Uraimov | DevNotes
139 subscribers
9 photos
1 video
10 links
💻 Dasturlash, texnologiyalar va IT dunyosidan foydali maslahatlar, tajribalar va yangiliklar!
🚀 Muhokama qilishga arziydigan loyihalar va g'oyalar!
🔹 Kichik, ammo samarali hayotiy lifehack va resurslar!
Download Telegram
Channel created
🎉 Assalomu alaykum!

Allohning izni bilan bugundan ushbu IT va dasturlash olamiga bag‘ishlangan kanal – Uraimov DevNotes**ni yuritishni boshlayman.
Barchangizni ushbu kanalda kutib olishdan mamnunman! 😊

Bu yerda quyidagilarni topishingiz mumkin:
- 🔹 Dasturlashga oid foydali maslahatlar va real tajribalar.
- 🔹 IT sohasidagi eng so‘nggi yangiliklar va texnologiya trendlari.
- 🔹 Muhokama qilishga arziydigan loyihalar va g‘oyalar.
- 🔹 Kichik, ammo samarali hayotiy lifehack va resurslar.

Men, Botirjon Uraimov
, software developer sifatida o‘z tajribam va bilimlarimni siz bilan bo‘lishishni maqsad qilganman. Kanalimizni birgalikda rivojlantiraylik va IT sohasida bir qadam oldinga borishga yordam beraylik!

Fikr-mulohaza va savollaringizni har doim kutaman. O‘zingizga qiziqarli mavzularni taklif qilishdan tortinmang!

👉 [Obuna bo‘ling va do‘stlaringiz bilan bo‘lishing](https://t.iss.one/uraimovDevNotes)

Barchaga katta rahmat va IT olamida birga uchrashguncha! 🚀
🔥6👍2
🎯 Ishingizda yaxshi bo'lish yetarlimi?

Sizningcha, ishni a'lo darajada bajarganingiz doim ham yangi imkoniyatlarni olib keladimi? Haqiqat shundaki, ko'nikmalar va muvaffaqiyatli ish qidirish — bu ikkisi boshqa-boshqa olam.

📌 Nima uchun?
Hamma narsa o'z-o'zidan sodir bo'lishini kutmasdan, o'zingizni to'g'ri taqdim eta olish va qadrlashni bilish zarur. Ko'p insonlar nafaqat yaxshi mutaxassis, balki ajoyib ish qidiruvchilardir. Ular:

🔑 O'z qiymatini ko'rsatishni bilishadi
🔑 Ma'lum bir rollarga strategik yondashishadi
🔑 Ish bozorda o'zlarini ko'zga ko'rsatishadi
🔑 Qadriga yarasha maosh haqida muzokara qilishadi

Esda tuting!
Yaxshi mutaxassis bo'lish — bu ajoyib! Ammo o'z imkoniyatlaringizni ish beruvchilarga to'g'ri etkazishni bilish undan-da muhimroq.
🔥5👍2
📌 Tezlikmi yoki aniqlik? Backend arxitekturasi rakursidan qarash

Dasturlashda har bir qaror muayyan tanlovni talab qiladi: tezlik va aniqlik o‘rtasidagi muvozanatni qanday ta’minlash mumkin? Bu savol backend dasturchilarining oldida ko‘p bora paydo bo‘ladi, ayniqsa #MVP jarayonlarida va loyihaning bozorga chiqish bosqichida.

Tezlikni tanlash:
Hibernate kabi frameworklar orqali dasturlash jarayonini tezlashtirish mumkin. Masalan, MVP uchun kodni qisqa vaqt ichida yaratish, sozlash va testdan o‘tkazish imkonini beradi. Biroq, bunda #SQL tuning va qo‘lda yozilgan so‘rovlarga qaraganda samaradorlikdan biroz yutqazilishi mumkin.

