#Jarayon
#Choraklik_summativ_baholash
✍ Uchqo'rg'on tuman ixtisoslashtirilgan maktabida III chorak yakuni bo'yicha CHSB (choraklik summativ baholash) imtihonlari onlayn shaklining 3-bosqichi bo'lib o'tmoqda.
⚡️Bu bosqichda maktabning 11-sinf o'quvchilari qatnashishmoqda.
Barcha o'quvchilarimizga CHSB imtihonlarida eng yaxshi natija ko'rsatishlarini tilab qolamiz.
👇👇👇
@murojaat_imbot
https://t.iss.one/uchqorgon_im

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Uchqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida III chorak yakuni boʻyicha o'tkazilgan CHSB (choraklik summativ baholash) jarayonidan lavhalar.
#Bayram_shukuhi
#Bahor_tarovati
#Milliyligimiz_tantanasi
☀️ Uchqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida “Olam nurga to‘lsin, sen bilan, Navro‘z!” bosh g‘oyasi asosida bayram sayli tashkil etildi.
💐 Milliy liboslarimizda yal-yal yonib turgan o'quvchilarimiz tayyorlagan badiiy-musiqiy chiqishlar, ko'rgazmalar namoyishi sayl ishtirokchilariga zavq-shavq baxsh etdi.
🏆 Ayniqsa, milliy sport musobaqalari katta qiziqish va qizg'in tusda davom etdi.
Bayram barchaga mana shunday ko‘tarinki kayfiyat hadya etdi
🌸 Har kuningiz Navro‘z bo'lsin, aziz yurtdoshlar! 🌸
👇👇👇
Biz ijtimoiy tarmoqlarda
@murojaat_imbot
https://t.iss.one/uchqorgon_im
#Bahor_tarovati
#Milliyligimiz_tantanasi
☀️ Uchqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida “Olam nurga to‘lsin, sen bilan, Navro‘z!” bosh g‘oyasi asosida bayram sayli tashkil etildi.
💐 Milliy liboslarimizda yal-yal yonib turgan o'quvchilarimiz tayyorlagan badiiy-musiqiy chiqishlar, ko'rgazmalar namoyishi sayl ishtirokchilariga zavq-shavq baxsh etdi.
🏆 Ayniqsa, milliy sport musobaqalari katta qiziqish va qizg'in tusda davom etdi.
Bayram barchaga mana shunday ko‘tarinki kayfiyat hadya etdi
🌸 Har kuningiz Navro‘z bo'lsin, aziz yurtdoshlar! 🌸
👇👇👇
Biz ijtimoiy tarmoqlarda
@murojaat_imbot
https://t.iss.one/uchqorgon_im
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Raqamli_avlod_qizlari
📣"Raqamli avlod qizlari-2024": butun Respublika bo‘ylab IT sohasiga qiziquvchi qizlar jamlanmoqda!
✅25-29-mart kunlari “Raqamli avlod qizlari-2024” Respublika tanlovi bo'lib o'tadi.
📍 Ushbu tadbir an'anaviy tarzda offlayn va onlayn shaklda o’tkaziladi:
Offlayn yo'nalishlar:
➖3D dizayn,
➖Raqamli dizayn,
➖Startup loyihalar,
➖Grafik dizayn.
Onlayn yo'nalishlar:
➖Python,
➖Sun'iy intellekt (AI),
➖Frontend (React.js),
➖Web dizayn,
➖Back-end (.Net),
➖Back-end (Go),
➖Mobile flutter.
❗️Shoshiling!
👉 Hoziroq ro'yxatdan o'ting va bizning jamoamizga qo‘shiling: https://qizlar.raqamliavlod.uz/
✔️Offlayn darslar uchun joylar cheklangan.
⚡️ Darvoqe, “Raqamli avlod qizlari 2024” ning eng faol ishtirokchilari chet elga ta’lim sayohatini qo’lga kiritishlari mumkin.
❕Zamonamizning eng talabgir sohasini eng tajribali mentorlar ishtirokida biz bilan birgalikda o‘rganing!
👉Batafsil: https://t.iss.one/digitalgeneration_uz

