Uchqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi ( ITMA )
590 subscribers
5.89K photos
280 videos
45 files
1.02K links
Download Telegram
Bugun maktab...

Yangi oʼquv yilining boshlanishi. Аslida, oʼqituvchilar, oʼquvchilar uchun hayotdagi yangi bosqichning boshlanishi desa ham toʼgʼri boʼladi. Kimdir yana bir yilga ulgʼaydi, kimdir bir yilga keksaydi... Bu hayotga qanday qarashingizga bogʼliq

Bugundan boshlab ilm maskanlari yana gʼala-gʼovurga toʼladi. Ustozlar allaqachon farzandidek boʼlib qolgan oʼquvchilarini quchoq ochib,(balki ishonmassiz) biroz sogʼinib kutib oladilar.

Kuzning salqin tonglarida ming bir oʼy bilan ishga otlanayotgan, qalbi kiygan liboslaridek oppoq hamkasblarim. Yangi oʼquv yili muborak boʼlsin. Bugun sizni tabriklashga haqliman. Sababi tan-joningiz sogʼ, oilangiz tinch, muhimi uyingizga biroz boʼlsada daromad keltirasiz. Ilm-urfon tarqatasiz. Kelajak bunyodkoriga aylanasiz.

Mayli, sizni hech kim eʼtirof etmasin, mayli mukofotlarga ilinmang, ammo sidqidildan ishlang, sizni xudo yorlaqasin, oʼzi mukofotlasin.
Farzandlaringiz kamolida shu beminnat xizmatingiz aks etsin.

Qarshimizda turgan yana bir oʼquv yili, omadli, barakali kelsin.
Hamisha shogirdlar ardogʼida boʼling. Unutmang, siz millat bolalarini tarbiyalab, ilm beryapsiz, biz uchun arzimasdek tuyulgan xatti-harakatimiz, aytgan soʼzlarimiz kimningdir hayotini tubdan oʼzgartirib yuborishi mumkin, yoki kimningdir koʼnglini sindirib qoʼyishi mumkin.


Аllohim barchamizga bilim,sabr, kuch-quvvat, salomatlik, shirin lutf bersin.
Yangi oʼquv yilingiz muborak boʼlsin, aziz hamkasblar!
#Jarayon
#Mustaqillik_darslari

🏢 Uchqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida ilk o'qish kunining  1- soatida "Mustaqillik darslari" o'tildi.

📝 Sinf rahbarlari tomonidan alohida tayyorgarlik bilan yuqori saviyada tashkil etilgan "Mustaqillik darslari" da 07648-harbiy qism ofitser va serjantlari, Respublika ma'naviyat va maʼrifat markazi tuman boʻlimi boshligʻi S.Nazarovlar o'quvchilar bilan shukronalik tuygʻularini bo'lishdilar.

🇺🇿O‘quvchilar mustaqillik darslaridan o‘zlariga kerakli ma'lumotlarni oldilar.
  
👇👇👇
Biz jtimoiy tarmoqlarda
@murojaat_imbot
https://t.iss.one/uchqorgon_im
#Jarayon
#Bilimlar_kuni

Uchqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Bir bo'lsak - yagona xalqmiz, birlashsak - Vatanmiz" shiori ostida 2024-2025-o'quv yilining boshlanishi munosabati bilan "Birinchi qoʻngʻiroq" bayram tadbiri ko'tarinki ruhda o'tkazildi.

⚡️ Tadbirga tashrif buyurgan  Uchqoʻrgʻon Respublika ma'naviyat va maʼrifat markazi tuman bo'lim boshlig'i S.Nazarov va mehnat faxriysi, iste'fodagi podpolkovnik F.Jo'rayevlar so'z olib yig'ilganlarni bayram bilan muborakbod etdilar.

Yangi o'quv yili barchamizga omad va zafarlar olib kelsin.

👇👇👇
Biz ijtimoiy tarmoqlarda
@murojaat_imbot
https://t.iss.one/uchqorgon_im
Bugun yangiliklarga boy kun bo’ldi

Davlatimiz rahbari maktabgacha ta’limni rivojlantirish, iqtidorli yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Taqdimotda aytilgan eng muhim yangiliklar:

Maktablarning bo‘sh yerlarida davlat-xususiy sheriklik asosida bog‘cha qurishga ruxsat berish rejalashtirilmoqda.

Endi barcha dasturlar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining veb-saytida joylashtiriladi hamda undan bepul foydalanish mumkin.

Maktabgacha ta’lim yo‘nalishidagi oliy ta’limda dual ta’lim shaklini ochish, sirtqi va kechki o‘quvlarda maqsadli kvotalarni oshirish taklif etilmoqda.

Davlat bog‘chalarida biometrik identifikatsiya qilish texnologiyasini qo‘llagan holda hisobotlarni raqamlashtirish talabi qo‘yilmoqda.

Taqdimotda iqtidorli yoshlar bilan ishlashni takomillashtirish chora-tadbirlari ham muhokama qilindi.

Xalqaro fan olimpiadalari ishtirokchilarini 5-8-sinflardan boshlab saralab olish yo‘lga qo‘yiladi. Har bir fan bo‘yicha o‘quv dasturlari, adabiyotlar, metodik tavsiyalarva qo‘llanmalar takomillashtirilib, o‘quvchi va murabbiylarga yetkaziladi. Terma jamoalarga chet ellik mutaxassislar jalb qilinadi, xorijiy jamoalar bilan qo‘shma yig‘inlar o‘tkaziladi.

Bugungi kunda 22 ta xalqaro va mintaqaviy fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar pul mukofoti bilan taqdirlanmoqda. Endi mukofotlanadigan olimpiadalar soni 28 taga oshiriladi. Respublika va xalqaro olimpiadalarda g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar, ularning o‘qituvchilari va terma jamoa rahbarlariga to‘lanadigan pul mukofotlari hamda sovg‘alar daromad solig‘idan ozod etiladi.

@hilola_umarova