🔹 Afzalliklari:
- Loyihani tezroq tayyorlash va bozorga chiqarish.
- Dasturchilarning e’tiborini optimizatsiyadan ko‘ra funksionallikni yaratishga qaratish imkoniyati.
- Murakkab ma’lumotlar bazasini boshqarishning avtomatlashtirilgan usuli.

🔹 Kamchiliklari:
- Ko‘p hollarda samaradorlikni (performance) qurbon qilish.
- N+1 muammosi kabi klassik kamchiliklar paydo bo‘lishi.

Aniqlikni tanlash:
Agar loyihaning aniqligi ustuvor ahamiyatga ega bo‘lsa, har bir #SQL so‘rovni qo‘lda optimallashtirish va ma’lumotlar bazasi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlash muhim. JWT filter misolida, foydalanuvchini har bir so‘rovda tekshirish tizimning ishonchliligini oshiradi, ammo tezlikka ta’sir qiladi.

🔹 Afzalliklari:
- Ma’lumotlarning aniq va ishonchli bo‘lishi.
- Foydalanuvchi holatining real vaqtda aniqlanishi.
- Tezkor SQL tuning orqali samaradorlikni oshirish.

🔹 Kamchiliklari:
- Dasturlash jarayonining murakkab va ko‘p vaqt talab qilishi.
- MVP jarayonini cho‘zishi va bozorga chiqishni kechiktirishi.

Xulosa:
Tezlik va aniqlikni tanlash loyihaning maqsadiga bog‘liq. Agar maqsad bozorga tez chiqish va MVP testdan o‘tkazish bo‘lsa, Hibernate kabi vositalar samara beradi. Ammo uzoq muddatli samaradorlik va ishonchlilik zarur bo‘lsa, chuqurroq tuning va optimallashtirish talab qilinadi.

#fast #slow #backend #developer_notes
👍51
🌐 Node.js nima?
Node.js – bu ochiq kodli, JavaScript asosidagi platforma bo‘lib, server-side dasturlar yaratish uchun mo‘ljallangan. Google Chrome’ning V8 engine asosida ishlaydi va asinxron imkoniyatlari hamda yuqori samaradorligi bilan ajralib turadi.

Node.js asosiy xususiyatlari

Asinxron I/O
Bloklanmaydigan I/O (kirish/chiqish) operatsiyalarini boshqaradi, bu esa samaradorlik va tezlikni ta'minlaydi.

🚀 Yuqori samaradorlik
V8 JavaScript engine yordamida katta miqdordagi so‘rovlarni minimal vaqt ichida qayta ishlash imkoniyatini beradi.

📦 Modulli ekotizim (npm)
Node Package Manager (npm) yordamida minglab kutubxonalar va paketlarga kirish imkoniyati.

🔄 Single-threaded arxitektura
Node.js single-threaded event loop dan foydalanib, bir vaqtning o‘zida bir nechta mijoz so‘rovlarini boshqara oladi.

⚙️ Node.js qanday ishlaydi?
Node.js event loop va callback tizimi yordamida jarayonlarni bloklamasdan boshqaradi. Masalan, bitta foydalanuvchi ma’lumot so‘rayotgan bo‘lsa, server boshqa foydalanuvchilar so‘rovlarini ham bemalol qayta ishlay oladi.

🔧 Node.js qayerda ishlatiladi?
1️⃣ Veb serverlar: Real-time chat ilovalari, blog platformalari.
2️⃣ API development: RESTful API, GraphQL API.
3️⃣ Data Streaming: Video oqimlari, media ilovalar.
4️⃣ IoT qurilmalar: IoT tizimlarida ma’lumotlarni boshqarish.

📌 Node.js dasturchilarga kengayuvchan, yuqori samaradorlikka ega ilovalarni samarali yaratish imkonini beradi. 🚀

#NodeJS #BackendDasturlash #JavaScript #VebDasturlash #Texnologiya
👍8🔥42
Forwarded from Jakhongir Rakhmonov - IT
“Umid yo’q. Siz xohlagan ishingizni topa olmaysiz. Balki 1000ta joyga topshirsangiz chiqib qolar. Vaqtingizni bekorga sarflayapsiz”

deb Computer Science yo’nalishini o’qib tugatgan bir odam dardini yozibdi.

