Uchqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi ( ITMA )
590 subscribers
5.86K photos
277 videos
45 files
1.01K links
Download Telegram
#Jarayon
#Obodonlashtirish_oyligi

🌿🌿🌿
Go'zallik dunyoni qutqaradi. Obodlik ko'ngillardan boshlanadi. Uchqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida obodonlashtirish oyligi yuqori surʼatlarda davom etmoqda.

🍀
Go'zallikka oshufta koʻngil egalari bo'lgan maktab jamoasi mehnati bilan o'stirilgan gullar, barpo etilgan gulzor kishining bahri dilini ochishi shubhasizdir.

🌱🌱🌱
Barcha mehnat qilayotgan maktab jamoasiga omad tilaymiz

👇👇👇
Biz ijtimoiy tarmoqlarda
@murojaat_imbot
https://t.iss.one/uchqorgon_im
#Salomatlik_marafoni
#Sport_salomatlikdir

🏃‍♀️🌞 Bugungi erta tong Uchqoʻrgʻon tuman aholisi faol qatlamining "Sog'lom turmush marafoni" da yakdillik bilan ishtirok etishlari bilan boshlandi.

🏃‍♂️💨🌟
Tuman markazidan boshlangan yugurish marafoni Uchqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida tashkil etilgan sport musobaqalariga ulanib ketdi.

⚡️💥
"Sog'lom turmush marafoni" dan ko'zlangan maqsad aholining jismoniy salomatliklarini tiklashga targ'ib etish, ruhan tetiklikka undash va unumli ish samaradorligiga erishishdir.


Bu kabi birdamlik tadbirlari safi kengayishi tarafdorimiz

👇👇👇
Biz ijtimoiy tarmoqlarda
@murojaat_imbot
https://t.iss.one/uchqorgon_im
#seminar_trening
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

⚡️ Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarda faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlar uchun bugun, 15- avgust kuni Agentligimiz tizimidagi Namangan shahar 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internatda o‘quv-treninglar boshlandi.

Ustozlar forumi doirasida tashkil etilgan ushbu seminar-treninglarning ochilish marosimi ko'tarinki ruhda o'tkazildi. Unda 2022-2023-o'quv yilida namuna ko'rsatgan ustozlar e'tirof etildi hamda tashakkurnoma va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

🔰 Ular orasida Uchqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi ma'naviy-ma'rifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari Sarvinoz Abdullayeva, rus tili fani oʻqituvchisi Safiyaxon Parpiyeva, informatika fani oʻqituvchisi Rahmatillo Abdullayevlarning borligi juda quvonarlidir.
Ustozlarimizga yangi o'quv yili yanada omadli kelishiga tilakdoshmiz.

👇👇👇
Biz ijtimoiy tarmoqlarda
@murojaat_imbot
https://t.iss.one/uchqorgon_im