Uchqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi ( ITMA )
667 subscribers
6.98K photos
307 videos
49 files
1.24K links
Download Telegram
#imtihon_2024
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar

🔔 Hurmatli ota-onalar!

⚡️ Kirish imtihonlarida sizdan bir nechta tartib-qoidalarga amal qilish so‘raladi.

🗣 Jumladan:

Kirish imtihoni o‘tkaziladigan belgilangan manzilga farzandingiz bilan birga kelishingiz va imtihondan so‘ng o‘zingiz bilan olib ketishingiz;

Imtihonlar o‘tkazilayotgan vaqtdagi issiq ob-havoni hisobga olgan holda kiyintirishingiz;

Imtihonga kelishdan oldin farzandingizning ovqatlanishiga ham e'tibor qaratishingiz kerak (turli yog‘li va imtihon jarayonida o‘quvchini behuzur qiladigan taomlar iste'mol qilmaslik tavsiya etiladi).

Mazkur tartiblarga rioya qilishingiz farzandingizning imtihon jarayonida o‘zini yaxshi his qilishiga yordam beradi.

Eslatib o‘tamiz, imtihon jarayonida yordam berishni va’da qilayotganlarning hech biriga ishonmang, aldanib qolmang.

📚 Farzandingizning bilimigina uning natijasiga asos bo‘ladi!

Maʼlumot oʻrnida, talabgorlar imtihon boshlanishidan 1 soat oldin tug'ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi hamda ruxsatnoma bilan kelishlari kerak.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
#imtihon_natijalari_2024
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

🔔 IMTIHON NATIJALARI EʼLON QILINDI!

📆 Joriy yilning 4-, 5-, 6-iyul kunlari Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga oʻtkazilgan imtihon natijalari eʼlon qilindi.

Imtihon natijalarini quyidagi maxsus telegrambotlari orqali bilishingiz mumkin:

🤖 @Piima_2024_natija_1_bot
🤖 @Piima_2024_natija_2_bot
🤖 @Piima_2024_natija_3_bot
🤖 @Piima_2024_natija_4_bot
🤖 @Piima_2024_natija_5_bot

❗️DIQQAT! Natijalarni bilish istagida boʻlgan yuz minglab talabgorlarning bir vaqtda soʻrov yuborishlari natijasida telegrambot sekin ishlashi mumkin.

‼️ESLATMA! Ertaga kunning ikkinchi yarmida hududlar kesimida ham ixtisoslashtirilgan maktablarning imtihon natijalari (ro’yxati) Agentlikning rasmiy sahifalarida e’lon qilinadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8👎1
#qabul_2025
#ixtisoslashtirilgan_maktablar
#1_iyun_20_iyun

📣📣📣📣📣

❗️
IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB VA MAKTAB-INTERNATLARI 2025/2026-OʻQUV YILI UCHUN QABUL EʼLON QILADI!

⚡️
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga 2025/2026-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 1-iyundan – 20-iyunga qadar ONLAYN shaklda my.gov.uz hamda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga qanday hujjatlar talab etiladi?
🗂 Talabgorning
:
tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi;
fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan);
ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim.

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?
Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining:
aniq fanlar yoʻnalishi boʻyicha 5-sinfga;
tabiiy fanlar yoʻnalishi boʻyicha 7-sinfga qabul qilinadi.

🗺 HUDUDIY MAKTABLAR

☎️ Call-markaz: 1206

Qabulga oid yangiliklarni biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#imtihon_2025
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

🤩 AGENTLIK TIZIMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARGA ARIZA TOPSHIRGAN TALABGORLAR DIQQATIGA!

🔔Ixtisoslashtirilgan maktablarning kirish imtihonlari joriy yilning 7–9-iyul kunlari 3 smenada bo‘lib o‘tadi.

Ushbu maktablarga kvota doirasida kirish imtihonlari bir bosqichda, aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 5–10-sinflarga, tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 7–10-sinflarga o‘tkaziladi.

Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 105 daqiqa vaqt beriladi.

Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (105 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.

📩 Imtihon ruxsatnomasini yuklab olish uchun talabgorning arizada kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi.

📍Shundan so‘ng, imtihon o‘tkaziladigan joy nomi va vaqti to‘g‘risidagi ma'lumotlar qayd etilgan ruxsatnomani shaxsiy kabinetingiz orqali yuklab olishingiz mumkin.

📨 Shaxsiy kabinet havolasi: https://ariza.piima.uz/application/cabinet

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
2
#imtihon_2025
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar

🔔 Hurmatli ota-onalar!

📆 7-8-iyul kuni ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tadi!

⚡️ Kirish imtihonlarida quyidagi tartib-qoidalarga amal qilishingiz so‘raladi:

🗣Jumladan:

✔️ Farzandingizni imtihon o‘tkaziladigan belgilangan manzilga o‘z vaqtida olib kelishingiz va imtihondan so‘ng o‘zingiz bilan olib ketishingiz lozim;

✔️ Issiq ob-havoni inobatga olib, farzandingizni yengil va qulay kiyimlarda kiyintiring;

✔️ Imtihonga kelishdan oldin farzandingiz to‘yimli va yengil nonushta qilganiga e’tibor bering (yog‘li, hazm qilishni qiyinlashtiradigan taomlardan saqlaning);

✔️ Ushbu tartiblarga rioya qilishingiz farzandingizning imtihon vaqtida o‘zini qulay va xotirjam his etishiga yordam beradi.

