Uchqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi ( ITMA )
590 subscribers
5.89K photos
280 videos
45 files
1.02K links
Download Telegram
#Jarayon
#Zakovat
#Muhammad_Yusuf_70_yoshda

📚 Uchqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligi munosabati bilan Zakovat intelektual oʻyini tashkil etildi.

🖇Bunda maktabning 7.01, 7.02, 8.01, 8.02-sinf o'quvchilaridan tashkil topgan jamoalar o'zaro bellashdilar. Ular o'rtasida tashkil etilgan shoir sheʼrlari asosidagi bahru bayt davraga fayz baxsh etdi.

Qizg'in bahslarga boy boʻlgan iqtidorlar bellashuvida 8.01-sinfning "O'zbegim qizlari" jamoasi g'oliblikni qo'lga kiritdilar.

Muhammad Yusuf sheʼrlari barhayot yangrashi shubhasizdir.

👇👇👇
Biz ijtimoiy tarmoqlarda
@murojaat_imbot
https://t.iss.one/uchqorgon_im
💥 INTELLEKTUAL MARAFON yoxud TITANLAR JANGI...

🗓️ 30-APREL(SESHANBA) KUNI;

🕰️13:00 da...

🏢 Uchqo'rg'on tuman Ixtisoslashtirilgan Maktabi binosida bo'lib o'tadi.

🔥O'quvchilar ligasida munosib qatnashib kelayotgan jamoalar o'rtasida bo'lib o'tadi.

Jamoalar quyidagicha:

1️⃣
"IQRO" -(Uchqo'rg'on IM);
2️⃣
"Westeros" -(Uchqo'rg'on IM);
3️⃣
"Kamelot" -(Uchqo'rg'on IM);
4️⃣
"Yuksalish" -(21-maktab);
5️⃣
"Invincible united" -(Horizon);

📌Marafon ishtirokchilariga qo'yiladigan shartlar:

1️⃣ : Mantiqqa asoslangan savollar tuzish, imkon qadar maktab darsliklaridan cheklanmagan holatda

2⃣ : Har bir jamoa 12 ta savol tuzadi, shundan 1 tasi tarqatmali bo'lishi shart.

3⃣ : Savol manbasi bolishi shart.

Misol: X. Kolumb 1492-yil Ispaniyadan sayohatga yo'lga chiqadi. 8-sinf jahon tarixi.

4⃣ : Har bir savolda mualliflik keltirilishi kerak.

📲 Tushunmovchilik yoki savollar bo'lsa @Ilhomjon_94 ga murojaat qilishingiz mumkin.

❗️Ha aytgancha o'sha kunga sizni katta burilish kutib turibdi
#Muvaffaqiyat
#CEFR

Uchqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 6.02-sinf o'quvchisi Mahmudjanova Laylo Akmaljon qizi ingliz tili fanini bilish darajasini aniqlovchi CEFR imtihoni topshirib B2 SERTIFIKAT ini qo'lga kiritdi.

Ustozi: Dedaxonova Madina Rustamjon qizi.

☑️Ma'lumot o'rnida bundan oldin kichik sinf o'quvchilarimizdan
Rahimjonova Laylo Kamoliddin qizi 7.01-sinf o'quvchisi -  IELTS 6,5 ball
Ravshanbekov Javohir Asilbek o'g'li 7.02-sinf o'quvchisi - IELTS 5,5 ballni qo'lga kiritishgan edi

Shunday o'quvchilarimiz safi kengayib borayotgani quvonarli holdir.

👇👇👇
Biz ijtimoiy tarmoqlarda
@murojaat_imbot
https://t.iss.one/uchqorgon_im
Forwarded from Shoirona...📃🖋️
Bugun O'zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligi....

Vatan!
Kimligingni bilmay sevaman!
Muhammad Yusuf

Vatan! Kimsan oʻzi?
Boʻlmas tushunib.
Seni oʻzing kabi
Butun sevaman!
Qiyosing izlayman
Bagʻringda unib.
Ishqingda
Goʻyoki
Majnun sevaman!

Tongda sochim silar
Mayin shabboda.
Barglaringda shudring
Ham shoda-shoda.
Qalbimga quyoshing
Nurlari jo-da,
Uning mehri
Ila,
Gulgun sevaman!

Jilgʻalar qoshiga
Kelsam-da bir zum.
Bulbul xonish qilar:
"Koʻzlaringni yum"
Sahrolaringdagi
Shu bir zarra qum,
Goh shu qumday,
Goho
Uchqun sevaman!

