Uraimov | DevNotes
138 subscribers
9 photos
1 video
10 links
💻 Dasturlash, texnologiyalar va IT dunyosidan foydali maslahatlar, tajribalar va yangiliklar!
🚀 Muhokama qilishga arziydigan loyihalar va g'oyalar!
🔹 Kichik, ammo samarali hayotiy lifehack va resurslar!
Download Telegram
Channel created
🎉 Assalomu alaykum!

Allohning izni bilan bugundan ushbu IT va dasturlash olamiga bag‘ishlangan kanal – Uraimov DevNotes**ni yuritishni boshlayman.
Barchangizni ushbu kanalda kutib olishdan mamnunman! 😊

Bu yerda quyidagilarni topishingiz mumkin:
- 🔹 Dasturlashga oid foydali maslahatlar va real tajribalar.
- 🔹 IT sohasidagi eng so‘nggi yangiliklar va texnologiya trendlari.
- 🔹 Muhokama qilishga arziydigan loyihalar va g‘oyalar.
- 🔹 Kichik, ammo samarali hayotiy lifehack va resurslar.

Men, Botirjon Uraimov
, software developer sifatida o‘z tajribam va bilimlarimni siz bilan bo‘lishishni maqsad qilganman. Kanalimizni birgalikda rivojlantiraylik va IT sohasida bir qadam oldinga borishga yordam beraylik!

Fikr-mulohaza va savollaringizni har doim kutaman. O‘zingizga qiziqarli mavzularni taklif qilishdan tortinmang!

👉 [Obuna bo‘ling va do‘stlaringiz bilan bo‘lishing](https://t.iss.one/uraimovDevNotes)

Barchaga katta rahmat va IT olamida birga uchrashguncha! 🚀
🔥6👍2
🎯 Ishingizda yaxshi bo'lish yetarlimi?

Sizningcha, ishni a'lo darajada bajarganingiz doim ham yangi imkoniyatlarni olib keladimi? Haqiqat shundaki, ko'nikmalar va muvaffaqiyatli ish qidirish — bu ikkisi boshqa-boshqa olam.

📌 Nima uchun?
Hamma narsa o'z-o'zidan sodir bo'lishini kutmasdan, o'zingizni to'g'ri taqdim eta olish va qadrlashni bilish zarur. Ko'p insonlar nafaqat yaxshi mutaxassis, balki ajoyib ish qidiruvchilardir. Ular:

🔑 O'z qiymatini ko'rsatishni bilishadi
🔑 Ma'lum bir rollarga strategik yondashishadi
🔑 Ish bozorda o'zlarini ko'zga ko'rsatishadi
🔑 Qadriga yarasha maosh haqida muzokara qilishadi

Esda tuting!
Yaxshi mutaxassis bo'lish — bu ajoyib! Ammo o'z imkoniyatlaringizni ish beruvchilarga to'g'ri etkazishni bilish undan-da muhimroq.
🔥5👍2