Uchtepa tuman hokimligi
19.4K subscribers
25.7K photos
11.3K videos
8 files
20.7K links
Facebook: fb.com/hokimiyat.uchtepa
Instagram: instagram.com/hokimiyat_uchtepa
Youtube: https://www.youtube.com/channel/UC_OG9JIBR1j38quchDU9DXg?view_as=subscriber

Туман ҳокимига мурожаат: @Uchtepa_murojaat_bot

© Uchtepa tuman hokimligi Matbuot xizmati
Download Telegram
Forwarded from TOSHKENT SHAHAR KADASTR
#Kadastr #korrupsiyaga_qarshi_kurash #Chilonzor #Uchtepa
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH – DAVR TALABI

◼️Korrupsiya – jamiyat taraqqiyotiga xavf tug‘diruvchi jiddiy to‘siq. Unga qarshi kurashish esa eng muhim vazifalardan.

◼️Shundan kelib chiqib, ⭐️Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarining tuman bo‘lim-filiallari xodimlari o‘rtasida ushbu illatga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida muntazam profilaktik tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.

📍Navbatdagi davra suhbatlari Chilonzor hamda Uchtepa tumanlarida tashkil etildi.

◼️Unda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi T.Yuldashev tomonidan “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi O‘RQ 937-sonli Qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyatiga toʻxtalib, uning ijrosini amalga oshirish jarayonida kadastr xodimlarining korrupsiya, manfaatlar to‘qnashuvi kabi holatlarga yo‘l qo‘ymasligi yuzasidan tegishli koʻrsatma va tavsiyalar berildi.

◼️Shuningdek, mehnat va ijro intizomi, odob-axloq qoidalariga rioya qilish, aholi murojaatlariga mas’uliyat bilan yondashish kabi muhim masalalar ham kun tartibida boʻldi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from TOSHKENT SHAHAR KADASTR
❗️❗️❗️
JUDA MUHIM. VIDEONI SAQLAB QO'YING!

⭐️Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari Shuhrat Ro‘zmatov hamda Timur Yuldashev videomurojaat bilan chiqdi.

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-937-sonli Qonuni doirasida mahallalarda xatlov o'tkazilmoqda.

Xatlov jarayonida kadastr xodimlarining noqonuniy harakati haqida ma'lumotga ega bo'lsangiz quyidagi raqamlarga qo'ng‘iroq qilishingiz mumkin:
📞 +998712316851 (ichki 246)
📞 +998974110115.

“Sizlardan xatlov jarayoniga turli vositachilarni aralashtirmaslik, kadastr xodimlariga “tezlashtiring, imkonini qilib bering” degan turli vajlar bilan moddiy manfaatdorlikni taklif qilmaslik so‘raladi!” - deyiladi videomurojaatda.

➡️ Batafsil videoda

#Kadastr #korrupsiyaga_qarshi_kurash #xatlov #Qonun_937 #videomurojaat

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from TOSHKENT SHAHAR KADASTR
XATLOV JARAYONLARI ADOLATLI O‘TISHI TA’MINLANMOQDA

◼️Davlat kadastrlari palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i I.Tadjibayev, ⭐️Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari Sh.Ro‘zmatov, T.Yuldashev 📍Uchtepa tumani “Xurshid” MFYdagi xatlovda ishtirok etib, jarayonlarning shaffof hamda to‘g‘ri amalga oshirilayotganini yaqindan kuzatdilar.

◼️Kadastr xodimlariga xatlov ishlarida korrupsiya, ta’magirlik, manfaatlar to‘qnashuvi, firibgarlik holatlariga yo‘l qo‘ymaslik, o‘z vazifalarini mas’uliyat bilan bajarishlari yuzasidan ko‘rsatma berildi. Aholi bilan muloqotda esa xatlovdan ko‘zlangan pirovard maqsad fuqarolarning qonunda belgilangan yer uchastkalari va ko‘chmas mulklariga nisbatan egalik huquqlarini qonuniy e’tirof etilishi ekanligi tushuntirildi.

Shuningdek, joyiga chiqqan holda noturardan turar joy toifasiga o‘tkazilgan obyektlarni o‘rganish ishlari ham olib borildi.


#Kadastr #korrupsiyaga_qarshi_kurash #xatlov2025 #Qonun_937

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM