Uchqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi ( ITMA )
595 subscribers
6.56K photos
293 videos
45 files
1.14K links
Download Telegram
Forwarded from Zakovat: Namangan
Maktablarda bo’lib o’tayotgan Zakovat to’garaklari haqida.

Ma'lumki bugungi kunda intellektual o'yinlarga qiziquvchilar uchun “Zakovat intellektual klubi” NNT bilan hamkorlikda oliy ta'lim muassasalari, maktablar, professional ta'lim muassasalari va mahallalarda Zakovat to’garaklari faoliyati yo'lga qo'yilgan.

“Zakovat intellektual klubi” NNT hududiy koordinatorlari Uchqo’rg’on tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabida bo'lib maktabdagi Zakovat to'garagi faoliyati bilan tanishdilar. O'quvchilarga intellektual mashg'ulotlar, Zakovat turnirlari bo'yicha tushunchalar berildi.

Shuningdek Uchqo’rg’on tumani ixtisoslashtirilgan maktabida o’quvchilar o’rtasida marafon o’yini ham tashkillandi. Ushbu o’yinlarni tashkil etishdagi mehnatlari uchun Ilhomjon Iminovga minnatdorlik bildirib qolamiz.

To'garaklar faoliyatini yoritib borishda davom etamiz.

📡 Zakovat NNT Namangan viloyati Zakovat klubi rasmiy kanali: @Namangan_ZakovatNNT
#Seminar_trening
#Yangi_baholash_tizimi
#Hamkorlik

6-may kuni Uchqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabida tumandagi 1-va 8-umumiy o'rta ta'lim maktabi o'qituvchilari uchun o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.

📌 Unda Uchqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o'quv ishlari bo'yicha direktor oʻrinbosari B. Urinboyev va maktab maslahatchisi J.Razzaqovlar o'z taqdimotlari bilan ishtirok etdilar.

☑️Seminarda yangi baholash tizimining mohiyati, afzalliklari, BSB va ChSB nazoratlarining o‘tkazilish tartibi to‘g‘risida tushunchalar berildi.

👇👇👇
Biz ijtimoiy tarmoqlarda
@uchqorgon_imbot
https://t.iss.one/uchqorgon_im
#Xotira_va_qadrlash_kuni

🖇 Uchqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 9-may - "Xotira va qadrlash" kuni munosabati bilan turli tadbirlar o'tkazilmoqda

Bugun maktab oʻquvchilari tumandagi Xotira maydoniga tashrif buyurib Motamsaro ona haykali poyiga gullar qo'ydilar va ulugʻ Vatan urushi qahramonlarini xotirlashdi.

👇👇👇
Biz ijtimoiy tarmoqlarda
@uchqorgon_imbot
https://t.iss.one/uchqorgon_im