Yodingizda bo‘lsin: imtihonda “yordam” berishni va’da qilayotgan shaxslarga aslo ishonmang. Bu firibgarlikdir!

🔖 Farzandingizning bilimi — uning yagona natijasidir!

❗️MAʼLUMOT UCHUN: TALABGORLAR IMTIHON BOSHLANISHIDAN 1,5 SOAT OLDIN TUG‘ILGANLIK HAQIDAGI GUVOHNOMANING ASL NUSXASI HAMDA RUXSATNOMA BILAN KELISHLARI SHART.

📱 1-smena: soat 8:00 da
📱 2-smena: soat 12:00 da
📱3-smena: soat 17:00 da

📞 Savollar bo‘yicha: 1206

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
#imtihon_2025
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar

🤩 Bugun, 7-iyul kuni yangi ochilgan ixtisoslashtirilgan maktablar va bo‘sh o'rni mavjud bo'lgan maktablarning 6-sinf aniq fanlar, 7-, 8-sinflar aniq va tabiiy fanlar uchun kirish imtihonlari 3 smenada bo'lib o'tadi

▪️1-smena: soat 8:00 da;
▪️2-smena: soat 12:00 da;
▪️3-smena: soat 17:00 da boshlanadi.

🪪 Talabgorlar kirish imtihoni o'tkaziladigan binoga imtihon boshlanish vaqtidan bir yarim soat oldin tug‘ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi hamda ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.

Kirish imtihoni savollarini bajarish uchun jami 105 daqiqa vaqt ajratiladi.

📍Imtihon manzili, imtihon smenasi, talabgorning guruhi va o'rni to'g'risidagi ma'lumotlar 5-iyul kuni talabgorlarning my.gov.uz hamda ariza.piima.uz platformalari orqali hujjat topshirganda kiritgan telefon raqamlariga SMS shaklida yuborilgan!

Kirish imtihoniga kech qolgan yoki qatnashmagan o‘quvchilar uchun imtihonlar qayta o‘tkazilmaydi!

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imtihon_2025
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar

🤩 Yangi ochilgan hamda bo‘sh o'rni mavjud bo'lgan ixtisoslashtirilgan maktablarning 9-sinf aniq va tabiiy fanlar hamda 10-sinf tabiiy fanlar yo'nalishi uchun kirish imtihonlari boshlandi!

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Forwarded from Jo‘rabek Jangirov
#imtihon_2025
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar

🔔 Hurmatli ota-onalar!

📆Ertaga, 9-iyul kuni Ixtisoslashtirilgan maktablarning 5-sinf aniq fanlar yo'nalishi uchun kirish imtihonlari bo'lib o'tadi!

⚡️ Kirish imtihonlarida quyidagi tartib-qoidalarga amal qilishingiz so‘raladi:

🗣Jumladan:

✔️ Farzandingizni imtihon o‘tkazilishi belgilangan manzilga o‘z vaqtida olib kelishingiz va imtihondan so‘ng o‘zingiz bilan olib ketishingiz lozim;

✔️ Issiq ob-havoni inobatga olib, farzandingizni yengil va qulay kiyimlarda kiyintiring;

✔️ Imtihonga kelishdan oldin farzandingiz to‘yimli va yengil nonushta qilganiga e’tibor bering (yog‘li, hazm qilishni qiyinlashtiradigan taomlardan saqlaning);

✔️ Ushbu tartiblarga rioya qilishingiz farzandingizning imtihon vaqtida o‘zini qulay va xotirjam his etishiga yordam beradi.

Yodingizda bo‘lsin: imtihonda “yordam” berishni va’da qilayotgan shaxslarga aslo ishonmang. Bu firibgarlikdir!

🔖 Farzandingizning bilimi — uning yagona natijasidir!

❗️MAʼLUMOT UCHUN: TALABGORLAR IMTIHON BOSHLANISHIDAN 1,5 SOAT OLDIN TUG‘ILGANLIK HAQIDAGI GUVOHNOMANING ASL NUSXASI HAMDA RUXSATNOMA BILAN KELISHLARI SHART.

📱 1-smena: soat 8:00 da
📱 2-smena: soat 12:00 da
📱 3-smena: soat 17:00 da

📞 Savollar bo‘yicha 1206 ga qo'ng'iroq qilishingiz mumkin.

🟢 O‘qish, o‘sish va yuksalish — hammasi shu yerdan boshlanadi!

👉 Qabul-2025 yangiliklari 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
#imtihon_2025
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar

🤩 Bugun, 9-iyul kuni Ixtisoslashtirilgan maktablarning 5-sinf aniq fanlar yo'nalishi uchun kirish imtihonlari bo'lib o'tadi!

1-smena: soat 8:00 da
2-smena: soat 12:00 da
3-smena: soat 17:00 da

🪪 Talabgorlar kirish imtihoni o'tkaziladigan binoga imtihon boshlanish vaqtidan bir yarim soat oldin tug‘ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi hamda ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.

Kirish imtihoni savollarini bajarish uchun jami 105 daqiqa vaqt ajratiladi.

📍Imtihon manzili, imtihon smenasi, talabgorning guruhi va o'rni to'g'risidagi ma'lumotlar 7-iyul kuni talabgorlarning my.gov.uz hamda ariza.piima.uz platformalari orqali hujjat topshirganda kiritgan telefon raqamlariga SMS shaklida yuborilgan!