Bu gaplarga Y Combinator kompaniyasi CEOsining javobini qarang:

Haqiqiy loyihlarda, side projectlarda, open source loyihalarda, shunchaki qiziqish uchun qilinayotgan loyihalarda ishlash bu muammoga davodir.

Computer Science bitiruvchilarining ko’pchiligi hech narsa yasay olmaydilar.

Agar siz nafaqat loyihalar qura olishingizni, balki o’zingiz qiziqqaningiz uchun loyihalar qilganingizni isbotlay olsangiz, imkoniyatlar eshiklari siz uchun ochiladi.


E’tibor beringa. Loyiha, loyiha, loyiha. Qurish, yasash, qiziqish.

Ish topa olmayotganlardan so’rasangiz qilgan ishi CRUDdan uyo’giga o’tmagan. Oddiy web loyihadan uyog’iga o’tmagan.

Dasturchilikdek imkoniyatlari cheksiz kasbni o’rganasizu, o’zingizga qiziq bo’lgan birorta proyekt qilib ko’rmaysizmi? Nima bu hamma yoq CRUD bo’lib yotibdi? Bu hamma yozayotgan blog, internet magazin, yangiliklar sayti hech kimni e’tiborini tortmaydigan bo’lib qolgan. Eng yomon tarafi bularning hammasi uchun deyarli bir xil qobiliyatlar kerak. Qisman farq qiladi holos.

O’yin yozib ko’rmaysizmi? Linux uchun Command-Line loyiha qilib ko’rmaysizmi? Data Engineering qilib ko’rmaysizmi? Bot yozib ko’rmaysizmi? 3D qilib ko’rmaysizmi? Yangi dasturlash tili yozib ko’rmaysizmi? Yangi framework yozib ko’rmaysizmi?

Boshqalardan ajralib turish vaqti keldi.

@jakhonrakhmonov
👍9
Jakhongir Rakhmonov - IT
“Umid yo’q. Siz xohlagan ishingizni topa olmaysiz. Balki 1000ta joyga topshirsangiz chiqib qolar. Vaqtingizni bekorga sarflayapsiz” deb Computer Science yo’nalishini o’qib tugatgan bir odam dardini yozibdi. Bu gaplarga Y Combinator kompaniyasi CEOsining…
📝 Yuqoridagi fikrlarga 100% qo‘shilaman!

Jaxongir akaning postida aytilgan fikrlar dasturchilikda o‘z o‘rningizni topishning eng muhim tamoyillaridan biri – ijodkorlik va qiziqish**ni ta’kidlaydi. Juda ko‘p dasturchilar faqat o‘zlari o‘rgangan yoki ko‘pchilik qilayotgan narsalarga yopishib qolishadi: CRUD loyihalar, oddiy web-saytlar va hokazo. Ammo asl rivojlanish – bu qiziqarli, noodatiy va o‘ziga xos loyihalarni amalga oshirishda.

**Qiziqish bilan ishlangan loyiha
nafaqat bilimlaringizni chuqurlashtiradi, balki boshqalardan ajralib turishingizga ham yordam beradi. Dasturchilik bu cheksiz imkoniyatlar sohasi – ijod qiling va o‘zingizga yoqadigan narsalarni yarating! 🚀

PS:
O‘zim ham 0 dan, mukammal bo‘lmasa ham, Express.js uchun alternativ kichikroq framework tayyorlab ko‘rgan edim. Bir intervyuda, aynan shu loyiha haqida kompaniya CTOsi bilan qizg‘in suhbatlashganmiz va shu kompaniyadan yaxshi offer ham olganman. Shuning uchun boshqalarga ergashmasdan, o‘zingizga qiziq bo‘lgan loyihalarni qilib ko‘ring.