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tabrik
Qadrli hamyurtlar,
muhtaram ustozlar,
aziz oʻquvchilar!
Sizlarni go‘zallik va yasharish ayyomi — Navro‘z umumxalq bayrami bilan muborakbod etamiz.
Mamlakatimiz ravnaqi, taʼlim-tarbiya sohasiga qoʻshayotgan ulkan hissangiz, xalqaro maydonlarda koʻrsatayotgan yuksak natijalaringiz bardavom boʻlsin.
Barchangizga bahor faslidek joʻshqinlik, sogʻlik-salomatlik, oilaviy xotirjamlik, tinchlik-totuvlik tilaymiz.
Sharqona Yangi yilimiz — Navro‘zi olamning qadami barchamizga qutlug‘ va barakali kelsin!
Bayram muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi jamoasi
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

***
Avval yuragingga mo'ralaydi u,
So'ngra kurtaklarga o'rgatadi so'z.
Zaminning ko'zidan qochadi uyqu,
Demak, bahor keldi. Kelmoqda navro'z!
Qishning ahvoliga boqib hoynahoy,
Yum-yum yosh to'kmoqda eriyotgan muz.
Jilva qilayotir tengsiz bir chiroy,
Demak, bahor keldi. Kelmoqda navro'z!
Ona bag'ri kabi iliqdir olam,
Harir hovur ichra yayrar dala-tuz.
Qoldi puchmoqlarda xazon yanlig' g'am,
Demak, bahor keldi. Kelmoqda navro'z!
Yana ko'ngillardan rutubat ketdi,
Yana shulalardan qamashmoqda ko'z.
Yana dildorlikning fursati yetdi,
Demak, bahor keldi. Kelmoqda navro'z!
✍ Abdulla Oripov
@Abdulla_Oripov_sherlari
Avval yuragingga mo'ralaydi u,
So'ngra kurtaklarga o'rgatadi so'z.
Zaminning ko'zidan qochadi uyqu,
Demak, bahor keldi. Kelmoqda navro'z!
Qishning ahvoliga boqib hoynahoy,
Yum-yum yosh to'kmoqda eriyotgan muz.
Jilva qilayotir tengsiz bir chiroy,
Demak, bahor keldi. Kelmoqda navro'z!
Ona bag'ri kabi iliqdir olam,
Harir hovur ichra yayrar dala-tuz.
Qoldi puchmoqlarda xazon yanlig' g'am,
Demak, bahor keldi. Kelmoqda navro'z!
Yana ko'ngillardan rutubat ketdi,
Yana shulalardan qamashmoqda ko'z.
Yana dildorlikning fursati yetdi,
Demak, bahor keldi. Kelmoqda navro'z!
✍ Abdulla Oripov
@Abdulla_Oripov_sherlari
***
O'zbekiston Qahromoni, O'zbekiston xalq shoiri
Abdulla Oripov 1941-yil 21-martda Qashqadaryo viloyati, Koson tumaniga qarashli Neko‘z qishlog‘ida tug‘ildi. U 1958-yilda orta maktabni ,,Oltin medal” bilan bitirdi. Shu yili ToshDU ning filologiya fakultetiga o’qishga kirdi. 1963-yilda o’qishni imtiyozli diplom bilan tugatib, ,,Yosh gvardiya” nashriyotiga muharrir bo’lib ishga kirdi. 1967-1974 yillarda ,,Gafur Gulom” nashriyotida muharrir sifatida faoliyat yuritdi va 1974-1976-yillarda ,,Sharq yulduzi” jurnalining nazm bo’limini boshqardi. 1976-1982-yillarda Yozuvchilar uyushmasida adabiy maslahatchi, 1982-1983-yillarda masul kotib, 1983-1985-yillarda ,,Gulxan” jurnalining bosh muharriri, 1985-yilda O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi kotibi, 1988-yilda O’zbekiston Respublikasi Mualliflik huquqlarini himoya qilish qo’mitasi raisi lavozimlarida faoliyat yuritdi. 1996-yil mart oyidan 2009-yil may oyiga qadar O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi vazifasida ishladi . 1983-yilda ijodkorga Hamza nomidagi Davlat mukofoti hamda O’zbekiston Xalq shoiri unvoni berildi. Abdulla Oripov 1994-yilda Alisher Navoiy nomli Davlat mukofoti, 1998-yilda O’zbekiston Qahramoni unvoni bilan taqdirlandi. Uning ilk kitobi – “Mitti yulduz” 1965-yilda nashr etilgan. “Ko‘zlarim yo‘lingda” (1967), “Onajon” (1969), “Ruhim”, “O’zbekiston” (1971), “Xotirot”, “Yurtim shamoli” (1974), “Yuzma-yuz”, “Hayrat” (1979), “Najot qal’asi” (1981), “Yillar armoni” (1983), “Haj daftari”, «Munojot» (1992), “Saylanma” (1996), “Dunyo”, “Bedorlik”(1999), “Shoir yuragi” (2003), “Everest va ummon” (2016) singari she’riy kitoblari nashr etilgan. Shoir ozbek adabiyotini quyidagi dostonlar bilan boyitdi: “Jannatga yo‘l” (1978), “Hakim va ajal”(1980), “Ranjkom” (1988). Buyuk Amir Temur A.Oripov qalbi va tafakkurini doimo tolqinlantirib keldi. Istiqlol sharofati tufayli bu daho qiyofani butun murakkabligi, ulugvorligi bilan, erkin, xolis gavdalantirish imkoniyatiga ega boldi. Ana shunday harakatlar samarasi olaroq, 1996-yilda buyuk shoir “Sohibqiron” dramasini yaratdi. Ushbu she’riy drama respublikaning barcha yirik teatrlarida sahnalashtirildi. Shuningdek, “Erk haqqi”, “Adolat oftobi”, “Vatan”, “Xalq”, “Temur” kabi manzumalar ham Abdulla Oripov qalamiga mansub. Buyuk ijodkor tarjimachilik sohasida ham barakali qalam tebratdi: Aligeri Dantening “Ilohiy komediya”si, A.N.Nekrasov, L.Ukrainka, T.Shevchenko, R.Hamzatov, Q.Quliev kabi ijodkorlarning asarlari shular jumlasidandir. Dantening “Ilohiy komediya” asari tarjimasi Italiya hukumati tomonidan etirof etildi.
Abdulla Oripov O'zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining muallifidir. Sakkiz mingga yaqin sherlar muallifi bolgan ijodkorning 50 dan ortiq kitoblari nashr etilgan.
Buyuk shoir 2016-yil 5-noyabrda Xyuston shahridagi (AQSh, Texas shtati) kasalxonada 75 yoshida vafot etdi. Ijodkor “Chig`atoy” qabristonida dafn etilgan.

