни эъзозлаш ва уларга ҳурмат эҳтиром " деб номланган тадбир дастури ;

📍 Ўрта Чирчиқ тумани: 8 октябрь соат 11:00 да "Қорақўйли" МФЙ да " Эҳтиром ила эъзоз, эътибор" концерт дастури ;

📍Тошкент тумани: 8 октябрь соат 11:00 да "Кўксарой" Маданият марказида " Кексаларни эъзозлаш ва уларга ҳурмат эҳтиром" деб номланган тадбир дастури ;

📍Қибрай тумани: 8 октябрь соат 16:00 да "Салар" МФЙ да жойлашган "Иффат" тантаналар саройида "Кексаларни эъзозлаймиз" мавзусида маданий-маърифий тадбир дастури ;

📍Чиноз тумани: 8 октябрь соат 17:00 да "Чорвадор" МФЙ да Миллий кураш мусобақаси бўлиб ўтади.

Дам олиш кунини мароқли ўтказинг!

Каналга уланиш:
https://t.iss.one/+tcc8Accr_k80OGNi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
☝️Hayvonlarga ozor bermang!

🌱O'zbekiston Yoshlar ittifoqining O'rta Chirchiq tuman Kengashi sardorlari tomonidan "Yoshlar ittifoqi hayvonlarga nisbatan shavqatsizlikka qarshi" shiori ostida Zoosayohat uyushtirildi.

Aziz fuqarolar!
Hayvonlar tabiat va vaqti kelsa, ko'p hollarda insonlar uchun ham foydali. Ularni asrang va kamayib ketishini oldini olish uchun qo'lingizdan kelgan barcha yaxshiliklarni qiling.
Hayvonlarga ozor berishdan tiyiling, jonivorlarga ham, insonlarga ham bitta jon va shu yorug' olamda yashashlik in'omi berilganini unutmang!


O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati.

🔍Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/urta_chirchiq_hokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

📺 O‘rta Chirchiq tumanidagi 63-sonli umumta'lim maktabida o'tkazilgan "Besh tashabbus" olimpiada musobaqalari tafsilotlari bilan "Nurafshon" telekanalida namoyish qilingan lavha orqali tanishishingiz mumkin.


O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati.

👉Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/urta_chirchiq_hokimligi
#keksalar_haftaligi

Nuroniylar o'rtasida sport musobaqasi tashkil qilindi

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-sentabrdagi tegishli bayoniga asosan, joriy yilning 3-9-oktabr kunlari “Keksalarni e’zozlash, ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatish xalqimizga xos ezgu fazilatdir” g‘oyasi ostida mamlakatimizning barcha hududlarida “Keksalar haftaligi” o‘tkazilmoqda.

Mazkur haftalik doirasida O‘rta Chirchiq tumanida joylashgan 72-sonli ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabida Nuroniylar bo'limi va Sport bo'limi bilan hamkorlikda keksa nuroniylar o‘rtasida shaxmat va shashka musobaqalari bo‘lib o‘tdi.

Sport o‘yinlari bir necha bosqichda davom ettirilib, yakuniy natijalar bo'yicha eng birinchilar aniqlandi.

Musobaqa g‘oliblariga hamda qatnashchilarga tuman Nuroniylar jamg‘armasi tomonidan esdalik sovg‘alari taqdim qilindi.


O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati.

🔍Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/urta_chirchiq_hokimligi