Sizningcha, qiziqarli va noodatiy qanday loyihalar qilish mumkin? Fikrlaringizni yozib qoldiring! 👇

#Dasturchilik #Ijodkorlik
🔥31🥰1
Bugun Serverda yuzaga kelgan CPU 100% yuklanish muammosini qanday hal qildim

Bugun serverda qiziq bir holatga duch keldim. CPU yuklanishi birdan 100% ga chiqib ketdi va server sekinlashib qoldi. Bu PostgreSQL process tufayli yuzaga kelganini aniqladim. Lekin bu – muammoning yuzaki sababi edikan. Quyida muammo qanday qilib bartaraf etilganini step-by-step yozdim.

1️⃣ Muammoni aniqlash
Birinchi navbatda, serverda qaysi process barcha CPU resurslarini ishlatayotganini topishga harakat qildim. top va ps aux buyruqlari yordamida qandaydur noma'lum PostgreSQL process CPUni «yeyotganini» aniqladim.

💻 Buyruqlar:
sudo top  
ps aux | grep postgres



2️⃣ Dastlabki tahlil
Keyin, PostgreSQL faol Querylarini ko‘rish uchun pg_stat_activity jadvalini ko‘zdan kechirdim. U yerda noodatiy hech narsa topilmagach, lsof yordamida bu process qanday fayllar va tarmoqlar bilan ishlayotganini aniqladim. Shubhali fayl – /var/tmp/.221facb5c8c9e1648495 – va noma’lum tashqi server bilan aloqadorlikni ko‘rdim.

🔍 Buyruqlar:
SELECT pid, usename, client_addr, state, query FROM pg_stat_activity;  


sudo lsof -p <PID>  
sudo strace -p <PID>



3️⃣ Tezkor choralar
CPUni bo‘shatish uchun birinchi navbatda shubhali process to‘xtatdim va zararli faylni o‘chirib tashladim. Bu vaqtinchalik bo‘lsa-da, muammoni yengillashtirdi.

🚨 Buyruqlar:
sudo kill -9 <PID>  
sudo rm -rf /var/tmp/.221facb5c8c9e1648495
sudo rm -rf /tmp/.ICE-unix



4️⃣ Muammoni chuqurroq tahlil qilish
Shubhali faoliyatni qayta tekshirish uchun cron vazifalari va yuklash skriptlarini ko‘zdan kechirdim. Bundan tashqari, rkhunter yordamida rootkitlarni qidirib chiqdim. Hech qanday foydali narsa topolmadim.

🔧 Buyruqlar:
sudo grep -r ".221facb5c8c9e1648495" /etc /lib /usr  
sudo crontab -l
sudo ls -alh /var/tmp
sudo rkhunter --check



5️⃣ Serverni xavfsizlash
Serverni oldindan himoyalash uchun bir nechta choralar ko‘rdim:
- PostgreSQL uchun faqat ishonchli IP manzillarga ruxsat berdim.
- Firewall qoidalari yordamida tashqi IP’larni blokladim.
- SSH xavfsizligini oshirdim (root loginni o‘chirib qo‘ydim va protokol 2 ni majburiy qildim).

🔒 Buyruqlar:
sudo nano /etc/postgresql/14/main/pg_hba.conf  
sudo ufw deny out to any port 9090
sudo ufw deny out to <Shubhali IP>
sudo nano /etc/ssh/sshd_config
PermitRootLogin no
Protocol 2



Xulosa
Bu tajriba menga server xavfsizligini muntazam kuzatib borish naqadar muhimligini yana bir bor eslatdi. Serveringizni himoya qilish uchun vaqtinchalik fayllar va loglarni tez-tez ko‘rib chiqing, shubhali portlarni kuzating va kerakli xavfsizlik vositalarini o‘rnatib qo‘ying.

