URGANCH SHAHAR HOKIMLIGI (rasmiy kanali)
1.64K subscribers
15.9K photos
1.79K videos
29 files
4.9K links
Urganch shahar hokimligi Axborot xizmati
Veb-sayt: www.urganchshahar.uz
Facebook: www.fb.com/urganchshaharuz
Instagram: www.Instagram.com/urganchshaharuz
Download Telegram
YOSH SАMBOCHILАR URGАNCH SHАHАR HOKIMI SOVRINI UCHUN BELLАSHDILАR

Urganch shahrida yoshlarimizni sportga qiziqtirish, ular orasidan kelgusida yosh chempionlar yetishib chiqishi uchun alohida eʼtibor qaratilgan.

Bugun sportning "Sambo" turi bo'yicha 2008-2010 yillar va 2011- 2013 yillarda tug'ilgan o'smirlar va bolalar o'rtasida Urganch shahar hokimi sovrini uchun viloyat ochiq birinchiligi bo'lib o'tdi.

Musobaqa IIB qarashli sport markazida o'tkazildi. Viloyatimizning 8 ta tumanidan 150 ga yaqin yosh sambochilar qatnashib, 11 ta vazn toifasida 1-, 2-, 3-o'rinlar uchun kurashdilar.

Musobaqani Urganch shahar hokimi Oybek Xolboyev kuzatib bordi va g'olib bo'lgan sportchilarga diplom va estalik sovg'alarini topshirdi.

Shuningdek, shahar hokimi musobaqa so'ngida sport faxriylariga ham estalik sovg'alarini ulashdi.

Urganch shahar hokimligi axborot xizmati.

Kanalga ulanish uchun:
https://t.iss.one/urganchshahar_uz
Forwarded from Haqiqat Yo‘lida (Bloger/Haqiqat yolida.uz)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Хоразм вилоятини ёш шижоатли жасур, мард ўғлони Хоразм вилояти Ошпазлар уюшмаси раҳбари Шуҳратбек Матназаров Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Миромоновичга Мирзиёевга хамда каналимиз @Bloger_haqiqat_yolida жамосига, Урганч шаҳар ҳокими Ойбек Мадаминович Холбоевга ўзининг самимий Рўза ойидаги тилакларини, ташаккурларини йўллади.

Каналга обуна бўлиш👇
@Bloger_haqiqat_yolida

https://youtube.com/channel/UCUFY5sQhz1-O9J3EwpGeg2A
#Munosabat

Telegram ijtimoiy tarmog'ida "Urganch shahridagi chuqurlarga tushib avtomabilga zarar yetsa, kim zararni qoplab beradi?" nomli maqola tarqaldi.

Ushbu maqolada ko'rsatilgan kamchilik "Xorazm suv ta'minoti" MChJ Urganch shahar bo'limi tomonidan bartaraf etilganini ma'lum qilamiz.

Urganch shahar hokimligi axborot xizmati.

Kanalga ulanish uchun:
https://t.iss.one/urganchshahar_uz
“Обод маҳалла” дастури амалда!

Бугун Урганч шаҳар ҳокими Ойбек Холбоев "Наврўз" маҳалласида бўлиб, "Обод маҳалла" дастур доирасида масъул ходимлар ва ушбу маҳаллага бириктирилган ташкилот вакиллари билан ишлар қандай кетаётгани ҳусусида маҳалланинг ўзида учрашув ўтказди.


Ҳоким мавжуд муаммоларни ўрганиш ва ўз вақтида бартараф қилиш учун маҳаллада олиб борилаётган ишлар ҳали етарли эмаслигини танқид қилиб, ободонлаштириш ишларини жадаллаштириш юзасидан топшириқлар бериди.

Урганч шаҳар ҳокимлиги
Ахборот хизмати.

Каналга уланиш учун:
https://t.iss.one/urganchshahar_uz
URGANCH SHAHRIDA KITOBXONLIK HAFTALIGI

Bugun Urganch shahridagi Mahmud Zamaxshariy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida o'tkazilgan II Respublika “Kitobxonlik haftaligi” ochilish marosimi yakunida shahar, tuman axborot-kutubxona markazlariga Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan taqdim qilingan kitoblar topshirildi.

Shuningdek, tadbir davomida "Ulugʼ xalq qudrati joʼsh urgan zamon" nomli fotokoʼrgazma ham tashkillashtirildi.

Unda davlatimiz mustaqilligiga bagʼishlangan tarixiy va yangilanayotgan Oʼzbekistonni aks ettiruvchi turli mavzulardagi fotosuratlarlar namoyish etilmoqda.

Urganch shahar hokimligi axborot xizmati.

Kanalga ulanish uchun:
https://t.iss.one/urganchshahar_uz