Koʻrmayin koʻzlaring
Qarogʻida yosh.
Sen onam, opamsan
Oʻsha qalamqosh.
Azizdir sendagi
Yoʻlim toʻsgan tosh,
Yiqitsa ham
Undan
Mamnun sevaman!

Mayliga desinlar:
"Yoʻq uning didi"
Dehqoningdan kelar
Mehnatning hidi.
Rayhoning ifori
Mushk anbarmidi?
Men seni
Hammadan
Ustun
Sevaman!

Ey Vatan! Qalbimning
Toʻrida oʻzing.
Bildingmi, men seni
Nechun sevaman?
Husning uchun emas,
Yo aytgan soʻzing,
Men seni
Senliging
Uchun sevaman!


Muazzam Nabijonova

https://t.iss.one/muazzamnabijanova
#Muvaffaqiyat
#CEFR

📌Uchqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 10.01-sinf o‘quvchisi Olimova Shahnoza Nozimjon qizi ingliz tilini bilish darajasini belgilovchi CEFR imtihonida qatnashib B2  sertifikatini  qoʼlga kiritdi.

Ustozi: Sobitxo'jayeva Gulbahor Adiljanovna

#Shunday_öquvchilarimiz_safi_kengaysin

👇👇👇
Biz ijtimoiy tarmoqlarda
@murojaat_imbot
https://t.iss.one/uchqorgon_im
#Jarayon
#Sport_musobaqasi

🎗Uchqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidagi ta'lim muassasalari xodimlari o'rtasida "Sog‘lom tanda-sog‘ sifatli ta'lim" shiori ostida Kasaba uyushmasi kubogi uchun Sport musobaqalarining final bosqichi o'tkazildi.

🏆G'olib jamoalar tuman Kasaba uyushmasi tomonidan munosib taqdirlandilar.

👇👇👇
Biz ijtimoiy tarmoqlarda
@murojaat_imbot
https://t.iss.one/uchqorgon_im
Chet tili fanlari bo'yicha sertifikatga ega bo'lgan o'quvchilar imtihondan ozod qilinadi

Kamida B1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo'lgan o'quvchilar imtihondan muayyan fandan ozod qilinadi.

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/579

Telegram I Facebook I YouTube
Uchqo'rg'on tuman ixtisoslashtirilgan maktabi maslahatchisi Jaxongir Razzoqov va informatika fani o'qituvchisi Abdullayev Raxmatullo tomonidan o'quvchilarni xalqaro IELTS imtixonlariga tayyorlovchi programma yaratilib, Adliya vazirligining 36674-sonli guvohnomasi bilan davlat ro'yxatidan o'tkazildi. Ushbu dastur o'quvchilarni xalqaro sertifikatlar olishga yordam berishga mo'ljallangan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Namanganda “Yosh gvardiyachi” musobaqasining viloyat bosqichi o‘tkazildi.

Yoshlarni Vatanga muhabbat, harbiy burchga sadoqat ruhida tarbiyalash, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, harbiy hizmatga bosqichma-bosqich tayyorlab borish, jasurlik, shijoat, qati'yat, kuch-g‘ayrat, intizom, tuyg‘ularni shakllantirish maqsadida, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Namangan viloyat Kengashi,  Yoshlar ishlari agentligi Namangan viloyat boshqarmasi, Milliy gvardiya Namangan viloyati bo'yicha boshqarmasida o‘quvchi yoshlar o‘rtasida “Yosh gvardiyachi” harbiy-sport musobaqasining viloyat bosqichi o‘tkazildi.
Musobaqa ishtirokchilari 10 ta shart bo‘yicha 96 nafar yoshlar o‘zaro bellashdilar.
Murosasiz kechgan musobaqaning yakuniy natijalariga ko‘ra;
1-o‘rinni Chust tumanining “Qalqon” jamoasi yoshlari qo‘lga kiritishdi.
2-o‘rinni Uchqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabining “O‘zbegim o‘g‘lonlari” jamoasi yoshlari egalladi.
3-o‘rinni esa Chortoq tumanining “Xirovil” jamoasi yoshlariga nasib etdi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
‼️DIQQAT

🔰 Uchqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "MA'NAVIYAT SARDORLARI" tanlovi o'tkazilmoqda.

Tanlov suhbat asosida tashkil etilayotgan bo'lib, tez fursatlarda natijalar eʼlon qilinadi.