Forwarded from Azimjon Tursunov
#Diqqat_tanlov
#Bolalar_kutubxonasi
Muhammadsharif So’fizoda nomidagi viloyat bolalar kutubxonasi o’quvchi-yoshlarni bahorgi ta’til vaqtini mazmunli o’tkazish maqsadida umumta'lim maktablarining 7-11- sinflar o’rtasida “Bahor sog’inchi” nomli, yosh havaskor shoiralar onlayn videorolik tanlovini e’lon qiladi.
♻️Tanlov shartlari juda oddiy. 👇
1. O’zining ijodiy she’rlaridan ifodali tarzda o’qib eshittiradi.
2. Tanlov mavzusiga yondashish kerak.
3. Videorolik 3 daqiqa 30 megabaytdan oshmasligi kerak.
♻️Tanlovning baholash me'zonlari.
- tasvirga olinadigan joy,
- tasvir sifati,
- ishtirokchining tashqi imidjlari (tashqi ko'rinish),
- ijodkor, shoirona til orqali o'z mahoratini ko'rsatish.
👨💻ISHTIROKCHILAR IJODIY ISHLARINI 👉 N.NURMATOVA 👈 PROFILIGA JOYLAYDI
📍 Bolalar kutubxonasi manzili 🗺
👍 Namangan viloyat bolalar kutubxonasi axborot xizmati 🚨
Sayt | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube|Telegram bot

#Bizning_ijod
Mushtoqim Bahor
Bahor! Sening noming-dilllarga malham,
Gullagan daraxting-bedor hali ham,
Vasling kuylamoqni istar bu qalam,
Togʻlardagi lolang-qirmizi, alvon,
Bahorim! Oʻzingga mushtoqman har on!
Oy shivirlar hatto qorayganda qosh,
Shodon kulganimda sherikdir quyosh,
Yomgʻirlaring bilan toʻkkanimda yosh,
Jonsiz dalalarga baxsh etasan jon,
Bahorim! Oʻzingga mushtoqman har on!
Navroʻz nafasiga toʻlgan har yogʻim,
Mayin shabadangga maftundir bogʻim,
Shu iliq taftingga bosh qoʻygan chogʻim,
Dilimdagi hislar aylanar giryon,
Bahorim! Oʻzingga mushtoqman har on!
Muhammad Yusufga koʻklam oʻlaroq,
Kelib Zulfiyangni qilganding soʻroq,
Nasibdir menga ham sheʼrla yashamoq,
Ilhom pariyimga taʼrifingdir yor,
Mushtoqim oʻzingsan-bahorim, bahor!
✍️✍️✍️
Nabijonova Muazzam