PS: Muammo hal bo'ldi, lekin uning kelib chiqish sababini hali aniqlay olmadim. Ayni paytda shu ish ustida ishlayapman. Sababini topib u haqida ham albatta bir post yozaman.

Siz ham shunday muammoga duch kelganmisiz? Tajribangiz bilan bo‘lishing, bir-birimizga yordamchi bo‘lamiz! 😊

#DasturchiEslatmalari #ServerXavfsizligi #PostgreSQL #Linux
🔥7👍31👏1
📢 Jonli suhbat

Bugun do'stimiz @sukhrob_abdullaev kanalining jonli suhbatiga qatnashaman. Suhbat davomida Koreyada dasturchi sifatida o‘z tajribalarimizni, ishlash jarayonlarini va IT bozoridagi fikrlarimizni bo‘lishishga harakat qilamiz.

Suhbatda qamrab olinadigan mavzular:
1️⃣ Dasturlashgacha bo‘lgan yo‘l.
2️⃣ Birinchi ishlar va hozirgi faoliyat.
3️⃣ Hozirgi IT bozoriga oid fikrlar.
4️⃣ Dasturlash tillari haqida bahs.
5️⃣ O‘rganish va ish topish borasida tavsiyalar.
6️⃣ Savol-javoblar.


📅 Sana: 12-yanvar
Vaqt: 🇺🇿 UZB vaqti: 18:00 | 🇰🇷 KR vaqti: 22:00
🎥 Jonli suhbat havolasi: [YouTube’da ko‘rish](https://www.youtube.com/live/F9wijq56idM)


Suhbat manfaatli bo‘lishiga umid qilaman. Agar savollaringiz bo‘lsa, albatta qo‘shiling! 😊
@UraimovDevNotes

#JonliSuhbat #Dasturchilik #ITTajriba
🔥12👍53👎1
Assalomu alaykum, do‘stlar! 😎
Umid qilaman, hammangiz sog‘-salomatlikdasizlar!
Oxirgi postimdan beri 8 oy o‘tibdi. Shu vaqt ichida ba’zi sabablarga ko‘ra kanalga yozishga imkonim bo‘lmadi. Rostini aytsam, bu gal o‘zim hech qachon jiddiy qaramagan burnoutni tanamda his qildim 😅. Avvaliga 2–3 oycha bu holatdan chiqishga astoydil harakat qildim, lekin ikkita ishning bosimi bilan bundan chiqishga imkoni bo‘lmadi.

Shundan so‘ng qaror qildim:
* Bitta ishni butunlay tashladim;
* Ikkinchisida esa yarim stavka qilib, online ishlashga o‘tdim.


Keyin esa Koreyaning hammamizga ma’lum stressli hayotidan bir muddat qochib, 15 kun Indoneziya va Malayziyaga sayohat qildim.🌴 Dam olish, yangi joylar va muhit menga yaxshi ta’sir qildi. Dengiz bo‘yida sayr, yangi taomlar ta’mi… Ayniqsa, Koreyadagilar ovqatlanish muammosini yaxshi tushunsa kerak 🙂.
Sayohatdan so‘ng to‘g‘ri O‘zbekistonga uchdim. Uydagilarni juda sog‘ingan ekanman, shuning uchun ikki oycha O‘zbekistonda qolib ketdim. Endi esa, bir oy oldin yana Koreyaga qaytib keldim.

Hozir esa yangi kompaniyada, yangi energiya va yangi maqsadlar bilan ish boshlash arafasidaman 🚀.
Bu yog‘iga esa Alloh nasib qilganicha faol bo‘lishga harakat qilaman!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥16👍74
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🚀 Loyiha boshlashda eng muhim qadamlardan biri – reja va arxitektura

Ko‘pchilik developerlar kod yozishni iloji boricha tezroq boshlashni xohlaydi. Lekin yaxshi o‘ylangan reja va to‘g‘ri tanlangan arxitektura dizayni – loyihaning kelajakdagi barqarorligi va kengayishiga zamin yaratadi.

