Uchqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi ( ITMA )
598 subscribers
5.58K photos
267 videos
43 files
962 links
Download Telegram
⚡️Umumta'lim fanlaridan 2024-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan sertifikat imtihonlari

Umumta'lim fanlarini bilish darajasini aniqlash test sinovlari oktabr, noyabr va dekabr oylarida o‘tkaziladi.

👨🏻‍💻 Test sinovi uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi.

📍 Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

📆 Test sinovlari qaysi fanlardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
12-sentabr – Shavkat Rahmon tug‘ilgan kun


TURKIYLAR

Qilichin tashladi beklar nihoyat,
bosildi tulporlar,
tig‘lar suroni,
urhoga o‘rgangan tillarda oyat,
turkiylar tanidi komil xudoni.
Qilichlar zangladi…
falokat hushyor,
turkiylar quvvatin berdi yerlarga.
Hiylagar do‘stlarday yaqinlashdi yov
komillik qidirgan jasur erlarga.
Ilvasin yigitlar,
bobir yigitlar,
sajdaga bosh qo‘ydi yovga ters qarab,
g‘ullarni kemirib yig‘ladi itlar,
buyuk boshni kesdi qilich yaraqlab.
Turkda bosh qolmadi… qolmadi dovlar.
xotin-xalaj qoldi motam ko‘tarib,
«bizga tik qarama» buyurdi yovlar,
yovlarga ters qarab yashadi bari.
Talandi samoviy tulpor uyuri,
talandi zarlari,
zebu zabari,
ters qarab o‘ling deb yovlar buyurdi,
yovlarga ters qarab jon berdi bari.
Lahadga kirdilar o‘zlarin qarg‘ab,
qolmadi arabiy,
turkiy xatlari,
tug‘ingiz dedi yov teskari qarab,
yovlarga ters qarab tug‘ildi bari.
Tug‘ildi,
tug‘ildi,
tug‘ildi qullar,
qirqida qirilgan — imdodga muhtoj,
yovlarga ters qarab itlarday hurar,
bir-biriga dushman,
bir-biridan koj.
Jo‘mardlar qirilgan Turonzaminda
do‘zaxiy tajriba pallasin ko‘rdim:
eshshak suvrati bor qay bir qavmda,
qay birida to‘ng‘iz kallasin ko‘rdim.
Bu holdan buvaklar bo‘g‘ilib o‘lar,
qul Bilol ezilib yig‘lar falakda…
O‘zlarin yondirar borliqdan to‘ygan
Badaxshon laʼliday asl malaklar.
Mo‘minlar besh bora Allohni eslar
sajdaga bosh qo‘yib jallod toshiga.
O‘grilib sal ortga qarayin desa,
boshiga urarlar,
faqat boshiga.
Bormi er yigitlar, bormi er qizlar,
bormi gul bag‘ringda jo‘mard nolalar,
bormi bul tufroqda o‘zligin izlab,
osmonu falakka yetgan bolalar.
Bor bo‘lsa,
alarga yetkarib qo‘ying,
bir boshga bir o‘lim demagan ermas,
shahidlar o‘lmaydi,
bir qarab to‘ying:
Yovga ters qaragan musulmon emas!
Yovga ters qaragan musulmon emas!
Yovga ters qaragan musulmon emas!
Yovga ters qaragan musulmon emas!
Yovga ters qaragan musulmon emas!


QASAM


Shavkat Rahmon deganbir o‘jar shoir,
bir kuni qaytadan yaraladimi?
Hayotim maʼnisin juda ko‘p o‘ylab,
sayladim so‘zlarningsaralarini.
Har bir so‘zyuz so‘zning o‘rnini bosar –
Vatan, Xalq, Jasorat, Kurash, Ozodlik.
Har bir so‘z yetajak yuzta umrimga,
Har biri baxsh etarruhimga shodlik.
Hozirlik ko‘rarkan buyuk safarga,
pushtirang pardali minglab darchadan
mo‘ralab o‘tirgan go‘zal so‘zlarni
qoldirib ketaman endi barchaga.
Aslida atirgul bo‘yin taratgan
bu o‘ynoqi so‘zlar menikimasdir.
Menga nonday zarur qilichday keskir,
zaharday mard so‘zlar bo‘lsayoq basdir.
Sayladim so‘zlarning saralarini,
kurashlar shamoli kirdi nazmimga.
Yurtimni kezaman, endi har narsa –
egilgan narsalar tegar g‘ashimga.
Endi ishlash kerak bu kengliklarda,
tokim so‘ylamasin yolg‘onni hech kim,
tokim buyuk tog‘lar saltanatida
egilgan boshlarni qilichlar kessin.

Shavkat Rahmon
#Jarayon
#Memorandum

106-sonli Prezident farmoni ijrosi yuzasidan Uchqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi bilan Namangan pedagogika instituti o'rtasida yangi o'quv yili uchun ham MEMORANDUM imzolandi.

📌Bundan ko'zlangan maqsad ixtisoslashtirilgan maktab va oliy ta'lim dargohi o'rtasida samarali hamkorlikni yo'lga qo'yishdir.

👇👇👇
Biz ijtimoiy tarmoqlarda
@murojaat_imbot
https://t.iss.one/uchqorgon_im
#Jarayon
#Shaxmat_aql_gimnastikasi

Uchqoʻrgʻon tuman Ixtisoslashtirilgan maktabida


#5_tashabbus_amalda

loyihasi doirasida
o'quvchilarning  bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va  sportning shaxmat  turiga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish hamda qo‘llab-quvvatlash maqsadida maktabimizda Shaxmat" to'garagi muntazam faoliyat yuritmoqda.

👇👇👇
Biz ijtimoiy tarmoqlarda
@murojaat_imbot
https://t.iss.one/uchqorgon_im