Uchqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi ( ITMA )
589 subscribers
5.86K photos
277 videos
45 files
1.01K links
Download Telegram
Forwarded from School Councelor
Maktabimiz kimyo fani o'qituvchisi Nigora Yakubovaning paxta selulozasidan natriy kmsi olish haqidagi maqolasi AQSHning Boston shtatida Innovative development in the global science jurnalida nashr qilindi.
#Ibratli_oila


Bizning o'qituvchilarimiz nafaqat mohir pedagog, balki ibratli oilaning oqila bekasi, jamiyatning faol insoni hamdirlar.

⚡️⚡️⚡️
Ingliz tili fani oʻqituvchisi Madina Dedaxonova ana shunday ustozlardan. Bugun "Yangi O'zbekistonning ibratli oilasi" tanlovining viloyat bosqichida ishtirok etgan hamkasbimiz g'oliblar safidan munosib oʻrin egallagani barchamizni birdek quvontirdi.

🌟🌟🌟
Ibratli oilada baxtli yashagan inson boshqalarga ham baxt ulasha oladi. Shunday ayollar safi ko'paysin.

Muborak boʻlsin, deb qolamiz.

👇👇👇
Biz ijtimoiy tarmoqlarda
https://t.iss.one/uchqorgon_im
#Jarayon
#Viloyat_seminari

🔰🔰🔰
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Uchqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 16-may kuni "Ijtimoiy fanlarni o'qitishda zamonaviy va psixologik noodatiy metodlardan foydalanishning samaralari" mavzusida viloyat seminari tashkil etildi.


Seminarga Namangan viloyatidagi barcha ixtisoslashtirilgan maktablarning tarix, ona tili va adabiyot fani oʻqituvchilari va psixologlari tashrif buyurdilar.

✔️✔️✔️
O'tilgan namunali darslar, treninglar, "Beruniy avlodimiz" nomli ma'naviy-ma'rifiy tadbir seminar ishtirokchilari olqishiga sazovor boʻldi.

📝📝📝
Bunday keng koʻlamli seminarlar pedagoglarning kasbiy kamolot kasb etishlarida muhim omillardan biridir.

👇👇👇
Biz ijtimoiy tarmoqlarda
https://t.iss.one/uchqorgon_im
@uchqorgon_imbot