🔑 Nega muhim?

Qayta yozish (refactor) va xatoliklarni kamaytiradi

Katta jamoada ishlashni osonlashtiradi

Texnik qarz (technical debt) oldini oladi

Loyihani tezroq rivojlantirishga yordam beradi

💡 Shunday ekan, codingni boshlashdan avval, vaqt ajratib reja tuzing, arxitektura chizing va keyin kodga o‘ting. Bu kelajakda sizga ko‘p vaqt va asabni tejaydi.
👍7🤝2
Forwarded from Dr. Algorithm
Motivatsiya < Intizom
[chaqmoq izidan yurmang]


Shu kunlarda g‘ayratlantirish (motivatsiya) kurslari juda ko‘payib ketdi. Boshida foydali ko‘rindi. Vaqt o‘tib, hammasi yuzaga chiqa boshladi.

Biz bizga buyurilgan intizomni tark etdik. Bu Motivatorlarni ko‘payishiga olib keldi.


Motivatsiya chaqmoqqa o‘xshaydi – u birdaniga paydo bo‘ladi, ko‘p energiya beradi va hamma narsani yoritadi. Lekin u bir zumda o‘tib ketadi va ortidan yana qorong‘ulik qoladi. Intizom esa shamga o‘xshaydi – uning nuri kuchli bo‘lmasligi mumkin, lekin u tinmay yonadi. U sizni uzoq muddatli yo‘lingizda doimiy ravishda olg‘a boshlaydi. Sizga bir lahzalik porlash kerakmi yoki uzoq muddatli yorug‘lik?

“Phoenix project” kitobida yangi CTO xatolarini o‘rganish uchun mutaxassisga boradi. Fikrlar orasida shu fikr ham bor edi:
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdi-ki, kuniga 5 daqiqa shug‘ullanish haftada bir 3 soat shug‘ullanishdan yaxshiroq.


Nega?
Chunki intizom kichik, doimiy qadamlardan iborat. Aynan shu kichik harakatlar, kichik g‘alabalar bizga maqsadimizga yetishish uchun barqaror zamin yaratadi. G‘arbdagi ko‘plab muvaffaqiyatli insonlar aynan shu tamoyilga amal qilishadi: ular hasharlar uyushtirmaydi, ular har kuni oz-ozdan o‘z vazifalarini bajarib borishadi.

Niyatim kimnidir tanqid qilish emas.

Niyatim - esdan chiqib borayotgan intizomimizni qayta tiklashga chaqirish.


Shunday ekan, o‘zimizga bir savol beraylik: bizga bir lahzalik chaqmoq kerakmi yoki hayotimizni nurga to‘ldiruvchi doimiy sham?

03.09.2025 London
@DrAlgorith
👍4
💡 AWS IAM'da eng katta xato nima?
Ko'p kompaniyalar Root account bilan ishlashda davom etishadi! 🚫
To'g'ri yondashuv:

1. Root accountni yashiring
2. Har bir xodim uchun alohida user yarating
3. Grouplar orqali ruxsatlarni boshqaring
4. Minimum zarur huquqlar berish tamoyili

🇰🇷 Koreyadagi kompaniyalar AWS servicelaridan juda ko'p foydalanishadi, shuning uchun bu ma'lumotlar ayniqsa foydali bo'lishi mumkin!
🔥 Pro tip: Charles kabi userlar bir vaqtda Development VA Operations ishlarini qilishi mumkin - shunchaki ikkala groupga qo'shing!
Sizning kompaniyangizda IAM qanday tashkil etilgan?
#AWS #Cybersecurity #Korea #BestPractices #ITTips
🔥4👍1
🔎 AWS EC2 va boshqa xizmatlarning instansiyalarini taqqoslash uchun qulay manba

Regionlar, resurslar va narxlar bo‘yicha tezkor qidiruv — FinOps va DevOps’lar uchun haqiqiy topilma😊.

https://instances.vantage.sh/
🔥21